Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta`lim vazirligi


Download 217 Kb.
bet1/9
Sana11.09.2023
Hajmi217 Kb.
#1675688
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
metodichka (4) WORD

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI




BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI


OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
TALABA-AMALIYOTCHILAR UCHUN METODIK QOʻLLANM

Nukus-2021
Mazkur metodik qoʻllanma talabalar uchun pedagogik amaliyot jarayonida foydalanishga moʻljallangan.
Talaba amaliyotchilar uchun metodik q oʻllanma Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ilmiy Kengashi
-Sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.


TUZUVCHI:


Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti G.I.Doshanova TAQRIZCHILAR:
Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti I.Qurbanbayev
Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti Z.Baltayeva
  1. PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL QILISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Ta’lim toʻg‘risidagi qonunda butun dunyo ta’lim me’yori asosida tuzilgan davlat ta’lim talablari darajasida, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida chet el ta’limi bilan raqobat qila oladigan, raqobat muhitida Vatan sha’ni, manfaati va obroʻsini munosib himoya qila oladigan milliy kadrlarni yetishtirish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Bu muhim vazifani amalga oshirish yalpi ta’lim va tarbiya tizimini, uning murakkab qismlaridan biri pedagogik amaliyotni tashkillashtirishni tubdan isloh qilishni talab etmoqda. Chunki, yangi zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash milliy modeliga mos Yangi pedagogik xodimlarni avvalgi pedagogik texnologiya asosida tayyorlash aslo mumkin emas. Shu bois, kadrlar tayyorlash milliy dasturida Yangi pedagogik texnologiyani ishlab chiqish, rivojlantirish va uni hayotga tadbiq etishga talaba-amaliyotchilarni oʻrgatish alohida ta’kidlangan.


Kadrlar tayyorlashning milliy modeliga muvofiq pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Har bir talabaning pedagogik faoliyatga ongli, qiziquvchanlik bilan qatnashishini shakllantirish, pedagogik kasbga muhabbat hissi bilan qarash, hurmatini rivojlantirish va mustahkamlash ijtimoiy, maxsus, pedagogik va psixologik fanlarni chuqur oʻrganishga yordam berish.

  2. Boʻlajak oʻqituvchining Yangi jamiyat talablariga, shuningdek, mutaxassisning shaxsiy xususiyatlariga javob beradigan kasbiy mahoratlarini egallashiga yordam berish.

  3. Talaba tomonidan institut auditoriyasida egallangan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, ularni oʻquvchilar bilan olib boriladigan oʻquv-tarbiya ishlar jarayonida mohirona foydalanishga oʻrgatish.

  4. Talabalarni oʻquvchilar bilan olib boriladigan oʻquv-tarbiya ishlarini nazorat qilish va tanlash uquvi bilan qurollantirish.

  5. Talabalarni oʻquv-tarbiya korxonalaridagi ta’lim-tarbiya ishlarining hozirgi davrdagi holatlari, yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishtirish va oʻrgatish.

  6. Talabalarni psixologiya, pedagogika, bolalar va yosh oʻsmirlar fiziologiyasi fanlaridan egallagan bilimlari asosida, mustaqil oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining milliy-madaniy dasturlaridan foydalanib mashg‘ulotlar tashkil qilishga oʻrgatish.

  7. Talabalarni oʻquvchilarning bilim faoliyatini jadallashtiruvchi har xil usul va metodlarni koʻrgazmali texnik vositalarni, an’anaviy va noan’anaviy dars va tarbiya turlarini foydalanishga jalb qilish.

  8. Boʻlajak oʻqituvchilarni sinf rahbari faoliyatini bajarishga har tomonlama tayyorlash.

  9. Oʻquvchilarning shaxsiy va yosh xususiyatlarini, shakllanish va bilim darajasini oʻrganish maqsadida talabalarning ular bilan oʻzaro munosabatini tashkil qilish.

  10. Talabalarni ilg‘or zamonaviy pedagogik texnologiyalarni oʻrganishga jalb qilish, ularda pedagogik izlanuvchanlikka boʻlgan qiziqishni rivojlantirish, kurs va diplom ishlarini bajarishga yordam berish.

  11. Talabalarni pedagogik faoliyatga ijodiy va izlanuvchanlik bilan yondashishga, oʻz faoliyatini tanqidiy baholashga, mustaqil bilim olishga boʻlgan talabchanlikni shakllantirish.

  12. Talaba-amaliyotchilarni xalq pedagogikasining bebaho durdonalaridan mohirona foydalanishga oʻrgatish. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida, milliy maktabda milliy tarbiyani muvaffaqiyotli olib borishga oʻrgatish.

  13. Boʻlajak oʻqituvchilarni oʻqitish ishlarini uyushtirishda oʻquvchilarga dunyo va davlat ta’limi me’yorlari talablari darajasida bilim berishga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash.




Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling