Ona tili ta’limining yangi tehnologiyasida ta’lim maqsadi
«O’simlik otlari» mavzusi bo’yicha darsda interfaol usullarni qo’llash
Download 165.5 Kb.
|
интерфаол
«O’simlik otlari» mavzusi bo’yicha darsda interfaol usullarni qo’llash.
Insrt usulidagi topshiriq O’qituvchi quyidagi matnni guruhlarga tarqatdi: O’simliklar O’simliklar – bu hayot manbai. Tirik mavjudot hayotini osimliklar olamisiz tasavvur etb bo’lmaydi. Yashil o’simliklar bargi bilan turli changlarni tutib qoladi. 100 tup yosh terak bir yil davomida 75 kg changni ushlab qoladi. Chinor, zarang, lola va olma barglari eng sifatli “changyutkich”dir. Shuning uchun o’simliklarni “salomatlik posbonlari” deyishadi. O’simlik odam uchun havo, oziq – ovqat, kiyim – kechak, dori – darmon, qurilish materiali, uy – ro’zg’or buyumlari, matolarga rang beruvchi bo’yoqlar, efir moylari, spirt shuningdek, xalq xo’jaligining turli sohalari uchun xom ashyo manbai hisoblanadi. O’zbekistonning “Qizil kitobi” 1984 yilda chop etilgan. Unga respublikamizdagi kamyob va yo’qolib ketishi xavfi bor 163 turdagi o’simliklar nomi kiritilgan. Kitobning qayta nashri 301 tur o’simlikni o’z ichiga olgan. 1983 yilda Respublikamizda “Tabiatni muhofaza qilish” qo’mitasi tashkil etildi. O’quvchilar matnni o’qib chiqdilar va har bir gap yoniga quyidagicha belgilar qo’ydilar. Bilardim + Bildim V Tushunmadim ? O’qituvchi matnni yig’ib olib ko’rib chiqqach, xulosa chiqardi va “tushunmadim” belgisi qo’yilgan satrlarni izohlab berdi. «Sinkveyn» usulidagi topshiriq. O’quvchilar uch guruhga ajratilib, har bir guruhga bittadan so’z berildi. O’quvchilar bu so’zni mavzu sifatida olib, unga sifat va fe’llar qo’shib, so’z birikmalari hamda gap tuzdilar, masalan : 1 – guruh Daraxt: o’rik Mavzu: O’rik Sifat : sershox, katta Fe’l: gullaydi, meva beradi Gap: O’rik daraxti chiroyli gullaydi. 2 – guruh Gul : atirgul Mavzu: Atirgul Sifat : qizil, xushbo’y Fe’l: ochiladi, zavq bag’ishlaydi Gap: Atirguldan xushbo’y ichimlik tayyorlanadi 3 – guruh Giyoh : isiriq Mavzu: isiriq Sifat : foydali, shifobaxsh Fe’l: davolaydi, urug’laydi Gap: Isiriq ko’pgina kasalliklarga davodir. Topshiriqlarni tez va bexato bajargan guruh rag’batlantiriladi. «Uchburchak» o’yini Har bir guruh sardori o’qituvchi tomonidan tayyorlangan uchburchaklardan bittasini tanladi. Shaklning 3 tomoniga topshiriqlar yozilgan va birorta o’simlik rasmi yopishtirilgan edi. Masalan: 1 – tomon. U haqda she’r yoki qo’shiq aytib bering. 2 – tomon. Uni ta’riflang, matn tuzing. 3 – tomon. Uyadosh so’zlar toping. She’r va matnlar markerlar yordamida qog’ozga yozilib, taqdimoti o’tkazildi, ya’ni himoya qilindi. Masalan: 1 – guruh a’zolari quyidagicha she’r yozib, matn tuzdilar: Atirgul. 1.Gul jannatdan hadya bir ne’mat erur. Guldan kishilar yuziga yog’ilur nur. Bardoshsizlar qo’rqadilar xoridan, O’rgilayin shunday gulning boridan. Etaklari nurga to’lgan atirgul, Yaproqlari durga to’lgan atirgul. 2.Gullar inson hayotida alohida o’rin tutadi. Dunyoni go’zal qilib, qalblarga zavq bag’ishlaydi. Xushbo’y, chiroyli va rang – barang gullarni kim sevmaydi, deysiz. Atirgul – gullar malikasi. Uning husni, xushbo’y hidi hammaga yoqadi. Bu gulning oq, qizil, pushti ranglilari bo’ladi. Odamlar yaxshi kunlarda: to’y – tantanalarda, tug’ilgan kun va bayramlarda bir – biriga atirgul dastalarini sovg’a qiladilar. Uyadosh so’zlar: atirgul, chinnigul, nastarin, gultojixo’roz….. Topshiriqlarni tez va soz bajargan guruh a’zolari rag’abatlantirildi. Download 165.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling