Ona tili ta’limining maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»
Adabiyot fanidan Davlat ta’lim standarti
Download 19.45 Kb.
|
Ona tili ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchilar adabiyot ta’limiga oid quyidagilarni bilishlari kerak
Adabiyot fanidan Davlat ta’lim standarti
Umumiy o‘rta ta’limning 5-9-sinflarida o‘quvchilar milliy adabiyotning, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘qish va tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi, ularga ongli va jonli munosabat bildirishadi, shular asosida o‘zlaridagi axloqiy-ma’naviy fazilatlar majmuining shakllanishi va rivojiga imkon topishadi. Ularga nisbatan ochiq hayotiy munosabatlarning aks ettirish zaruriyati esa o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlarining rivojidagi muhim omil vazifasini ado etadi. O‘quvchilar turli davr va mamlakatlarda, turlicha dunyoqarash va e’tiqodlarni aks ettirgan badiiy asarlarning eng yuksak namunalari bilan tanishib boradilar. Shular asosida ularda olam va odamlarning rangbarangligi, ularning takrorlanmasligi, ayni paytda olamning, butun bashariyatning bir butunligi haqidagi tasavvur va qarashlar shakllanib, kengayib, mustahkamlanib boradi. Eng muhimi, u olam va odamga tegishli bo‘lgan barcha hodisalarga emotsional (hissiy) munosabat bildira oladigan darajaga ko‘tariladi, qarashlar, dunyoqarashlar, nuqtai nazarlar xilma-xilligini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Ta’limning turli bosqichlarida o‘rganish uchun saralab olingan asarlarga qo‘yiladigan asosiy mezonlar sifatida ularning yuksak badiiyati, insonparvarlik yo‘nalishi, o‘quvchi shaxsining yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, uning kamoloti uchun ko‘rsata oladigan ijobiy ta’siri, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga uyg‘unligi, milliy va jahon adabiyoti tarixida tutgan o‘rni singari belgilar olinishi mumkin. O‘quvchilar adabiyot ta’limiga oid quyidagilarni bilishlari kerak: · matnni to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish qoidalarini; · Prezident asarlaridagi madaniy merosga, adabiyotga, san’atga oid asosiy g‘oyalar mazmunini; · mamlakatimiz mustaqilligi va bayramlari haqidagi, ona-Vatanga muhabbat uyg‘otuvchi adabiy asarlar mazmunini anglagan holda so‘zlab berishni; · mumtoz adabiyot janrlari bilan zamonaviy adabiyot janrlarini farqlay olishni; · badiiy adabiyotning asosiy janrlarini; · badiiy asarning asosiy tasvir vositalarini; ularning ifoda imkoniyatlarini; o‘rganilayotgan asar mavzusi, asosiy g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini; · berilgan har qanday mavzuda og‘zaki va yozma ravishda mustaqil fikr yurita olishni; · o‘qilgan asardan olgan taassurotlarini yorqin ifodalab bera olishni; · o‘zga insonning tuyg‘ulari va hissiy kechinmalari xususida fikr yurita olishni; · turli mavzularda insho yoza olishni; · o‘rganilgan adiblar tabiatiga xos bo‘lgan xislatlarni baholay olishni; · adabiy qahramonlarning xatti-harakatlariga munosabat bildira olishni va uni asoslay bilishni; · yuksak didli va aqlan barkamol adabiy qahramonlarning xislatlarini ochib bera olishni; · musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qilish va uni so‘z bilan ifodalab berishni; · o‘rganilgan asarlarda tasvirlangan badiiy timsollar xususiyatiga xos bo‘lgan xislatlarni anglab, ularga munosabat bildira olishni; · o‘rganilgan asarlardagi adabiy qahramonlar xususiyatiga xos bo‘lgan fazilatlarga mustaqil fikr bildira olishni; · o‘rganilgan badiiy asarlar timsollarining tabiatidagi milliy xususiyatlarni anglay bilishni; · adabiyot nazariyasiga doir bilimlarni kitobxonlik amaliyotida mustaqil qo‘llay olishni; · adabiy-tarixiy davrlarga va adiblar ijodiga to‘g‘ri baho bera olishni Download 19.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling