Ona tili punksiasining asosiy tamoyillari
Download 176 Kb.
|
Ona tili punktuatsiyasining
ONA TILI PUNKSIASINING ASOSIY TAMOYILLARI. REJA: 1. Punktuatsiya va uning o‘rganish obyekti. 2. O‘zbek tili punktuatsiyasining asos va tamoyillari. 3. O‘zbek tilidagi tinish belgilari. «Punktuatsiya» so‘zi aslida lotincha «punctum», ya’ni «nuqta», «o‘rin, joy» tushunchalarini anglatuvchi so‘z bo‘lib, hozirgi kunda tilshunoslikning tinish belgilari haqidagi maxsus bo‘limining nomi hisoblanadi. Punktuatsiyada tinish belgilarining (punktogramma) qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi. Ma’lumki, «tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashtirishda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mazmuniy munosabatlarini ko‘rsatishda muhim yozuv vositasi sifatida ishlatiladi.»1 Tinish belgilari quyidagi vazifalarni ado etishi lozim: a) ijtimoiy-sotsial vazifa bajarishi; b) vazifasi gapning semantik-grammatik jihati bilan bog‘liq bo‘lishi; v) qo‘llanishi grammatik qonuniyatga asoslanishi; d) o‘z grafik shakliga, qo‘llanish tizimiga ega bo‘lishi lozim. 2 О‘zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llanishi X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Bu davrda О‘zbekistonda matbaachilik paydo bo‘lgan, kitob nashr etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hammasi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishiga turtki bergan. Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi X1X asrning 70-yillariga borib taqaladi. О‘zbek punktuatsiyasi taraqqiyotini 2- davrga bo‘lib o‘rganish mumkin. 1. X1X asrning 2-yarmidan 1917- yilga qadar bo‘lgan davr. 2. 1917- yildan keyingi davr o‘zbek punktuatsiyasi.3 1-davr o‘zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llana boshlashi, ularni qo‘llashning odat tusiga kirishi, o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi bilan xarakterlanadi. 2-davrda tinish belgilarining qo‘llanishi muayyan tartibga solinadi, o‘zbek punktuatsiyasi grafikaning alohida bir bo‘limi sifatida o‘rganila boshlaydi. О‘zbek punktuatsiyasini ilmiy asosda o‘rganish masalasi 1917- yilda keyin yo‘lga qo‘yildi. Ma’lumki, yozma nutqda muayyan bir tinish belgisining qo‘llanish qoidalari ma’lum bir tamoyilga asoslanadi. О‘zbek tilidagi tinish belgilarining qo‘llanish tamoyillari tilshunos olimlar Sh.Shoabdurahmonov, G‘. Abdurahmonov, K.Nazarov, B.Egamberdiyevlar tomonidan asoslab berilgan.4 Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilarini qo‘llashda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi: Download 176 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling