Ona tili punksiasining asosiy tamoyillari
Undov belgisining qo‘llanish o‘rinlari
Download 176 Kb.
|
Ona tili punktuatsiyasining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vergulning qo‘llanish o‘rinlari
Undov belgisining qo‘llanish o‘rinlari
1. So‘zlovchining his-hayajonini ifodalagan har qanday sintaktik tuzilishdagi undov gaplar oxiriga qo‘yiladi. Masalan: Qizlik uy – bozor, bolam! (О‘.H..) 2. Vokativ gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Eshon, hoy!- deb qichqirdi. (A.Q.) 3. So‘zlovchining his-hayajoni, xursandchiligi, g‘azabi, afsuslanishi kabilarni ifodalovchi so‘z-gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Attang! Attang! Biz bilmay qolibmiz! (So‘zl.) Barakalla! Tashakkur! («Yoshlik».) 4. Emotsionallikni ifodalovchi nominativ gaplar oxiriga undov belgisi ko‘yiladi: Masalan: ...Qon!... Saida u yog‘ini bilmaydi. (A.Q.) 5. Infinitiv gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Shuncha vaqt o‘tgach, vatanga qaytish! Yuragim yorilib kemasa edi!. («Yoshlik».) 6. Chaqiriq, xitob bilan aytiluvchi undalmalar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Salima! Qizim, bu yoqqa qarasang-chi! (So‘zl.) 7. So‘zlovchining his-hayajonining aks ettiruvchi ritorik so‘roq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘llaniladi. Masalan Nima bizga Amerika! Nima bizga uning sur’ati! (H.O.) 8. Emotsional buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Chekilmasin! 9. О‘quvchi fikrga yoki uning biror qismiga e’tiroz bildirsa, unga qo‘shilmasa, taajjub, shubhasini bayon etsa, shu fikrdan so‘ng qavs ichida undov belgisi (!) qo‘yiladi. Masalan: Ammo tirgovuchi deputat (!) ekan, shartta boshlab kelibdi.. (“Mushtum”.) Vergulning qo‘llanish o‘rinlari 1. Uyushiq bo‘laklar orasida ularni bir-biridan ajratish maqsadida vergul qo‘yiladi. (Uyushiq bo‘laklar va, hamda teng bog‘lovchilari bilan bog‘langan holat bundan mustasno) Masalan: H a kurashishimiz, na olg‘a intilishimiz mumkin.(«Mushtum».) 2. Takror gaplar va takror bo‘laklar orasida vergul qo‘yiladi. Masalan: О‘qi, bolam, o‘qi!. (So‘zl.) 3. Undalmalar, gapning boshida, o‘rtasida, oxirida kelishidan qat’iy nazar, gapning boshqa bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Jo‘ravoy, eson-omon borib keldingizmi? («Yoshlik».) 4. Kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gaplar sintaktik qurilmaning boshqa bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Shunday qilib, o‘sha kuni mehmondorchilikdan erta qaytdik. (So‘zl.) Men sizga aytsam, hech yerda tayyor osh bo‘lmaydi. ("Mushtum"). 5. Zidlov bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yiladi. Masalan: Azizlikka azazmas-ku, lekin qimmatbahoroqmi deyman-da. («Yoshlik».) 6. Tasdiq va inkorni bildiruvchi ha, xo‘p, yo‘q so‘zlari hamda xo‘sh, ho‘ so‘zlaridan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Bu kabinet yaqinda bo‘lganmi, -dedi Saida. Yo‘q, men kelganda ham bor edi. (A.Q.) -Xo‘sh, siz davom eting. (So‘zl.) 7. Undov so‘zlar gapdan vergul bilan ajratiladi: Voy, aya, nima bo‘ldi? (A.Q.) 8. Erkalash, qarg‘ash, achinish ma’nosini anglatuvchi -e, -ey, -ey yuklamasidan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Bolam-ey, bolam, qadaming qutlug‘ kelsin! (So‘zl.) 9. Gapning ajratilgan bo‘laklari boshqa bo‘laklardan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Hozir, ayni shu vaqtda, qanday ish bilan mashg‘ulsan? (So‘zl.) 10. Gapdagi ravishdosh o‘ramlar vergul bilan ajratiladi. Masalan: Birpasdan keyin qaddimni rostlab, tanchaga oyog‘imni tiqib o‘tirdim. (О‘.H.) 11. Ergash gapli qo’shma gaplar, ayrim bog‘langan va bog‘lovchisiz qo’shma gap qismlari orasida vergul qo‘yiladi. Masalan: Shuni bilki, seni Vatan kutadi. Na ko‘cha bor, na mustahkam uy-joy, na dala shiyponi bor. (O.) 12. Darak gap xarakteridagi ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratishda vergul qo‘yiladi. Masalan: Yillik rejani ortig‘i bilan bajardik,—dedi rais. («Yoshlik».) Download 176 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling