Ona tili, rus tili, fizika, informatika, chet tili, geografiya, davlat va huquq asoslari, biologiya fanlaridan bosqichli


Berilgan  m atnni  o ‘qib,  m azm unini  gapirib  berish yuzasidan


Download 400 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana26.07.2017
Hajmi400 Kb.
#12061
1   2   3   4

Berilgan  m atnni  o ‘qib,  m azm unini  gapirib  berish yuzasidan

baholash  m ezoni

Baholash mezoni

Ball

0 ‘qilgan  matn  mazmunini  toMiq  og‘zaki  bayon  qila  olsa,  mavzu  yu­



zasidan  fikr  bildirsa va  uni  asoslay  olsa,  hamda  to‘g ‘ri  talaffuz  va  in- 

tonatsiya  bilan  gapirsa,  o'qilgan  matnni  to‘ liq  tarjima  qila  olsa,  matn 

mazmuniga doir savollarga to‘ liq javob bera olsa.

«5 »


0 ‘qilgan  matn  mazmunini  qiyinchilik  bilan  og‘zaki  bayon  qila  olsa, 

fikr tor bildirilsa, to‘g ‘ri talaffuz va intonatsiya buzilsa, o‘qilgan matnni 

71-85  foiz  tarjima  qila  olsa,  matn  mazmuniga  doir  savollarga  javob 

bera olsa.

«4 »

32


0 ‘qilgan matn mazmunini  qisman  qiyinchilik  bilan og‘zaki  bayon qila 

olsa, fikr bildira olmasa, to‘g ‘ri talaffuz va intonatsiyaga rioya qilmasa

o ‘qilgan matnni  55-70  foiz tarjima qila olsa, matn mazmuniga doir sa­

vollarga qisman javob bera olsa.

«3 »

0 ‘qilgan  matn  mazmunini  tushunarsiz  tarzda  bayon  qilsa,  fikr  bildira 



olmasa, to‘g ‘ri talaffuz va intonatsiyaga rioya qilmasa, o ‘qilgan matnni 

21-54  foiz  tarjima  qila  olsa,  matn  mazmuniga  doir  savollarga  javob 

bera olsa.

«2 »


0 ‘qilgan  matn  mazmunini  bir-biri  bilan  bog‘ lanmagan jumlalar  bilan 

o g ‘zaki bayon qila olsa, fikr bildira olmasa, to‘g ‘ri talaffuz va intonatsi­

yaga rioya qilmasa, o ‘qilgan  matnni tarjima qila olmasa, matn mazmu­

niga doir savollarga javob bera olmasa.

«1 »

Suhbatni  baholash  m ezoni

Baholash mezoni

Ball

Berilgan  mavzuni  to‘!iq  og‘zaki  bayon  qila olsa, mavzu yuzasidan fikr 



bildirsa va uni  asoslay  olsa,  hamda to‘g ‘ri  talaffuz va  intonatsiya  bilan 

gapirsa, berilgan mavzuga doir savollarga to‘ liq javob bera olsa.

«5 »

Berilgan  mavzuni  qiyinchilik  bilan  og‘zaki  bayon  qila  olsa,  fikr  tor 



bildirilsa,  to‘g ‘ri  talaffuz va  intonatsiya buzilsa, berilgan mavzuga doir 

savollarga qiyinchilik bilan javob  bera olsa.

«4 »

Berilgan mavzuni  qisman qiyinchilik bilan og‘zaki bayon qila olsa, fikr 



bildira olmasa,  to‘g ‘ri  talaffuz va  intonatsiyaga rioya qilmasa, berilgan 

mavzuga doir savollarga qisman javob bera olsa.

«3 »

Berilgan  mavzuni  tushunarsiz  tarzda  bayon  qilsa,  fikr  bildira  olmasa, 



to‘g ‘ri talaffuz va intonatsiyaga rioya qilmasa, berilgan mavzu mazmuniga 

doir savollarga tushunarsiz tarzda javob bersa.

«2 »

Berilgan  mavzuni  bir-biri  bilan  bogianm agan  jumlalar  bilan  og‘zaki 



bayon  qilsa,  fikr bildira  olmasa,  to‘g ‘ri  talafifuz  va  intonatsiyaga rioya 

qilmasa, matn mazmuniga doir savollarga javob bera olmasa.

«1 »

1-  BILET



1.  «Televideniye va radio»  mavzusiga oid  matnni  о  ‘qish va maz­

munini gapirib berish.

2.  «Mening sevimli  dasturim» mavzusida suhbat qilish.

2-  BILET

1.  « 0 ‘zbekistondagi  gazeta  va jurnallar»  mavzusiga  oid  matnni 

o‘qish va mazmunini  gapirib berish.

2.  «Darsdan keyingi  mashg'ulotlar» mavzusida suhbat qilish.

3-118


33

3-  BILET

1.  «Mening  sevimli sport turim» mavzusiga oid  matnni о  ‘qish va 

mazmunini gapirib berish.

2.  «Bozorda» mavzusida suhbat qilish.

4-  BILET

1.  « 0 ‘zbekistonning  mashhur  kishilari»  mavzusiga  oid  matnni 

o'qish va mazmunini  gapirib  berish.

2.  «Atrof-muhit muammolari» mavzusida suhbat qilish.

5-  BILET

1.  «Shifokor huzurida»  mavzusiga oid  matnni  о  ‘qish  va mazmu­

nini gapirib berish.

2.  «Mening sevimli  mashg'ulotim » mavzusida suhbat qilish.

6-  BILET

1.  « 0 ‘zbekiston  va  tili  o ‘rganilayotgan  mamlakatlarning  san’ati» 

mavzusiga oid matnni  o'qish va mazmunini  gapirib berish.

2.  « 0 ‘zbek milliy taomlari»  mavzusida suhbat qilish.

7-  BILET

1.  «Mening  kelajakdagi kasbim» mavzusiga oid  matnni  o ‘qish va 

mazmunini  gapirib berish.

2.  «Tili  o ‘rganilayotgan mamlakatlarning  bayramlari» mavzusida 

suhbat qilish.

8-  BILET

1.  «Quyosh  energiyasi»  mavzusiga oid matnni  o‘qish va mazmu­

nini gapirib berish.

2.  «Kino va teatr» mavzusida suhbat qilish.

9-  BILET

1.  «Tabiatni asrang» mavzusiga oid  matnni  о  ‘qish va mazmunini 

gapirib berish.

2.  «Teatr dunyosi» mavzusida suhbat qilish.

10-  BILET

1. «Mashhur kishilar» mavzusiga oid matnni o'qish va mazmunini 

gapirib berish.

2.  «Mening sevimli musiqam» mavzusida suhbat qilish.

34


11-  BILET

1. «Tili o'rganilayotgan mamlakatning mashhur kishilari» mavzu­

siga oid matnni  o ’qish va mazmunini gapirib berish.

2.  «Mening  sevimli  qo’shiqchim» mavzusida suhbat qilish.

12-  BILET

1.  «Tili  o'rganilayotgan  mamlakatning  poytaxti»ga  oid  matnni 

o ’qish va mazmunini  gapirib berish.

2.  «Mamlakatimiz tabiati»  mavzusida suhbat qilish.

13-  BILET

1.  «Qishki  ta’til»ga  oid  matnni  o’qish  va  mazmunini  gapirib  be­

rish.

2.  «O ’zbekiston musiqa  festivali» mavzusida suhbat qilish.



14-  BILET

1.  «Milliy sport turlari»  mavzusiga oid  matnni  о  ‘qish va  mazmu­

nini  gapirib berish.

2.  «Sayohat haqidagi  taasurotlarim» mavzusida suhbat qilish.

15-  BILET

1.  «Sam at muzeylari»  mavzuga oid  matnni  o'qish va mazmunini 

gapirib berish.

2.  «Ingliz tili  xonasida» mavzusida suhbat qilish.

16-  BILET

1.  «Sport musobaqalari» mavzusiga oid matnni  o’qish va mazmu­

nini gapirib berish.

2.  «Mashhur haykallar»  mavzusida suhbat qilish.

17-  BILET

1.  «Gazeta va jurnal» mavzusiga oid matnni o ’qish va mazmunini 

gapirib berish.

2.  «Atrof muhit muammolari» mavzusida suhbat qilish.

18-  BILET

1.  «O ’zbekistonning  mustaqilligi  to 'g ’risida»  mavzusiga  oid 

matnni  o ’qish va mazmunini gapirib berish.

2.  «Yurtimizning  diqqatga  sazovor joy lari»  mavzusida  suhbat qi­

lish.

35


19-  BILET

1.  «A trof muhit  muammolari  oldini  olish  choralari»  mavzusiga 

oid matnni  o'qish va mazmunini gapirib  berish.

2.  « 0 ‘zbekiston  Respublikasining  bayrog'i,  madhiyasi  va  gerbi» 

mavzusida suhbat qilish.

20-  BILET

1.  «Mening  sevimli  shahrim»  mavzusiga  oid  matnni  o'qish  va 

mazmunini gapirib berish.

2.  «Men yoqtirgan film qahramoni» mavzusida  suhbat qilish.

21-  BILET

1.  «  Tili  o'rganilayotgan  mamlakat  shaharlarida  yangi  yil»  mav­

zusiga oid matnni o'qish va mazmunini  gapirib berish.

2.  «Mening o'tgan kunim»  haqida suhbat qilish.

22-  BILET

1.  «Tili  o'rganilayotgan  mamlakatlarga  xos  bo'lgan  milliy  kiyi- 

mlar» matnini  o'qish va mazmunini  gapirib berish.

2.  «Mening sevimli  m ashg'ulotim » haqida suhbat qilish.

23-  BILET

1. «Suvni asrang» mavzusiga oid matnni o'qish va mazmunini ga­

pirib  berish.

2.  «Oziq-ovqat do'konida»  mavzusida suhbat qilish.

24-  BILET

1.  «Mening  maktabim»  mavzusiga  oid  matnni  o'qish  va  mazmu­

nini gapirib berish.

2.  «Mening orzuim» mavzusida suhbat qilish.

25-  BILET

1.  «Mashhur joylarga  sayohat»  mavzusiga  oid  matnni  o'qish  va 

mazmunini  gapirib berish.

2.  «Maktab imtihonlari» mavzusida suhbat qilish.

GEOGRAFIYA

Umumiy o'rta ta’lim maktablarining 8-sinfini tugatgan o'quvchilar 

geografiya fanidan  DTS  bo'yicha  m a’lum  darajada  bilim,  ko'nikm a 

va malakaga ega bo'ladilar.

36


O'quvchilaming  olgan  bilim,  egallagan  ko'nikm a va  malakalari- 

ni  aniqlash  maqsadida  2014-2015  o ‘quv yilida  8-sinflarda  bosqichli 

imtihon,  bilet  savollariga  og'zaki  javob  berish  usulida  o'tkaziladi. 

Tayyorgarlik ko'rish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir o'quvchiga bittadan  bilet beriladi.  Har bir biletda 2  ta na- 

zariy va  1  ta amaliy topshiriq keltirilgan.

Imtihon  biletida  2  ta  nazariy  savol  o'quvchilarning  8-sinf- 

da  “O'zbekiston  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geogafiyasi”  kursi  yuzasidan 

o ‘rganilgan mavzulari bo'yicha va  1  ta amaliy topshiriq 5-8 sinf mav- 

zulari yuzasidan  beriladi.

Bilet  savollariga  0 ‘zbekiston  Respublikasining  tabiiy  sharoiti  va 

tabiiy  boyliklarining  millliy  iqtisodiyotdagi  ahamiyati,  milliy  iqtiso- 

diyotning tarmoqlari,  aholi  va inson  omili,  Respublika yoqilg'i  ener- 

getikasi,  agrosanoat  majmuasi,  aholiga  xizmat  ko'rsatish  va  turizm, 

xizmat ko ’rsatish  turlari  (matbaachilik.  ta'lim ),  0 ‘zbekiston Respub- 

likasi  iqtisodiyotining  hududiy  tashkil  etilishi  (iqtisodiy  rayonlar), 

atama va tushunchalar, hamda amaliy topshiriqlar kiritiladi.

Har  bir  berilgan  savolga  javob  5  ballik  tizim  asosida  baho- 

lanadi.  Masalan:  1-savolga  3,  2-savolga  5,  3-savolga  4  qo‘yilsa, 

baholar  umumlashtirilib  so'ngra  ulardan  o'rtacha  ball  chiqariladi. 

3+5+4=12:3=4

0 ‘quvchilarni  baholashda  qo'yiladigan  ball  ular  egallashlari 

lozim  bo‘lgan bilim,  ko'nikma va malakalardan  kelib  chiqib belgila- 

nadi.


N azariy savollarga  berilgan javoblar baholash  mezoni

Baholash  mezoni



Ball

1.

0 ‘quvchi  tomonidan  savollarga javob  mazmunan  to‘ la  ochib  ber- 



ilib,  atama  va  tushunchalarning  lug‘aviy  m a’nosini  to‘g ‘ri  ayta 

olib,  xarita bilan  ishlashni  to‘g ‘ri  y o lg a  qo‘ya olsa.

5

2.

0 ‘quvchi tomonidan savollarga javob mazmunan to la  ochib berilib, 



atama va tushunchalarning  lug‘aviy ma’nosini  to‘g ‘ri ayta olib, xar­

ita bilan  ishlashda  1  ta va undan ortiq  kamchiliklarga  yo‘ l  qo‘ysa.

4

3.

0 ‘quvchi  tomonidan  savollarga javob  mazmunan  to‘ la  ochib  ber­



ilib,  atama  va  tushunchalarning  lug‘aviy  m a’nosini  izohlashda  2 

ta  va  undan  ortiq  xatoliklarga  yo‘ l  qo‘yilib,  xarita  bilan  ishlashni 

to‘g ‘ri  yo'lga qo‘ya olmasa.

3

37



4.

0 ‘quvchi tomonidan savollarga javob mazmunan to‘ la ochib beril- 

masa,  atama va tushunchalarning  lug‘aviy  m a’nosini  izohlashda  3 

ta  va  undan  ortiq  xatoliklarga  yo‘ l  qo‘yilib,  xarita  bilan  ishlashni 

to'g'ri  yo'lga qo'ya olmasa.

2

5.



O'quvchi tomonidan savollarga javob mazmunan to'la ochib beril- 

masa, atama va tushunchalarning lug‘aviy ma’nosini  izohlay olma­

sa, xarita bilan  ishlashni  to'g'ri  yo'lga qo'ya olmasa.

1

A m aliy topshiriq  javoblarini baholash  m ezoni

Baholash mezoni



Ball

1

.



O'quvchi  tomonidan topshiriqni  bajarishda  ilmiy xatoliklarga 

yo'l  qo‘yilmagan.Topshiriqning yechilish  shartlari  ko‘rsatilib 

aniq va to'g'ri  bajarilgan bo'lsa.

5

2.



O'quvchi  tomonidan topshiriqni  bajarishda  1  ta va undan  ortiq 

ilmiy xatoliklarga yo'l qo'yilgan. Topshiriqning yechilish shart- 

larida  1  ta dan ortiq xatoliklarga yo'l qo'yib  bajarilgan bo'lsa.

4

л



O'quvchi  tomonidan  topshiriqni  bajarishda  2  ta  va  undan 

ortiq  ilmiy  xatoliklarga  yo‘ l  qo’yilgan.  Topshiriqning  yechi­

lish  shartlari  ko‘rsatilmasdan javobi  to‘g ‘ridan  to‘g'ri  yozib 

qo‘yilgan  bo‘ lsa.

•*»

4.

O ’quvchi  tomonidan  topshiriqni  bajarishda  3  ta  va  undan 



ortiq  ilmiy  xatoliklarga  yo‘ l  qo'yilgan.  Topshiriqning  yechi­

lish  shartlari  ko’rsatilmasdan javobi  to’g ’ridan  to'g'ri  yozib 

qo'yilgan bo’ lsa.

2

5.



O'quvchi  topshiriqni  bajarishga urungan ammo mutlaqo  xato 

bajargan bo'lsa.

1

Izoh.

A m aliy  topshiriqlarini  bajarish  uchun  zarur  o 'q u v

jih o zlar

( 0 ‘ zbekiston  R espublikasining  tabiiy,  iqtisodiy  v a  siy o siy   xaritalari,  dun- 

yoning  tabiiy  va  siy o siy   xaritalari,  globus,  6,  7,  8-sin f o 'q u v   atlaslari  va 

bosh qa m ateriallar)  o ‘ qituvchi  tomonidan  oldindan  tayyorlab  q o ‘yiladi.

1-BILET

1.  0 ‘zbekistonning tabiiy  sharoiti  va tabiiy  boyliklari  haqida ga- 



piring.  Xaritadan  Farg‘ona  vodiysi,  M irzacho‘l  tekisligi,  Qizilqum 

cho‘li, Ustyurt platosi,  Surxondaryo vodiysini ko ‘rsating.

2.  Quyidagi  geografik  atamalarning  lug‘aviy  m a’nosini  ayting 

(yoqilg‘i-energetika balansi, aglomeratsiya)

3.  Jizzax  viloyati  maydoni  21,2  ming  km2,  aholisi  1.01.2012  yil 

holati  bo‘yicha  1  min  205  ming  kishini  tashkil  etgan  bo‘lsa,  viloyat 

aholisining o'rtacha zichligini  toping.

38


2-  BILET

1.  O'zbekiston  Respublikasining  yengil  sanoati  haqida  gapiring. 

0 ‘zbekiston  Respublikasining  iqti- 

sodiy  xaritasidan  to‘qimachilik  kor- 

xonalari  joylashgan 

5  ta  shaharni 

ko'rsating.

2.  Qurilish  materiallari  va  bi- 

nokorlik  sanoati  haqida  gapiring.  Se- 

ment  zavodlari joylashgan  shaharlar- 

ni xaritada ko'rsating.

3.  Xaritada А,  В,  C,  D  harflar  bi­

lan  Afrika  materigining  qaysi  iqlim 

mintaqalari  ko'rsatillgan?

3-  BILET

1.  O'zbekiston  Respublikasi  aholisining  jinsiy  va  milliy  tarkibi 

haqida gapiring.  O'zbekistondagi  5  ta eng yirik  shaharlarni  xaritadan 

ko'rsating.

2.  Quyidagi  geografik  atamalarning  lug'aviy  m a’nosini  ayting: 

GES,  kooperatsiya,  boyitish fabrikasi.

3.  Masshtabi  1:  4  000  000  xaritada daryo  uzunligi  4  sm  ga  teng 

bo'lsa,  daryoning haqiqiy uzunligi  necha  kmga  teng?

4-  BILET

1.  O'zbekiston  aholisi,  uning joylashuvi  va  milliy  tarkibi  haqida 

gapiring.

2.  Andijon  viloyati  sanoati  haqida  gapiring.  Xaritadan  mashina- 

sozlik korxonalari joylashgan shaharlarni  ko'rsating.

3.  O'zbekistonda aholining yillik tabiiy  o'sish  darajasi  472  ming 

kishini  tashkil  etib,  tug'ilganlar  soni  609  ming  kishini  tashkil  etsa, 

o'lganlar sonini aniqlang.

5-  BILET

1.  Yoqilg'i  sanoati  haqida  gapiring.  Xaritadan  neft  hamda  gazni 

qayta ishlash zavodlari joylashgan shahar va shaharchalami ko'rsating.

2.  Quyidagi  geografik  atamalarning  mazmunini  ayting:  migratsi- 

ya,  urbanizatsiya,  aholining tabiiy o'sishi.

3.  Yillik  yog'in  miqdori  400  mm,  bug'lanish  2000  mm  ga  teng 

bo'lsa,  namlik koeffitsentini aniqlang.

39


6-  BILET

1.  Oziq-ovqat sanoati  haqida gapiring. Tarmoq korxonalarini joy- 

lashtirishda qanday omillar hisobga olinadi?

2.  Buxoro  -  Navoiy  iqtisodiy  rayonining  x o ‘jaligi  va  uni  hudu- 

diy  tashkil  etilishi  haqida  gapiring.  Metallurgiya  va yoqilg‘i  sanoati 

markazlarini xaritadan ko‘rsating.

3.  Andijon  viloyati  maydoni  4,2  ming  km2,  aholisi  1.01.2012  yil 

holati  bo‘yicha  2  min  600  ming  kishini  tashkil  etgan  bo‘lsa,  aholi 

zichligini  toping.

7-  BILET

1. Toshkent va Farg‘ona iqtisodiy rayonlariga qivosiy tavsif bering.

2.  0 ‘zbekistonning  rekreatsiya  va  turizm  resurslari  haqida  ga­

piring.  Mamlakatimizda  qanday  davolanish  va  dam  olish  maskan- 

lari  mavjud?  Ular  joylashgan  shahar  va  shaharchalarni  xaritadan 

ko‘rsating.

3.  Toshkent  V-soat  mintaqasida joylashgan,  Seul  shahri  esa  IX- 

soat  mintaqasida.  Toshkentda  soat  13.00  bo‘lganda,  Seulda  soat  ne- 

cha bo‘ladi?

8-  BILET

1.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  xo ‘jaligi  haqida  gapiring. 

Xaritadan Nukus,  To‘rtko‘1,  Q o‘ng‘irot,  Taxiatosh  va  M o‘ynoq  sha- 

harlarini  ko‘rsating.

2.  Navoiy viloyati  xo ‘jaligining  asosiy  tarmoqlarini  ayting.  Vilo- 

yat tabiiy  sharoiti va resurslari  xo'jaligiga qanday ta’sir koTsatadi?

3.  Havo  harorati  +30°C  ga  teng.  1  m3  havoda  namlik  miqdori 

15  g. Nisbiy namlikni  aniqlang.

9-  BILET

1.  Mashinasozlik  majmuasining  tarmoqlarini  sanab  bering.  Xa­

ritadan  0 ‘zbekistondagi  avtomobil  zavodlari joylashgan  shaharlarni 

ko‘rsating.

2.  Surxondaryo iqtisodiy rayonining xo‘jaligi va uni hududiy tash­

kil etilishi haqida gapiring. Viloyat agroiqlimiy resurslari xo‘jaligining 

ixtisoslashuviga ko‘rsatgan ta ’sirini  tushuntiring.

3.  Yanvar  oyining  o ‘rtacha  harorati -6°C,  iyul  oyining  o ‘rtacha 

harorati  +18°C  bo‘lsa,  havo  haroratining  yillik  amplitudasi  necha 

gradusga teng bo‘ladi?

40


10-  BILET

1. O'zbekiston Respublikasi qaysi iqtisodiy rayonlariga bo'linadi? 

Ularning hududiy tarkibi  haqida gapiring.

2.  Farg'ona viloyati  sanoatining  asosiy  tarmoqlari  qaysilar? Vilo- 

yatda qanday  sanoat tugunlari  bor? Ularni xaritada koTsating.

3.  Agar  Boltiq  dengizining  3  litr  suvida  36  gramm  tuz  mavjud 

bo'lsa,  dengiz suvining  sho'rligi  necha g/litr (promille)ga teng?

11-  BILET

1.  O'zbekiston  Respublikasi  eksport va  importining  Tovar tarkibi 

haqida gapiring.

2.  Qashqadaryo  viloyati  xo'jaligining  asosiy  tarmoqlari  haqida 

gapiring.

Xaritadan viloyatning yoqilg'i  sanoati  markazlarini koTsating.

3.  Dengiz  tubiga exolot jo'natgan  ovoz to'lqini  6  sekundda  borib 

kelgan  bo'Isa, lining chuqurligi  necha raetrga teng bo'ladi?

12-  BILET

1.  O'zbekiston Respublikasining  avtomobilsozlk sanoati va uning 

istiqbollari  haqida gapiring.  Xaritadan avtomobil  ishlab  chiqaradigan 

shaharlami  koTsating

2.  Quyidagi  geografik  atamalarning  lug'aviy  m a'nosini  ayting: 

emigratsiya,  immigratsiya,  ishlab chiqarishning markazlashuvi.

3.  O'zbekiston  Respublikasi  maydoni  448,9  ming  km2,  aholisi 

1.01.2013  yil  holati  bo'yicha  30  min  kishini  tashkil  etgan  bo'lsa, 

aholi  zichligini  toping.

13-  BILET

1.  Quruqlik  transporti  haqida  gapiring.  Xaritadan  “Toshg'uzor- 

Boysun-Qum qo'rg'on"  temir yo'lini  ko'rsating,  uning  iqtisodiy  aha- 

miyatini  tushuntiring.

2.  Xorazm  viloyati  xo'jaligining  o'ziga  xos  xususiyatlarini  aytib 

bering.


3.  Agar joy  planida  siz yashaydigan  1  km  uzunlikdagi  ko'cha  10 

sm  bilan ifodalangan bo'lsa,  ushbu  planning  masshtabini  aniqlang.

14-  BILET

1.  O'zbekiston  Respublikasida  dehqonchilikning  qaysi  tarmoqla- 

ri  yaxshi  rivojlangan.  Xaritadan  sholichilik  rivojlangan  hududlarni 

koTsating.

41


2.  Sirdaryo  viloyati  xalq  xo ‘jaligida  qaysi  tarmoqlar  yetakchilik 

qiladi? Xaritadan  Sirdaryo  IES joylashgan shaharni  ko‘rsating.

3.  Agar  tog‘  etagida  barometr  740  mm  ni,  tog‘  tepasida  esa 

440 mm ni  ko‘rsatsa, tog‘ning  o ‘rtacha balandligini aniqlang.

15-  BILET

1.  0 ‘zbekiston  elektroenergetikasi  haqida  gapiring.  Respublika- 

mizning yirik IES (issiqlik elektr stansiya) lari joylashgan shaharlarni 

xaritadan k o ‘rsating.

2.  0 ‘zbekistonda chorvachilikning qaysi  tarmoqlari  rivojlangan? 

Chorvachilikning  hududiy  xususiyatlariga  tabiiy  sharoiti  qanday 

ta’sir ko‘rsatadi?

3.  Berilgan  statistik  m a’lumotlarga asoslanib,  Samarqand va  Sur- 

xodaryo viloyatlari aholisining zichligini  aniqlang.

a)  Samarqand viloyati  maydoni  16,8  ming kv.km,  aholisi -  3  min 

365  ming.k.

b)  Surxodaryo  viloyati  maydoni  20,lm ing kv.km,  aholisi -  2  min 

260 ming.k.

16-  BILET

1.  M irzacho‘l  iqtisodiy rayoniga umumiy tavsif bering.  Xaritadan 

rayon shaharlarini  ko‘rsating.

2.  Quyidagi geografik atamalaming lug‘aviy m a’nosini ayting:  sa- 

noat tuguni, hududiy  ishlab  chiqarish  majmuasi.

3. 0 ‘zbekiston iqtisodiy-geografik rayonlarini xaritadan  ko'rsating.

17-  BILET

1 .0 ‘zbekiston Respublikasining ko‘mir sanoati va milliy iqtisodi- 

yotda ko‘mirdan qanday  maqsadlarda foydalanilishi  haqida gapiring. 

Xaritadan Angren,  Sharg‘un,  Boysun  ko'm ir konlarini  ko‘rsating.

2.  Buxoro viloyatining sanoati haqida gapiring.  Xaritadan viloyat- 

ning neftni  qayta ishlash  zavodi joylashgan shaharni  ko‘rsating.

3.  Toshkent  shahri  (V-soat  mintaqasi)  da  ertalab  soat  630  bo‘l- 

ganda, Tokio  shahri  (X-soat mintaqasi)  da soat necha bo‘ladi?

18-  BILET

1. 

Mehnat  resurslari  tushunchasini  izohlab  bering.  0 ‘zbekiston 



Respublikasida  iqtisodiyotda  band  aholining  x o ‘jalik  tarmoqlari 

bo‘yicha taqsimlanishi  haqida aytib bering.

42


2.  Surxondaryo  viloyatining  qishloq  xo'jaligi  va  sanoati  haqida 

gapiring. Xaritadan Termiz, Denov,  Q um qo'rg'on,  Sherobod va Boy- 

sun shaharlarini ko'rsating.

3. Tog'  etagida havo harorati +25°C bo'lganda, 3500 metr baland- 

likdagi  tog'  cho'qqisida havo  harorati  necha gradusga teng  bo'ladi?

19-BILET


1. Samarqand viloyati xo'jaligining ixtisoslashuvi haqida gapiring. 

Xaritadan  Samarqand,  K attaqo'rg'on, Urgut shaharlarini  ko'rsating.

2.  Quyidagi  geografik  atamalarning  mazmunini  tushuntiring:  ta- 

biiy sharoit,  tabiiy resurslar, agroiqlimiy  resurslar.

3.  Berilgan  ma'lumotlarga  ko'ra  bir sutka davomida  ob-havo  qu- 

yidagicha  o'zgargan  bo'lsa,  sutka  ichidagi  o'rtacha  haroratni  aniq­

lang. -  8°C, -10°C  , -12°C, -16°C, +20°C, +40°C, -4°C, -6°C.

20-  BILET

1.  O'zbekiston  Respublikasining  tabiiy  geografik  o 'm i,  chegara- 

lari,  maydoni  va tabiatining  o'ziga xos xususiyatlari  haqida gapiring. 

Qo'shni  mamlakatlar bilan chegaralarni xaritadan ko'rsating.

2.  Rangli  metallurgiya  sanoati  haqida  gapiring.  Quyida  berilgan- 

lardan og'ir va yengil  metallarni  ajratib ayting.  (Titan, aluminiy, mis, 

qalayi,  magniy,  oltin,  platina,  volfram,  rux,  qo'rg'oshin,  nikel,  ku- 

mush,  molibden, uran,  germaniy).

3.  Samarqand  iqtisodiy  rayonida  respublika  aholisining  11% 

yashaydi.  Bu  rayonga  respublikada  ekilgan  mevali  daraxtlarning 

15%  i  to 'g 'ri  keladi.  Ushbu  mahsulot 

rayonning  ixtisoslashgan 

tarmog'i  bo'la oladimi? Javobingizni asoslab bering.

21-  BILET

1.  Kimyo  sanoati  haqida  gapiring.  Kimyo  sanoatiga xomashyo 

sifatida  ishlatiladigan  foydali  qazilmalarni  aytib bering.

2.  Namangan  viloyati  xo'jaligining  asosiy  tarmoqlari  haqida  ga­

piring.  Xaritadan Namangan,  Chust, Kosonsoy, Chortoq, Uchqo'rgon 

shaharlarini  ko'rsating.

3. Tabiiy resurlaming guruhlarga bo'linishini chizmada aks ettiring.

22-BILET


1.  Iqtisodiy-geografik  o'rin  tushunchsini  izohlab  bering.  Respub- 

likamizning IGO'  ni  qanday  tavsiflash mumkin?

43


2.  Toshkent iqtisodiy  rayoni  sanoatining asosiy tarmoqlari haqida 

gapiring.  Iqtisodiy rayonning rangli va qora metallurgiya korxonalari 

joylashgan shaharlarini  xaritadan ko‘rsating.

3.  Samolyot  3  km  balandlikda uchib  bormoqda.  Yer yuzasida  ha- 

rorat  +20°C  boklsa,  samolyot  uchib  borayotgan  balandlikdagi  haro- 

ratni  aniqlang.

23-  BILET

1.  Milliy  iqtisodiyotimiz  tarkibida  qanday  tarmoqlar  mavjud. 

Ularni  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  tarmoqlariga  ajrating. 

Xaritadan  O'zbekiston  metallurgiya  sanoatining  yirik  markazlarini 

ko'rsating.

2.  Quyidagi  geografik  atamalarning  lug‘aviy  m a’nosini  ayting: 

GES  lar kaskadi.  rekreatsiya, rayon  ixtisoslashuvi.

3.  Havo  harorati  +10°C  bo Uganda,  nisbiy  namlik  60%  ga  teng 

bo‘lsa,  havodagi  namlik  miqdorini  toping?

24-  BILET

1. Toshkent iqtisodiy rayonining  geografik o ’rni va aholisi  haqida 

gapiring.

2.  Aholiga  xizmat  ko'rsatish  sohalariga  qanday  tarmoqlar  ki- 

radi?  0 ‘zbekistondagi  eng  yirik  sayyohlik  markazlarini  xaritadan 

koYsating.

3.  Quyidagi rasmlarda qanday relyef shakllari  (tepalik yoki  botiq) 

ko‘rsatilgan? Javoblaringizni  asoslang.

tUP*

А) 


В) 

C) 


D)

25-BILET


1 .0 ‘zbekiston shaharlari (Xiva, Andijon, Termiz) haqida gapiring 

va ushbu shaharlarni xaritadan  ko‘rsating.

2. Quyidagi reja asosida mamlakatimizdan oqib oTuvchi Amudar- 

yoga tavsif bering.  (Javobingizni xaritadan ko‘rsatib gapiring)

a)  daryo  qayerdan  boshlanadi  b)  uzunligi;  c)  irmoqlari;  d)  qaysi 

havzaga quyiladi?  e)  xalq xo‘jaligidagi  ahamiyati.

44


3.  Mamlakatga  kcfchib  kelganlar  soni  250  ming  kishi,  ketganlar 

soni  esa 280  ming kishiga teng.  Migratsiya saldosini  hisoblang.

26-  BILET

1.  Ckzbekistonda  qora  va  rangli  metallurgiyaning  rivojlanishi 

haqida  gapiring.  Ushbu  tarmoqlarning  yirik  markazlarini  xaritadan 

kckrsating.

2. Iqtisodiy rayonlarning  ixtisoslashuvi deganda nimani tushunish 

lozim va bu jarayonga qanday omillar ta’sir ko'rsatadi?

3.  Qo'qondan  Beruniy  shahrigacha  b o ig an   1200  km  li  maso- 

fa  birinchi  xaritada  24  sm  ga,  huddi  shu  masofa  ikkinchi  xaritada 

15  sm ga teng bo'lsa, xaritalarning masshtabini  aniqlang. Aniqlangan 

masshtablarning qaysi  biri yirik?

27-  BILET

1. Oziq-ovqat sanoati  tarkibiga qanday tarmoqlar kiradi? Ularning 

joylashuviga qanday  omillar ta’sir ko'rsatadi?

2.  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  va  Surxondaryo  viloyatlariga 

qiyosiy geografik tavsif bering. Ushbu hududlaming o ‘zaro  farqlarini 

keltirib chiqargan  tabiiy  omillar nima? Hududlar va ularning  markaz­

larini xaritadan ko'rsating.

3.  Yillik  yog'in  miqdori  300  mm,  bugianish  1000  mm  ga  teng 

bo'lsa,  namlik  koeffitsentini  aniqlang.

28-  BILET

1.  Kimyo sanoati  korxonalarini joylashtirishda qanday omillar hi- 

sobga  olinadi?  Respublikamizdagi  yirik  kimyo  korxonalari joylash- 

gan  shaharlarni  xaritadan  ko'rsating.

2.  Farg'ona iqtisodiy  rayoniga quyidagi  reja asosida ta’rif bering.

a)  geografik o'm i;  b)  aholisi;  c)  qishloq xo'jaligining asosiy  tar-

moqlari; d) sanoatining asosiy  tarmoqlari;  e) shaharlari.

3. Agar joy planida 700 m uzunlikdagi ko'cha 7 sm bilan ifodalan- 

gan bo'lsa,  ushbu  planning  masshtabini  aniqlang.

29-  BILET

1.  Avtomobilsozlik  sanoati  haqida  gapiring.  O'zbekistonda  qay­

si  rusmdagi  avtomobillar  ishlab  chiqarilmoqda?  Avtomobilsozlik 

markazlarini  xaritadan  ko'rsating.

2.  M irzacho'l  iqtisodiy  rayoniga  quyidagi  reja  asosida  ta’rif be­

ring.


45

a)  geografik o ‘mi;  b)  aholisi;  c)  qishloq x o ‘jaligining asosiy  tar- 

moqlari; d) sanoatining asosiy tarmoqlari;  e)  shaharlari.

3.  5000  m  balandlikka  ko'tarilgan  alpinistlaming  barometri  250 

mm simob ustunini ko‘rsatgan b o isa ,  shu vaqtda tog‘  etagidagi  havo 

bosimi  qanchaga teng bo‘ladi?

30-BILET


1.  Gaz sanoati  haqida gapiring.  Tabiiy  gazdan  qanday maqsadlar- 

da  foydalaniladi?  0 ‘zbekistondagi  gaz  qazib  olinadigan  hududlarni 

xaritadan ko‘rsating.

2. Navoiy va Xorazm viloyatlariga qivosiy geografik tavsif  bering.

3.Sirdaryo viloyatining 0 ‘zbekiston aholisidagi ulushi 2,5%, pax-

ta yetishtirishdagi hissasi esa 3,5%. Paxtachilik viloyat uchun ixtisos- 

lashgan tarmoq bo‘la oladimi? Javobingizni  asoslang.

0 ‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI

8-SINF

Prezidentimiz  Islom  Karimov  tomonidan:  "Xalqimizning  huqu- 



qiy  madaniyatini yuksaltirish  davlat  siyosati  darajasiga  ко ‘tarilishi 

lozim,  zero,  mustaqillik so ‘zining zamirida ham  katta  u lug‘ huquqqa 

ega  bo'lish  degan  tushuncha y o t a d i deb  ta’rif berilganligi  bejizga 

etnas. Mazkur so‘zlar mustaqilligimizning dastlabki yillarida avtilgan 

bo‘lsa-da,  bugungi kunda ham  o ‘zining ahamiyatini yo'qotgani yo ‘q. 

2010-yil  12-noyabrdagi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qo- 

nunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida Davlatimiz rahba- 

ri  “Mamlakatimizda demokratik  islohotlarni  yanada chuqurlashtirish 

va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  konsepsiyasi”da  fuqarolik  ja- 

miyatini  rivojlantirishda  kelgusida  amalga  oshirilishi  lozim  bo‘lgan 

vazifalarni  belgilab  berar  ekan,  “Jamiyatning  demokratiya  y o ‘lidan 

jadal  rivojlanishi  va  bu  borada  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning 

muvaffaqiyati  ko‘p jihatdan  odamlarning  huquqiy  ongi  va  huquqiy 

madaniyat darajasiga bog'liq” ekanligini ta’kidlaydilar.

Davlatimizning  m azkur  siyosatni  amalga  oshirishda,  y a’ni 

o‘quvchi-yoshlarga huquqiy ta ’lim  berish, ularda milliy huquq tizimi



Karimov  I.A.

  “Yuksak  huquqiy  tafakkur  -   demokratik  jamiyat  taqozosi. 

6-tom,  T.: “ 0 ‘zbekiston”,  1998,22-b.

46


to‘g‘risidagi  tasavvurlarini  uyg‘otish,  huquqiy  madaniyatni yuksalti- 

rish, qonun ustuvorligini  anglash, huquqiy davlat hamda fuqarolik ja- 

miyatini  yuzaga keltirishda ta’lim  muassasalarining hamda pedagog- 

larning o'm i  alohida mazmun kasb etadi.

Ta’lim  muassasalarida  amalga  oshirilishi  ko'zda  tutilgan  huqu­

qiy  taTimdan  bosqichli  nazorat  ishlarining  asosiy  maqsadi  aynan 

bir  vazifaga,  o ‘quvchilarning  huquqiy  ongini  oshirish  bilan  bir  qa- 

torda,  ulaming  qonun  va  qoidalarga  itoatkor  b o iish   kabi  ko'nikm a 

va  malakalarini  shakllantirish  va  ushbu  yo'nalish  bo'yicha  kompe- 

tentlilikni yuksaltirishga qaratilganligi bilan avvalgi bosqichli nazorat 

ishlaridan  farq  qiladi.

Jumladan,  savollar  mavzu  doirasidan  chiqmagan  holda  tuzilgan 

bo'lib,  o'quvchilarni  zarur  boTgan  m a’lumotlarni  izlab  topish,  ke- 

raklisini  ajratib  olish,  tahlil  qilish  va  qayta  ishlash  kabi  malakalarini 

shakllantirishga yo'naltiradi.

Bosqichli  nazorat  savollari  3  ta  savoldan  shakllantirilgan.  1-  va 

2-savollar  bevosita  nazariy  bilimlar,  3-savol  esa  huquqiy  masalalar- 

dan,  kazuslardan iborat.

O ’quvchilarning  egallagan  bilimlarining  yig'indisi  ularning 

ko‘nikma va malakalarining shakllanishiga teng. Ya’ni o'quvchi egal­

lagan  bilimi  asosida  8-sinf o'quvchisi  uchun  belgilangan  talablarni 

(Bu  talablar  Umumiy  o'rta  taTimning  davlat  ta’lim  standartlarida 

qayd  etiladi)  bajarishi  lozim.  Bundan tashqari,  o'quvchilam ing  xulq 

madaniyatida  umummilliy  qadriyatlar,  axloq,  odob  tushunchalari 

shakllanishi va m a’lum bir ko'nikmalarga ega  boTishlari  belgilanadi. 

Cfquvchilarning  ushbu  darslardan  olgan  bilimlari  maktabning  ichki 

qoidalariga, o ‘quvchi  odobiga rioya qilishda aniqlanadi.

Demctk,  Davlat va liuquq asoslari fa n i ijtimoiy fa n  ho ‘lib,  bevosita 

о ‘quvchilarning xulq-atvorlariga ta sir ко ‘rsatadi.

Shuning  uchun  ham  o'quvchining  bergan  javoblari  baholangan- 

da,  albatta  ulaming  xuql-atvori  va  amalda  maktabning  ichki  tartib- 

qoidalariga  rioya  qilishlari,  odob-axloqlari  ham  qo‘shib  baholansa, 

maqsadga muvofiq bo'ladi.

0 ‘quvchini  bilimini  baholash uchun  quyidagi jadval taklif etiladi.

1.  Nazariyaga  oid  qoida  (1-  va  2-savollar)  yuzasidan  berilgan 

savolga o ‘quvchining bergan javobi quyidagi  asosda baholanadi.

47


Nazariyaga oid qoida haqida tushunchaga ega bodsa.

1  ball


Nazariyaga oid qoidaga o ‘ qituvchi yordamida ta’rif bersa.

2 ball


Nazariyaga oid qoidani yodlab bersa.

3  ball


Nazariyaga oid qoidani  misollar bilan tushuntirsa va ta’ rif  bersa.

4 ball


Nazariyaga  oid  qoidani  to’g'ri  ta’riflasa  va  amaliyot  bilan  bogdasa, 

qonunlardan misollar keltira olsa.

5  ball

2.  Masala  ishlash  bo‘yicha  (3-savol)  o ‘quvchining  bergan javobi



quyidagi  asosda baholanadi.

Axloq-odob qoidalari va Iiuquqning buzilishini  aniqlasa.

1  ball

Berilgan masalani obyekti  va subyektini  topsa.



1  bail

Berilgan masalani huquqning qaysi sohasiga oid ekanligini aniqlasa.

1  ball

Berilgan masalani obyektiv, subyektiv tomonlarini  ajratsa.



1  ball

Berilgan masalaga huquqiy baho bersa.

1  ball

Jami:


5 ball

O'quvchining  xulq-atvori  (axloq-odobi)dan  olgan  bilimlarini 

amaliyotga tatbiq eta olishi.__________________________________

Umuminsoniy va milliy  qadriyatlarni  o'zining faoliyatida aks ettirsa.

1  ball

Ma'naviy  manbalardan  foydalana olsa.



1  ball

Sinfdoshlari bilan  ijobiy munosabatda bodsa.

1  ball

So'zlashuv  madaniyati  qoniqarli  bodsa.



I  ball

Turli  tadbirlarda faol  ishtirok  etsa.

1  ball

Jami:


5 ball

Davlat va huquq  asoslari  fani  chuqurlashtirib  o ‘qitiladigan  ta'lim  

muassasalarida  bosqichli  nazorat  ishining  4-savoli  huquq  sohalariga 

yoki huquqiy  masalalarga oid bo‘lib o‘qituvchi tomonidan tuziladi.

0 ‘quvchiga  tayyorlanish  uchun  15  daqiqa  beriladi.  Savollar 

va  baholash  tartibini  maktab  metod  birlashmasining  qaroriga  ko‘ra 

15  %  gacha o ‘zgartirish mumkin.

0 ‘quvchining  bergan  javobi  maksimal  5  ball  bilan  baholana­

di.  Bunda  har  bir  savollarning  ballari  umumlashtirilib,  o ‘rtacha  ball 

qo’yiladi.  0 ‘quvchining  bahosini  yaxlitlab  5  (1-savol)  +  5  (2-savol) 

+ 4 (3-savol) + 5 (axloq-odobi) =  19 : 4 = 4,75 (4,5 danyuqori bo‘lgani

48


uchun)  5  ball  qo'yish rnumkin.

Davlat va huquq  asoslari  fani  chuqurlashtirib  o ‘qitiladigan  tadim 

muassasalaridagi  bosqichli  nazorat  ishiga  4-savol  qo'shilsa  har  bir 

savollar uchun qo'yilgan ballarining yeg'indisi endi to'rtga bo'linadi. 

Shu yo‘l  bilan o'quvchining bahosi yaxlitlab olinadi.

1-  BILET

1.  Davlatning boshqaruv shakli.

2.  Huquqiy layoqat.

3.  M.  ismli  voyaga  yetmagan  shaxs  qo'shnisining  uyidan  chiqib 

kelgan  bitta g'ozni  tosh  otib  haydamoqchi  edi,  tosh g'ozning boshiga 

tegdi  va o ‘lib qoldi.

2-  BILET

1.  Siyosiy  tartibot (rejim).

2.  Huquqiy munosabatlarning subyektlari.

3. A.  ismli  fuqaro  ishdan  qaytib  uyiga  kelsa eshigi  ochiq,  hovlida 

turgan  velosipeti  yo'q.  Velosipedni  o'g'irlagan  shaxs  shu  ko'cha bo- 

shida  turishiga  ishonch  hosil  qilib,  uning  uyiga  boradi  va  hech  kim- 

dan  so‘ramasdan uning darvoza xonasida turgan  mapetini  olib  chiqib 

ketadi.

3-  BILET



1.  Davlatning  ichki  funksiyasi.

2. Ayb va uning belgilari.

3.  N.  ismli  fuqaro  o ‘z  uyining  derazasidan  qarab  ikki  o'spirin 

unga  tegishli  mashina  g ‘ildiraklarini  yechishyotganini  ko'rib  qolib, 

ko'chaga qarab yuguradi.  Lekin afsuski u chiqquniga qadar o ‘spirinlar 

mashinaning orqa gMldiraklarini  yechib qochib qolishgan edilar.

4-  BILET

1. Aybsizlik  prizumpsiyasi.

2.  Huquqiy davlatning belgilari.

3.  S.  ismli  8-sinf o'quvchisi  onasi uning  tilla ziraklarini taqib sin- 

fdoshlariga ko'z-ko‘z  qilish  uchun maktabda bordi  va ularni  tushirib 

qo'ydi.


5-  BILET

1.  Davlat organi.

4-118

 

49



v

2.  Muomala layoqati.

3.  К.  ismli  furaqo  ikki  chelak  iflos  suyuq  moddalarni  uyidan  olib 

chiqib  uyi  oldidan  oqib  o ‘tuvchi  kanalga  oqizib  yubordi.  Kanaldan 

kir yuvish  uchun  suv  olayotgan  qo‘shni  ayol  buni  ko ‘rib juda norozi 

bo‘ldi.

6-  BILET



1. Normativ huquqiy hujjatning belgilari.

2.  Huquqbuzarlik belgilari.

3 . 1 4   yoshli  N.  maktabga  bir  hafta  bormasdan  usta  o‘rtog‘ining 

otasi bilan qo‘shni mahalladagi bir uyni suvog‘ini qilib yurganini bil- 

gan sinfdoshlari uning ota-onasiga aytdi va sinf rahbari N. ni maktab­

ga  borishi  kerakligini  tayinlaganini  aytishdi.  Lekin  baribir N.  ertasi 

kuni  maktabga kelmadi.

7-  BILET

1.  Davlatning tashqi  funksiyasi  nimalardan iborat?

2.  Respublika boshqaruvi  shakliga ega bo‘lgan  davlatning  asosiy 

belgilari.

3.  N.  ismli  8-sinf  o ‘quvchisi  qo‘shnisinikiga  hech  kimga  bil- 

dirmasdan  kirib  nok  daraxtiga  chiqib  mevasini  olib  tushayotganda 

qo‘shnisining  iti uni oyog‘idan tishlab yaraladi.

8-  BILET

1.  Monarxiyaning asosiy belgilari.

2.  Ijtimoiy xavflilik.

3. 15  yoshli  B.  ismli  bola velosipedda K.  ning yonidan o'tib keta- 

yotib, “GALAXY-5” nomli uyali  aloqa telefonini olib qochib ketdi.

9-  BILET

1.  Siyosiy  tartibot.

2.  Jazo va uning turlari.

3.  8-sinf o‘quvchilari  Z.  va  D.  jismoniy  tarbiya  darsida janjalla- 

shib qolishdi.  Jismoniy tarbiya o ‘qituvchisi ularni ajratib qo‘ymoqchi 

bo‘ldi. Z. stulni  olib chetga otmoqchi bo‘lgandi. U borib o‘qituvchiga 

tegdi.  0 ‘qituvchi yengil  tan jarohati  oldi.

10-  BILET

1 .0 ‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining belgilari.

50


2.  Jazoga  loyiqlik.

3.  D.  ismli  fuqaro  oshqozoni  yalligdanisi oqibatida o‘n kun ishga 

boraolmadi. Ishga chiqqanida esa firma rahbari undan bcbshash uchun 

ariza yozishini  talab qildi.  D.  ismli  fuqaro bundan norozi bo‘ldi.

11-  BILET

1.  Huquqiy munosabatlarning elementi.

2.  Jinoyat subyekti.

3.  M.  ismli  maktab  o‘quvchisi  maktab  sport  zalida  koptok  tepib 

o ‘ynayotganida koptok sport zaldagi bannerga tegib bannerni joyidan 

qo'zg'atib yubordi va o‘sha bolaning boshini  g ‘urra qildi.

12-  BILET

1.  (Uzbekistan  Respublikasining  Prezidentligiga  kim  saylanishi 

mumkin?

2. Federativ davlatning belgilari.



3. 15 

yoshli  S. ismli qiz sinfdoshi N.  ning so'mkasidan hazillashib 

uyali  aloqa  telefonini  olib  K.  ismli  sinfdoshining  so'm kasiga  solib 

qo'ydi.


13-  BILET

1.  (Uzbekistan Respublikasi  Konstitutsiyasining asosiy prinsipla- 

ri.

2.  Qonun  chiqaruvchi  hokimiyat.



3.  R  ismli  fuqaro  M.  ismli  15  yoshli  jiyaniga  aroq  quyib  berib, 

o'ziga sherik  bodib  ichishini  talab  qiladi.  M.  aroq  ichib  o'zini  noqu- 

lay  seza boshladi,  qayd qilib tuni  bilan oshqozoni  og‘rib  chiqdi.

14-  BILET

1.  Davlat  mexanizmi.

2.  Ijro  etuvchi hokimiyat.

3.  8-“A”sinf o 'g d l  bolalari  o'zaro  kelishib  olishib ta’til  kunlarida 

suv havzasiga cho’milishga borishdi va S.  sinfdoshi M. ga hazillashib 

uni suv tomonga itarib yubordi. M. suzishni bilmagani uchun suv che- 

tidagi latokka  sakrayman deb oyo'gini  sindirib oldi.

15-  BILET

1.  Unitar davlat tushunchasi.

51

_


2.  Huquq  instituti.

3.  18  yoshga to‘lgan N.  ismli  bola birinchi  marta saylovda qatna- 

shishini  eshitib juda quvondi.  Lekin u o ‘zi  ckynaydigan futbol  terma 

jamoasi  bilan  boshqa shaharga ketayotganligini  eshitib  saylovga  qat- 

nasha olmasligidan kuyundi.

16-  BILET

1.  Davlat tuzilish shakli.

2.  Sud hokimiyati.

3.  15  yoshli  A.  ismli  bola  hazillashib  ko‘cha  chetida  turgan 

qo‘shnisining  qo^ylarini  xurkitib  haydab  yubordi.  Natijada  qo'ylar 

shu yugurganicha boshqa mahallaga ketib qolishdi.  Q o‘ylarning egasi 

esa kun  bo‘yi  qo ‘ylarini  qibirib topolmadi.

17-  BILET

1.  Davlatning  boshqaruv shakli.

2.  Xalqaro huquq tizimi  tarmoqlari.

3.  Voyaga  yetmagan  bir  bola  hech  kim  ko'rm ay  turganidan  foy- 

dalanib  ko'chasida  turgan  aftobusning  orqa  g'ildiraklariga  mix  tiqib 

havosini chiqarib yubordi.

18-  BILET

1.  Fuqarolik jamiyati.

2.  Mamlakatimizning  ichki huquq tizimi  tarmoqlari.

3.  K.  ismli  15  yoshli  bola  kechki  payt  uyi  oldidan  o'tayotgan 

mashinalarga tosh otib o ‘tirganida, bir mashinaga tosh tegib, haydov- 

chining jahlini  chiqardi va tushib bolani  haqoratladi.

19-  BILET

1.  Demokratik tartibot belgilari.

2.  Huquqiy munosabat.

3.  A.,  K.  va  B.  ismli  shaxslar  (barchasi  16  yosh)  o'rm onga  dam 

olishga  chiqadilar.  Ular  gulxan  yoqishadi  va  unga  ko ‘plab  yangi 

kesilgan  daraxt  shoxlarini  tashlashadi.  Tez  orada  olovni  boshqarib 

boMmay  qoladi  va  shamolning  ta’sirida u  o‘rmon  sathida  tez  tarqala 

boshlaydi. Buning natijasida davlatga ko‘p miqdorda zarar yetkazildi.

20-  BILET

1.  M onarxiyaning  asosiy  belgilari.

52


2.  Huquq normasi.

3.14 yoshli A.  bilan  I.  poyezd yo'li  relslarini  birlashtirib  turuvchi 

boltlarni burab olishdi.

21-  BILET

1.  Konstitutsiyaviy sud qanday  ishlarni ko‘radi?

2.  M a’muriy huquqbuzarlik.

3.  M.  ismli voyaga yetmagan shaxs qo'shnisining xo'rozini hovli- 

ga  kirganini  ko'rib  uni  ushlab  bekitib  qo'yadi  va  ertasi  kuni  qo‘shni 

mahalladagi  o‘rtog‘iga yarim bahosiga pullab keladi.

22-  BILET

1.  Huquq  funksiyalari.

2.  Huquq  normasining belgilari.

3.  Aftobusda  ketayotgan A.  ismli  6-sinf o'quvchisi  o'zidan yoshi 

ulug‘  bir onaxonga joy berish bahonasida uning hamyonini o'g'irladi.

23-  BILET

1 .0 ‘zbekiston  Respublikasida sud tizimi.

2.  Huquqiy odat.

3.  15  yoshli  I).  bozorda tilamchilik  qilib yurib,  maktabga kelmay 

qo'ydi.  Sinf rahbari  ertaga darsga kelmasa ota-onasiga borib aytishini 

aytganlarida u, ota-onam urushmaydilar, ulaming o'zlari bu ishimdan 

xabari  bor,  deb yugurib  ketadi.

24-  BILET

1.  Jamiyat.

2.  Oliy xo'jalik sudi.

3.  B.  va  J.  ismli  7-sinf o'quvchilari  tanaffus  vaqtida  tortishib  qo- 

lishadi.  Shunda B.  J.  ismli  bolaning  kundalik  daftarini  yirtib  tashladi 

va hatto  so'mkasini ham  derazadan  ko'chaga uloqtirdi.

25-  BILET

1.  O'zbekiston  Respublikasida  davlat boshlig'i.

2.  “Xabeas korpus” instituti nima?

3. O. ismli 8-sinf o'quvchisi sinf jumaliniolib, o‘zigahammafandan 

“5”  baho  qo'yib chiqdi.  Ertasi  kuni jurnalni ochib ko’rgan  sinf rahbari 

bu holni  O.  ning o'zi  qilganini  aytganida O.  bu holni  bo'yniga olmadi.


26-  BILET

1.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  davlat  hokimiyatining  amalga 

oshirilishi.

2.  Huquqbuzarlikning turlarini  aytib bering.

3.  Voyaga  yetmagan  S.  103  ga  telefon  qilib  ko‘chasida  bir  odam 

ag‘anab yotganini va u juda o ‘gir betobligini aytadi.  Tez yordam ma- 

shina tezda berilgan manzil bo‘yicha voqea sodir bo‘lgan joyga yetib 

kelishganida hech kim yo‘q edi.  Buni uy  derazasidan ko‘zatib turgan 

S.  ularni aldanganliklarini  ko‘rib o ‘zidan xursand bo‘ladi.

27-  BILET

1.  Obyektiv va subyektiv huquq.

2.  Huquq normasi.

3.  Voyaga  yetmagan  T.  maktab  kutubxonasiga  kirib  o ‘ziga  ke- 

rakli  kitoblarni  o ‘qish uchun  oladi  va uyiga kelib kitob  ichidan  o ‘ttiz 

varag‘ini  qirqib  oladi.  Kitobni  qaytarayotganida kutubxonachi  bu ki- 

toblar unga yangi  berilganligini,  kitoblarning  hech  bir  vaqag‘i  umu- 

man yirtilmaganini aytganida u bo‘yniga olmaydi.

28-  BILET

1.  Qonun osti hujjatlari.

2.  Huquq  tizimi.

3.  Maktab mulkiga befarq bo‘lgan M.  o 'zi shu maktabning 7-sinf- 

da  o ‘qisa-da,  tunda  maktab  futbol  maydonidagi  darvoza  ustunlarini 

qo‘parib ketayotgan  ikki  shaxsni  maza qilib kuzatadi  va “zo‘r bo‘ldi- 

da”,  deb o‘ziga-o'zi  gapirib ham  qo‘yadi.

29-  BILET

1.  0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlarini guruhlang.

2.  Qonuniylik nima?

3.  16  yoshli  M.  isrnli  bola  super  marketdan  ikki  dona  atirni  olib 

cho‘ntagiga joylashtirdi  va  1  kg.  shakarni  olib  borib kassaga topshir- 

di.  Cho‘ntagidagi  atirni  hech  kim  ko‘rmagani  uchun  chiqarib  ham 

o'tirmadi.

30-  BILET

1.  Kostitutsiyaviy qonunlar.

2.  Fuqarolik huquqbuzarligi.

54


3. 

К.  ismli  fuqaro  DVD  pleyer  va  uyining  telefon  aparatini 

o ‘girlangani  haqida  mahalla  militsiya  noziriga  arz  qildi.  QcTshnisi 

M.  16 yoshli  o'gdining  shu kun kechki  payt qimmatbaho uyali aloqa 

telefoni ko'tarib  kelganiga e ’tibor ham bermadi.

BIOLOGIYA 

SO‘Z BOSHI

“Odam  va  uning  salomatligi”  fani  umumta’lim  maktablarining 

8-sinfida  tugatiladi.  O^quvchilar  “Odam  va  uning  salomatligi”  fani- 

dan  m a’lum bilim,  ko'nikm a va malakalarga ega boMishlari  talab eti- 

ladi.

Masalan:


-  “Odam  va uning  salomatligi”  fani  mazmunida  beriladigan  aso- 

siy  biologik qonunlar va nazariyalarni  bilish;

-  odam organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;

-  O'zbekistonda tibbiyot fanining  rivojlanish tarixini  bilish;

-  odam  va uning  salomatligiga oid  bilimlardan  tibbiyotda va  tur- 

mushda foydalana olish.

“Odam  va  uning  salomatligi”  fanidan  bosqichli  nazorat  og'zaki 

so‘rov shaklida o'tkaziladi.  Har bir o'quvchiga 3  tadan savol  beriladi. 

Savollarning 2 tasi nazariy, 1 tasi amaliy mashg'ulotga oid bo'ladi. Har 

bir berilgan  savolga javob  5  ballik  tizim  asosida baholanadi.  Baholar 

umumlashtirilib  o'rtacha  baho chiqariladi.  Masalan  : 4+5+3=12:3=4

O'quvchilarni  baholashda ball  ular egallashlari  lozim  bo’lgan  bi­

lim, ko'nikm a va malakalardan  kelib chiqib  belgilanadi.

Masalan:  “Organizmning  ichki  muhiti”  mavzusida  o^quvchilar 

quyidagi  bilim,  ko'nikma va malakalarga ega bodishlari  lozim:

-  organizmning  ichki  muhitini  nima tashkil  etishini bilish;

-  gomeostaz xususiyatini mohiyatini  bilish;

-  qonning fizik xossalarani  bilish;

-  qonning  kimyoviy xossalarini bilish;

-   qonning  organizmda  bajaradigan  vazifalarini  bilish  va  tushun­

tira olish;

-  tashqi  muhit  omillarini  organizm  ichki  muhitiga  ko'rsatadigan 

tasirini  bilish.


Download 400 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling