Ona tili ta’limining maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»
Ona tili o‘qitishning asosiy vositalari
Download 19.45 Kb.
|
Ona tili ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim usuli
Ona tili o‘qitishning asosiy vositalari
Ilk bosqichda: 1. Shu dastur asosida yaratilgan darsliklar. 2. O‘zbek tili bo‘yicha lug‘atlar: «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», «O‘zbek tilining uyadosh so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining shakldosh so‘zlar lug‘ati», «O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar lug‘ati». Ikkinchi bosqichda bu vositalar sirasi «O‘zbek tilining so‘z yasash lug‘ati», o‘zbek tilidagi ensiklopediya, ona tili mashg‘ulotlarida og‘zaki va yozma tasvir uchun izohli albom, ishlatilishi lozim bo‘lgan zarur so‘zlar berilgan rasm-tasvirlar va h.k. bilan to‘ldirilishi lozim. Ta’lim usuli Ta’lim usuli, asosan, induktivdir. Shuning uchun mashg‘ulotda faol ishlovchi o‘quvchining o‘zidir. Har bir mashg‘ulot taxminan to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi: 1. Takrorlash. 2. Berilgan materiallarning o‘quvchilar tomonidan tahlili. 3. Berilgan materiallarni o‘qituvchi yordamida umumlashtirish va xulosa chiqarish. 4. Hosil qilingan umumiylikni amalda qo‘llash va sinash. Dasturda ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi bosqichlardagi mashg‘ulotlar mazmuni taxminiy ko‘rsatildi. O‘quvchilarning matn yaratish va matn ustida ishlashlari mashg‘ulotning ikkinchi, to‘rtinchi bosqichlarida va sinfdan tashqari beriladigan topshiriqlarda markaziy o‘rinni egallaydi. Matnlar xilma-xildir. Ularning aniq tur va ko‘rinishi qisman darslikda berilsa, asosan, o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Dastur o‘qituvchiga darslikdagi barcha matnlarni o‘z didi, talabi, sharoitga qulayligiga ko‘ra bemalol almashtirish, o‘qitish jarayonini tom ma’nodagi ijodiylik va izlanuvchanlik asosida qurishga to‘liq imkoniyat beradi. O‘quvchilar yaratishi lozim bo‘lgan matnlar bir necha xildir. Ulardan asosiylari: 1. Mashg‘ulotda hosil qilingan bilim va ko‘nikmani amalda qo‘llab matn yaratish. Bunday matnlar ikki va uchta gapdan iborat bo‘lishi, monolog va dialog tarzida, qisqagina tasvir yoki hikoya shaklida bo‘lishi mumkin. Ularning aniq shaklini o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘zi tanlashi kerak. 2. Berilgan mavzu asosida tasvir (kichik insho) yaratish. Bunday tasvirlar yozma va og‘zaki ko‘rinishlarda o‘quvchilarning yosh va malaka darajasiga mos mazmun hamda hajmda bajarilishi lozim. 3. Insho-matnning oliy ko‘rinishi. Dastur quyidagi insho turlaridan foydalanishni ko‘zlaydi: a) ilmiy insho (til, tarix, biologiya va boshqa fanlardan har bir fan uchun xos bo‘lgan biror mavzu yoki masalani ochish); b) ilmiy-badiiy insho (badiiy asar, yozuvchi ijodi, adabiy jarayonlar tahliliga bag‘ishlangan insholar); v) badiiy- ijodiy insholar (san’at asarini o‘rganishdan o‘quvchining hosil qilgan shaxsiy kechinmalari tasviri); g) tasviriy insho (narsa, shaxs, manzara va h.k. tasviriga bag‘ishlangan insho); d) erkin mavzudagi insho. Matn ustida ishlash ona tili mashg‘ulotlarida asosiy o‘rinni egallaganligi sababli, 8-sinfning boshida «Ijodiy matn. Insho va uning turlari» bo‘limi kiritildi. Bu bo‘lim o‘quvchilarning 1—7 sinflarda matn ustida olib borgan ishlarini umumlashtirib, ularni yuqori sinfda, litsey va kollejlarda ancha murakkab insho ustida ishlashga tayyorlaydi. Bu bo‘lim mashg‘ulotlari deduktiv-induktiv usulda tashkil etilishi mumkin. Download 19.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling