Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta`lim vazirligi
Darslarni kuzatish va tahlil qilish malakalari
Download 217 Kb.
|
metodichka (4) WORD
Darslarni kuzatish va tahlil qilish malakalariAralash darsni kuzatish va tahlil qilishning pedagogik malakalari 1. Darsning mavzusi; 2. Darsning maqsadi (ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi) uning umumiy dars tizimida tutgan oʻrni; 3. Dars tuzilishi; 4. Darsning didaktik xususiyatlari; 5. Dars bosqichlari; 6. Darsni tashkil qilish: - amaliyotchining (oʻqituvchining) va oʻquvchilarning darsga tayyorgarligi; ish rejasi, dars jihozlarining mavjudligi yoki yoʻqligi; dars xonasining holati; oʻquvchilarning darsga psixologik jihatdan moslashishi; sinfdagilarning tartibi; oʻquvchilar diqqati; oʻquvchilarning ishlashga tayyorligi; dars maqsad va vazifalarining aytilishi; oʻquvchilarni darsga qiziqtirish uchun foydalaniladigan usullar; 7. Oʻtilganlarni takrorlash va oʻquvchilarning malakaviy koʻnikmalarini tekshirish: takrorlash maqsadi, oʻrni, hajmi, metodi va turlari; oʻquvchilarning bilish darajasini rivojlantirish usullari; savollarning berilishi; javoblarni toʻliqtirish va xulosalash; oʻyin shaklida beriladigan misollarni qoʻllash va h; 8. Yangi mavzu bayoni: yangi mavzuni oʻrganishning maqsad va vazifalarini oʻquvchilarga yetkazish; yangi mavzu mazmunining davlat ta’limi me’yorlari, oʻquv dasturiga mos kelishi; foydalanilgan oʻqitish metodlari va didaktik asoslari, oʻquvchilarda mavjud bilimlarga tayanish, muammoli, asoslangan savollarning oʻrtaga tashlanishi, koʻrgazmali va texnik vositalardan foydalanish, yangi mavzuni tushuntirish paytida oʻqitish tamoyillarining hisobga olinishi, darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishi; oʻquvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etishi, darslik, qoʻllanmalardan, gazeta va jurnallardan va hokazolardan foydalanish, jadval, sxema va diogrammalar tuzish; 9. Uy vazifasining bajarilishini nazorat qilish shakllari: uy vazifasi qay vaqtda tekshirildi, tekshirishning maqsadga muvofiqligi, oʻquvchilar javobining toʻliqliqi, aniq chuqur va mushohadali javob berishi; eng asosiysi, ajratib olish va yechimini topish malakasi, nutq madaniyati va hokazolar; bilimni baholashning odilona boʻlishi; oʻtilganlarni takrorlash shakllari; Yangi mavzuni oʻtilganlar, oʻquvchilarning hayotiy tajribasi bilan bogʻliq ravishda, mahalliy manba va misollardan foydalanishi, mohirligi, material hajmi, uning dasturi va darsliklarga muvofiqligi, materialning ilmiyligi, uning gʻoyaviy yoʻnalishi, loyiq ragʻbatni amalga oshirishi, dasturiy oʻqitish elementlari, muammoli vaziyatlar yaratishi, bilimning mustahkamligi, bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, amaliy malakalar va koʻnikmalar bilan jihozlanishi; oʻquvchilarning dunyoga ilmiy dunyoqarashini, umuminsoniy va milliy fazilatlarni rivojlantirish; 10. Yangi bilimni mustahkamlash shakllari: uy vazifasi qachon berildi, uning hajmi, yangi berilgan topshiriqlar; 11. Oʻquvchilarning darsga qatnashishi (faolligi, ijodiy yondashuvi va h.); 12. Amaliyotchining darsdagi axloqiy madaniyati; sinf jamoasi bilan ishlashish mohirligi; hamkorlik pedagogikasini qoʻllashi; nutq madaniyati, yuz ifodasi, oʻzini erkin his qilish va h.; 13. Amaliyotchining (oʻqituvchining) darsdagi yutuqlari, oʻquvchilar tomonidan olingan yangi bilim, malaka va koʻnikmalar sifatida: dars turini, tuzilishini, metodlarini tanlashning maqsadga muvofiqligi; 14. Darsning qiziqarli oʻtishi, oʻziga xos xususiyatlari; dars jarayonini demokratiyalashtirish; darsni baholash, asosiy yutuq va kamchiliklar. Download 217 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling