Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet51/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

16.Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qaysi ko’makchi bilan ma’nodosh hisoblanadi.
A) kabi B) muvofiq
C) bo’ylab D) tufayli
17.Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zlarga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan yordamchilar ...
A) vazifadosh ko’makchilar
B) sof ko’makchilar
C) bog’lovchilar D) yuklamalar
18.Nodira kelmagani tufayli majlis qoldirildi. Ushbu gapdagi tufayli ko’makchisining qaysi bo’g’iniga urg’u tushadi?
A) birinchi bo’g’iniga
B) ikkinchi bo’g’iniga
C) uchinchi bo’g’iniga
D) mazkur ko’makchi urg’u olmaydi
19.Vosita ma’nosini ifodalaydigan ko’makchi qaysi qatorda qo’llangan?
A) Abdulla Oripovga adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun 1989 - yili ” O’zbekiston xalq shoiri “ unvoni berildi.
B) Qalamla men to’qiyman qo’shiq, U- insonga, elga xizmatim.
C) Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar.
D) Yo’lchida Gulnor haqida ikki og’iz so’z eshitish orzusi kuchli edi.
20.Qaysi ko’makchilardan oldingi so’zda kelishik qo’shimchalari qo’llanmasligi ham mumkin?
A) keyin B) ko’ra C) doir D) ustida
21.Faqat vazifadosh ko’makchilar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) bilan, orqa, tepada, o’rtada
B) sari, boshida, qadar, maqsadida
C) ustida, ichida, qoshida, tomon
D) sababli, oldida, uchun, qarab
22.Qaysi gapda ko’makchi ishtirok etmagan?
A) Gap futbol o’yini ustida ketardi.
B) Otxonaga Umid bilan cho’pon kirib ketishdi.
C) Ark suv quygan kabi jimjit.
D) Temur tig’i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher.
23.Ot so’z turkumini sifatga tobelantirib bog’lagan ko’makchini toping.
A) Har holda, menga o’xshagan o’yinqaroq bolalar uchun bu yerda ermak topiladi.
B) Zavq-la ochib qulochim, sho’x qush kabi uchaman.
C) Ona kabi mehribon, ilm-fanlarga makon, qadrdonim maktabim.
D) Biz mustaqillik haqida suhbatlashdik.
24.Ko’makchilar qaysi kelishiklar o’rnida almashib qo’llanishi mumkin?
1.tushum 2.junalish 3.o’rin-payt 4.chiqish
A) 1, 2, 3 B) 1, 2.4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
25.Qaysi gapda kelishik qo’shimchasi o’rniga ko’makchi qo’llash mumkin?
A) Koinot lochinlarini qizg’in kutib oldik.
B) Aql miyada, ta’m tilda, kuch qo’lda bo’ladi.
C) SHavla odatda qoshiqda yeyiladi.
D) Yozdagi mehnating hech kimga kelmaydi malol.
26.Qaratqich , chiqish , jo’nalish va bosh kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadigan ko’makchilar qaysi qatorda tartib bilan berilgan?
A) bilan, sari, tomon, uchun
B) ichiga, nari, to’g’risida, misoli
C) qaramasdan, osha, tufayli, tortib
D) o’rtasida, bo’lak, binoan, haqida
27.Ot so’z turkumini ravishga bog’lab kelgan ko’makchini toping.
A) aytilgan gaplarga muvofiq amal
B) ustoz singari zot
C) akam tomon borish
D) o’q kabi tez kelmoq
28.Boshqa so’z turkumidan ko’makchiga o’tgan so’zlarni tartibi bilan belgilang .
1.tomon 2.qarshi 3. qarata 4.burun
A) ravish, sifat, fe’l ( ravishdan o’tgan )
B) ravish, ot, sifat ( otdan o’tgan )
C) ot, sifat, fe’l ( ravishdan o’tgan )
D) ot, ravish. fe’l ( otdan o’tgan )
29.Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlar …
A) bog’lovchi B) ko’makchi
C) yuklama D) modal so’z
30.Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) yakka va takror bog’lovchilar
B) teng va ergashtiruvchi bog’lovchilar
C) sof va vazifadosh bog’lovchilar
D) biriktiruv, zidlov, ayiruv va inkor bog’lovchilar
31.Ergashtiruvchi bog’lovchilarning turini toping.
A) sabab, shart, aniqlov bog’lovchilari B) yakka va takror bog’lovchilar
C) biriktiruv, zidlov, ayiruv va inkor bog’lovchilari
D) sabab va maqsad bog’lovchilari

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling