Ona tili punksiasining asosiy tamoyillari


Qavsning qo‘llanish o‘rinlari


Download 176 Kb.
bet6/11
Sana04.02.2023
Hajmi176 Kb.
#1161479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona tili punktuatsiyasining

Qavsning qo‘llanish o‘rinlari
1. Kiritmalar (kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gaplar) qavsga olinadi. Masalan: Joyni yana chorpoyaga (supaga) qildilaringmi? (S.Ah.)
2. P’yesalarda muallifning izohi, ya’ni remarkalar qavsga olinadi: Farmon. Kelinlar-u.. Chiq hammang. (Kelinlar chiqishadi.)
3. Fikrning manbai, uni aytgan muallifning ismi sharifi, manba haqidagi ma’lumotlar qavs ichida beriladi. Masalan: «Til-reallashgan ongdir». (Fitrat) Bu maqolada («О‘zbek tili va adabiyoti», 2004. №5.) tilda shakl va mazmun munosabati masalasi tahlil etilgan.
4. Gazeta va jurnallardagi davomi bor, boshi o‘tgan sonda, boshi jurnalning 2-sonida kabilar qavsga olinadi.
5. Fikrning noaniqligi, so‘z yoki iboraning tushunarsizligi, so‘zlovchining taajjubini aks ettiruvchi so‘roq, undov belgilari qavsga olinadi. Masalan: Qiz ko‘zlarining oromliligi (?) bilan meni hayratga soldi. (So‘zl.)
6. Ayrim so‘z yoki gapga aniqlik kiritish maqsadida qo‘llangan izohlar qavsga olinadi. Masalan: Fitrat turk tilining (o‘zbek tili) boyligini, asosan, arab tiliga solishtirmoqchi bo‘ldi. (M.M.)
Nuqtali vergulning qo‘llanish o‘rinlari
I. Mazmunan va grammatik jihatdan mustaqil bo‘lgan qo’shma gap qismlari yoki qiyoslash munosabatini ifodalovchi bog‘lovchisiz qo’shma gap tarkibiy qismlari orasida nuqtali vergul qo‘llanadi. Masalan: Nihoyat osh ham yarimladi; chinni laganning tubi ko‘rindi. (So‘zl.)
2. Gapning guruhlanib uyushgan bo‘laklari orasida nuqtali vergul qo‘yiladi. Masalan: Otam... qozining uchi ham bo‘lma, boshi ham bo‘lma, o‘rtasi bo‘l; uchi bo‘lsang, yerga kirasan, boshi bo‘lsang, to‘qmoq eysan deganlar. (A.Q.)
3. Gaplarning tartibi ko‘rsatuvchi raqamlar yoki harflar yarim qavs yoxud tire bilan belgilansa, har bir gap keyingisidan nuqtali vergul bilan ajratiladi. Masalan:
1. Hujjatning nomi.
2. :
a) tilxat beruvchining ismi, familiyasi, ota ismi va lavozimi;
b) pul, hujjat, buyum beruvchining shaxsi, lavozimi;
v) pul, hujjat, buyum nomi, uning bahosi, miqdori;
g) olinayotgan buyumning holati. («О‘zbek tilida ish yuritish»)

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling