Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
Download 227.6 Kb.
|
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar
1.Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi so’zlar … A) sifat B) olmosh C) ravish D) son
2.Qaysi gapda ravish ishtirok etgan? A) SHu bog’dagi qurigan olmalarni qo’porib tashlab, o’rniga 4 tup yong’oq ekyapman . B) Baxilning qo’lida oy bo’lsa, olamni yoritmas . C) Qishloqdan ancha uzoqlashib ketgandan keyin yana otlariga minib yo’rtib ketdi . D) Daryo suvi shovillab oqmoqda . 3.Ravishlarning ma’no turlarini belgilang. 1.holat 2.payt 3.o’rin 4.daraja-miqdor 5.maqsad-sabab A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5 4.Yasama ravishlar qanday usul bilan hosil qilinadi? A) so’zga qo’shimchalar qo’shib B) asos qismini juft qo’llash orqali C) asos qismini takror qo’llash orqali D) A, B, C 5.To’satdan , tubdan ravishlarini ma’noli qimlarga ajratib bering. A) to’sat+dan, tub+dan B) to’sat+dan, tubdan C) to’s+at+dan, tub+dan D) Bu ravishlarda –dan kelishik qo’shimchasi asos qism bilan mustahkam birikib, ajralmas holga kelib qolgan . 6.Ravishlar qaysi so’z turkumlaridan yasalishi mumkin? 1.ot 2.sifat 3.olmosh 4.fe’l 5.ravish A)1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 3 7.Maqsad-sabab ravishlari qatnashgan gapni toping. A) Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so’ng uning tarixini yaxshilab qog’ozga chizajagini aytdi . B) Sobir ataylab kechga qolib borgan edi . C) Otamizning o’lganiga ancha yil o’tib ketdi . D) Tashqariga chiqib, G’ofirjon boydan izn so’radi . 8.Payt ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi hushxabarni topshirmoqchi. B) Bular piyoda asta-sekin o’rdaga bordilar . C) Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi . D) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . 9.O’rin ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Men kecha akam bilan Samarqanddan keldim . B) SHerqo’ziga ko’zi oldidan nari ketishi uchun ruxsat bermay qo’ydi . C) U aravani Nuriddin minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . D) O’rtancha botir qo’rqmadi, jim turdi . 10.Miqdor-daraja ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Uzoqdan – kunbotish tomondan, g’ira-shira uchqun ko’rinib qoldi . B) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti. C) Oldinda SHirinbuloq qishlog’i butun bo’y basti bilan yastanib yotardi . D) CHol va kampir behad sevinishibdi . 11.Holat ravishi ishtirok etgan gapni aniqlang . A) Ko’p yaxshi, ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak . B) Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov olib chiqibdi. C) Erta-indin rejani to’ldirgani haqidagi xushxabarni topshirmoqchi . D) Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi . 12.Holat ravishi berilgan qatorni toping . A) zo’rg’a, arang, bafurja B) kecha-kunduz, qishin-yozin C) tashqari, ichkari, olg’a D) ancha, kam, ko’p 13.Payt ravishlari berilgan qatorni toping . A) nari, uzoqdan, oldinda B) hamon, doimo, dastlab C) yakkama-yakka, yonma-yon D) xiyol, sal, picha 14.O’rin ravishlari ishtirok etgan qotorni toping . A) eskicha, jim, yayov B) hozircha, endi, so’ngra C) ichkari, oldinda, orqada D) qittay, jinday, ozgina 15.Miqdor-daraja ravishlari berilgan qatorni aniqlang . A) ataylab, jo’rttaga, qasddan B) qatorasiga, yonlamasiga, tikkasiga C) hamon, hanuz, hamisha D) ancha, ko’p, xiyol 16.Maqsad-sabab ravishlari qatnashgan gapni aniqlang . A) Otamizning vafot etganiga ancha yil o’tib ketdi . B) Bayramga taraddud hozirdanoq qizib ketdi . C) Bular piyoda asta-sekin bordilar . D) U noilojlikdan birinchi qatorga borib o’tirdi. 17.Maqsad-sabab ravishlari berilgan qatorni belgilang. A) jo’rttaga, qasddan, atayin B) kechalari, avvallari C) qo’qqisidan, birdan D) so’ngra, keyin, avvaldan 18.Ravish gapda asosan qanday gap bo’lagi vazifasida keladi? A) ega B) kesim C) hol D) aniqlovchi 19.Qaysi qatorda qo’shma ravish ishtirok etgan? A) Bog’imizda chiroyli gulkaramlar pishib yetildi. B) Suvonqul nabirasiga qimmatbaho uzuk hadya qildi. C) Men bir ming to’qqiz yuz yetmish sakkizinchi yilda tug’ilganman. D) Qay vaqt uyga kirmang, kitob ustida o’tirgan bo’ladi. 20.Ma’nodosh ravishlar berilgan qatorni aniqlang . A) yakka, yagona, batamom B) jindek, jichcha, ozgina B) sal, picha, ko’p D) olg’a, oldinda, o’rtada 21.Ravish yasovchi qo’shimchalarni aniqlang . A) -chi, -kor, -kash B) -larcha, -kir, -ib C) -ona, -aki, -zor D) -cha, -lab, -an 22.Ravish gapda kesim vazifasini bajarib kelgan qatorni aniqlang. A) CHo’llarda minglab yoshlar mardona ishladilar . B) Mendan ketgunsa, egasiga yetgunsa . C) Dangasaning bahonasi ham, befayda gapi ham ko’p . D) Uning yuzida bolalarcha samimiy kulgi paydo bo’ldi . 23.Qaysi gapda qiyosiy darajadagi ravish ishtirok etgan? A) U dalada ishlab, juda-juda charchadi . B) Munira Akramning kelayotganini ko’rib, qadamini tezlatdi . C) Majlisga Karimning otasi oldinroq keldi . D) Bu yil O’zbekiston mexanizatorlari juda ko’p paxta terdilar. 24.Qaysi qatorda payt ravishlari berilmagan? A) yaqinda, kunda, chetda B) yozda, qishda, bahorda C) tez orada, bu orada D) avval, ertaga, ilgari 25.Qaysi qatorda maqsad-sabab ravishi berilmagan? A) qasdma-qasdiga B) chorasizlikdan C) azza –bazza D) barcha qatorda maqsad-sabab ravishi berilgan. 26. Ravish otlashib to’ldiruvchi bo’lib kelgan gapni toping . A) Ko’pchilik ozchilikni yengadi, albatta . B) Ko’pi ketib, ozi qoldi . C) CHorasizning ishi dushvor bo’lgusi . D) Ko’pdan quyon qochib qutulmas . 27.U bizni qo’yarda-qo’ymay ayvoniga boshladi. Ushbu gapda ravishning qaysi turi qo’llangan? A) payt ravishi B) o’rin ravishi C) holat ravishi D) ravish qo’llanmagan 28.Urg’u yordamida ravishga aylanishi mumkin bo’lgan so’zlarni toping . A) kecha, kunduz, oqshom B) hozir, yangi, yigitcha C) bir talay, berida, o’ngda D) doima, avval, quyida 29. 1.Ajdodlar yodi hamisha qalbimizda. 2. Jo’raboev ham jimgina o’tirib, hammaga quloq solardi. 3.U naridan beri, yuvindi-yu, ishga ketdi. 4.Normatjon dastlab tog’asini ko’rgani bordi. Yuqoridagi gaplarda ishtirok etgan ravishlarning ma’no turini tartibi bilan aniqlang. A) payt, miqdor-daraja, holat, payt B) payt, holat, holat, payt C) miqdor-daraja, holat, payt, payt D) miqdor-daraja, miqdor-daraja, holat, payt 30.Juft ravishlar qanday yasaladi ? A) bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan B) zid ma’noli so’zlardan C) shakldosh, ma’nodlosh va zid ma’noli so’zlardan D) A va B 31.Qaysi qo’shma ravishlar ajratib yoziladi ? 1.qay // payt 2.bir // pas 3.bira // to’la 4.bir // zum 5.bir // talay A) 1, 5 B) 1, 4, 5 C) 1.2, 3, 4, 5 D) 2, 5 32.Ravishdan qaysi so’z turkumlari yasalganini tartib bilan belgilang . 1.tezlik 2.ko’pay 3.kechagi 4.anchagacha A) fe’l, ot sifat, ravish B) sifat, ot, fe’l, ot C) sifat, fe’l, sifat, ravish D) ot, fe’l, sifat, ravish 33.Holat ravishi qatnashgan gapni toping. A) U aravani Akmal minganini ko’rib xiyla yengil tortdi . B) Bo’ying sal cho’zilsin, bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshiramiz. C) Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov qilib olib chiqibdi . D) Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so’ng, uning tarixini yaxshilab qog’ozga chizajagini aytdi. 34.Qaysi qatorda otlashgan ravish to’ldiruvchi vazifasini bajarmoqda ? A) Ko’pchilikni u tanir ekan . B) CHaqqon-chaqqon qimirlasang bo’lmaydimi ? C) Ko’pdan quyon qochib qutulmas . D) U bu yumushlarni bafurja bajardi . 35.Holat ravishini belgilang . A) xiyol B) endi C) zo’rg’a D) holat ravishi berilmagan Download 227.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling