Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari


Download 1.17 Mb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi1.17 Mb.
#1007348
  1   2   3   4
Bog'liq
Azamat Askarov Tizimlar va signallarni qayta ishlash Mustaqil ish

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Kafedra : Sun’iy intellekt

Fan : Tizimlar va signallarni qayta ishlash

Guruh: SSP003

Bajardi: Jasurbek Toshev

Tekshirdi: Jurayev Umidjon


Signallarni ixchamlashtirish va algoritmlarini o’rganish

Reja : Kirish. 1. Yo’qotishli ixchamlash 2. Low-compression(high quality) 3. Hgh-compression(low quality) 4. Signallarni kodlash algoritmlari 5. Persuptual kodlash Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar

Signallar turlari


Signallarni qayta ishlashda ma'lumotlar (audio, video, matn va boshqalar) ni ixchamlash – bu asl tasvirga qaraganda kamroq bitlardan foydalangan holda ma'lumotlarni kodlash jarayonidir. Har qanday ixchamlash jarayoni yo yo'qotishli (lossy compression), yoki yo'qotishsiz (lossless compression) bo'ladi. Yo'qotishsiz ixchamlash statistik ortiqchalik (statistical redundancy) ni aniqlash va yo'q qilish orqali bitlar sonini kamaytiradi. Yo'qotishsiz ixchamlashtirishda hech qanday ma'lumot yo'qolmaydi.
Yo'qotishsiz ixchamlashdan foydalangandan so'ng ma'lumotlarning asl holatini to'liq tiklash mumkin. Yo'qotishsiz ixchamlash matnli ma'lumotlar, kompytuter dasturlarini uzatish va saqlash uchun ishlatiladi. Yo'qotishli ixchamlash keraksiz va kamroq muhim ma'lumotlarni olib tashlash orqali bitlar sonini kamaytiradi.
Odatda, ma'lumotlarni ixchamlashni amalga oshiruvchi qurilma koder, unga teskari jarayon (dekompressiya) ni bajaruvchi qurilma esa dekoder deb ataladi.

YO'QOTISHLI IXCHAMLASH Quyidagi mushuk fotosuratining turli versiyalari shuni ko'rsatadiki, approksimatsiya darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, tasvir shunchalik qo'pol bo'ladi, chunki ko'p miqdordagi detallar olib tashlanadi. Bu ma'lumotlarni yo'qotishsiz ixchamlashning aksi bo'lib, unda ma'lumotlar yo'qolib ketmaydi. Yo'qotishli ixchamlashda olib tashlanadigan ma'lumotlar miqdori yo'qotishsiz ixchamlash usullariga qaraganda ancha yuqori. 1) Low-compression (high quality) JPEG; 2) High-compression (low quality) JPEG.


Yo'qotishli ixchamlash odatda multimedia ma'lumotlari (audio, video va tasvirlar) ni ixchamlashda ishlatiladi. Bunda ixchamlangan fayl “bitga-bit” taqqoslanganda asl holatidan ancha farq qilishi mumkin, ammo ko'pgina hollarda inson ko'zi yoki qulog'i buni deyarli sezmaydi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling