Ona tili ta’limining maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»


Ona tilidan dastur va darsliklarning nazariy-amaliy asoslari


Download 19.45 Kb.
bet3/5
Sana01.04.2023
Hajmi19.45 Kb.
#1316484
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ona tili ta

Ona tilidan dastur va darsliklarning nazariy-amaliy asoslari
Maktabda ona tili o‘qitishning asosiy mazmun-mohiyati hozirgi kun ta’limi maqsadlariga monand tuzilgan Davlat ta’lim standarti, dastur va darsliklarning quyidagi nazariy-amaliy asoslari bilan belgilab berildi:
I. Ona tili — milliy ma’naviyat va mafkura, milliy ruh, madaniyat va qadriyatlarning ulkan xazinasi.
II. Ona tili — millat tafakkurini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va ifodalovchi eng asosiy vosita.
III. Ona tilini o‘qitishdan maqsad, ta’lim oluvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ijodiy fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda to‘g‘ri va ravon bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
IV. Mashg‘ulotlarda ona tili imkoniyatlaridan unumli foydalanish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan ustuvorligi ta’minlanadi.
V. Darsliklarda o‘quv materiallari o‘quvchilarning har bir sinfda o‘rganadigan boshqa o‘quv fanlari va ulardan o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar bilan uzviy bog‘liqlikda beriladi.
VI. Ona tili darsligidagi har bir topshiriq o‘quvchi tomonidan mustaqil bajarilishiga moslab tuziladi
VII. Darslik materiallari o‘quvchilarda tafakkurni va nutqni rivojlantirishning asosiy omillariga: 1) lug‘at boyligini oshirishga; 2) so‘z boyligidan ijodiy matn yaratish jarayonida foydalanishga; 3) mustaqil fikr ifodasining maqsad va nutq vaziyatiga muvofiqligini tanlashga; 4) aniq, ilmiy va obrazli (ramziy) nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga moslab tuziladi va beriladi. Ona tilidan har bir mashg‘ulot yuqorida ko‘rsatilgan tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.
VIII. Ona tiliga oid bilimlarni berishda tilning ko‘p sathli, cheksiz imkoniyatli, murakkab tizim sifatidagi talqiniga tayaniladi. Shuning uchun ona tili kursi ona tili qurilishining eng asosiy birliklari va hodisalari bilan tanishtiruvchi «Muqaddima» va «Izchil kurs» kabi ikki qismdan iboratdir. «Izchil kurs»da tilning turli grammatik hodisalarini, turli sath birliklarini o‘zaro aloqadorlikda berish tilimizda aynan bir fikrni turli usullar bilan ifodalash imkoniyatlari borligini, har bir imkoniyatning o‘ziga xosligini o‘quvchilarga singdirishda «Muqaddima» ning ahamiyati katta.
IX. Dastur va darsliklarning didaktik asosi: o‘quvchiga ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi; o‘qituvchiga o‘quvchining o‘rganish faoliyatining boshqaruvchisi; darslikka (o‘quv topshiriqlariga) o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatlarini o‘zaro bog‘lovchi vosita sifatida yondashishdan iboratdir.
X. O‘quvchining ta’lim jarayonida faol ishtirokchi ekanligi uning darslik topshiriqlari asosida o‘qituvchi rahbarligida quyidagi turdagi mustaqil ishlarni bajarishida o‘z aksini topadi: 1) kuzatish-darslik (o‘qituvchi) topshirig‘i asosida ona tili hodisalaridan berilgan namunalarni kuzatadi; 2) izlanish-o‘ylash, xotirada tiklash, so‘rash, lug‘at, qomus, ma’lumot manbalaridan foydalanish asosida hodisalar sirasini boyitadi; 3) alohidaliklarni sharhlash - berilgan va o‘zi davom ettirgan til sirasidagi har bir hodisani alohida-alohida sharhlaydi; 4) qiyoslash — til sirasidagi hodisalarni o‘zaro qiyoslaydi; 5) umumiylikni aniqlash — siradagi hodisalarning o‘xshash, umumiy tomonlarini aniqlaydi;


Download 19.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling