Muallif:
-Ot sekin chetga chiqdi
Uning o’rnin Fe’l oldi.
Fe’l:
-Men “Fe’l”man, otaga elman
Chopaman ham yuraman,
O’tiraman, turaman,
Yozamanu, chizman.
Quraman, yo buzaman
O’qiymanu to’qiyman,
Hammasini bir pasda eplayman, ulguraman.
Kesim yaqin o’rtog’im
Tuslanaman shxs – sonda,
O’zgaraman har onda
Hozirman uch zamonda.
Sifat:
-Go’zalman, chiroyliman,
Ba’zan issiq – sovuqman,
Shirin yoki chuchukman,
Qora, qizil, sariqman.
Aniqlayman, topaman,
Qanday deb so’roqlayman.
Darajam bor uch turlik,
Vazirlikka men loyiq.
Son:
-“Son” bo’laman hukmdor,
Hazinangd aming – mimg bor,
Qirq eshikda posboning,
Vazirlikka men tengman.
Miqdorim ko’p o’ylab ko’r,
Chamalab ham jamlab ko’r.
Olmosh.
-Tana qilishar menga,
Lug’aviy ma’nosiz deb,
“Ot”man, “Sifat”, ham “Son”man,
Qaqshatmang ma’nong yo’q deb.
Ko’rsataman “U”, “Bu”ni,
So’rayman, belgilayman,
Seni, uni deb qani
Ba’zan gumonsirayman,
Qiynab o’zni, boshqani
Bo’lsamda faqir, ojiz
Qulingizman podshohim,
O’ylab ko’ring aslida
Vazirlikka men loyiq.
Ravish:
-Uzoqlardan kelaman
Paytni ham bildiraman.
Holat, daraja, miqor
Ma’nosida kelaman.
Tub, yasama bo’laman,
Shohga ta’zim qilaman.
Hukmdor:
-Balli yurtning o’g’lonlari,
Buyuk til posbonlari.
So’zlaringiz eshitdim
Tilimiz sarbonlari.
Eshiting endi hukmim,
Sizlar uchun bu qonun,
Jarchilar elga yoysin:
Olti o’g’lon bo’lib jam
Bo’lmayi bir – biridan kam,
Ellarga dovrug’ solsin
O’zbekning nomin yoysin.
Endi “mustaqil” bo’lsin
Buni barcha tan olsin.
Mustaqil so’zlar birga:
-Amringiz bizga vojib
Rahmat sizga podshohim.
Muallif:
-Olti so’z turkumlari
Bir tanu jondek bari,
Ta’zim qilib podshohga
Kirishdilar mehnatga.
Olimlar, ulamolar
Ulardan minnatdorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |