Ona tili ta’limining yangi tehnologiyasida ta’lim maqsadi


O’quvchilarga o’zbek tili leksikasining boyish manbalarini o’rgatish tajribasidan


Download 165.5 Kb.
bet8/17
Sana05.04.2023
Hajmi165.5 Kb.
#1274449
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
интерфаол

O’quvchilarga o’zbek tili leksikasining boyish manbalarini o’rgatish tajribasidan.
5 – sinf ona tili darsligida leksikologiya (so’zshunoslik) bo’yicha material mavjud. Men o’quvchilarni ushbu bo’lim bilan tanishtirib bo’lgach, mustahkamlsh darsini quyidagicha o’tkazdim.
Dars tarqatma materiallar, videotasmadagi tasvirlar, boshqotirma, test savollari, markerlar, plakatlar bilan jihozlandi.
Dars interfaol usulda o’tkazildi. O’quvchilar stol ustiga qo’yilgan sport anjomlaridan birini tanlab «Yosh futbolchilar», «Yosh bokschilar», «Yosh tennischilar» guruhlariga bo’linadilar va o’zlariga guruh sardorini tayinlaydilar. Dars quyidagi bosqichlarda o’tkazildi:
I.«Kim ko’p va xo’p biladi ?» bosqichi. Unda guruhlar o’rtasida o’rganilgan mavzu asosidagi bilim, malaka va ko’nikmalar bo’yicha bellashuv o’tkazdim va o’quvchilarga quyidagi topshiriqlarni berdim:
1.Chiroyli so’zining o’rniga qo’llaniladigan so’zlarni toping (ko’rkam, go’zal, suluv, lobar, dilbar, zebo, barno kabi so’zlar).
2.Faqat bir ma’noli so’zlarga misol keltiring (o’n, Namangan, geografiya kabilar).
3.Ko’p ma’noli so’zlarga misol keltiring (til, bosh, issiq, qalb kabi so’zlar).
4.So’ning o’z va ko’chma ma’nosi bo’yicha misollar keltiring (Ko’z - tana a’zosi. Derazaning ko’zi, uzukning ko’zi, deganda bu ko’chma ma’noda qo’llangan)
5.Shakldosh so’zlarga misol keltiring (tut, yot, olma va hokazo).
6.Uy – ro’zg’or buyumlarini uyasiga oid so’zlarga misol keltiring (kosa, tovoq, lagan, kapgir, qoshiq, cho’mich, choynak – piyola va hokazo).
7.Paronimlarga misol keltiring (otalik – otaliq, abzal - afzal).
8.Ma’nodosh so’zlarga misol keltiring (yuz, bet, aft, bashara, oraz, chehra, turq va hokazo).
9.Zid ma’noli so’zlar ishtirok etgan maqollardan misol keltiring.
(Kattaga hurmat, kichikka izzatda bo’l.
Yaxshi yeydi oshini, yomon yeydi boshini.
Avval o’yla, keyin so’zla.
Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib.
Eskisiz yangi bo’lmas, yomonsiz yaxshi.)
II.«Menga so’z bering» bosqichi. Bu bosqichda guruhlar tilimiz leksikasining boyish yo’llarini aytib, misollar keltiradilar.
«Yosh tennischilar» guruhi: Tilimiz shevaga xos bo’lgan so’zlar bilan boyiydi. Masalan, do’ppi, qalpoq, kallapo’sj so’zlari shevalarda kirgan.
«Yosh futbolchilar» guruhi: So’z yasash usuli bilan ham yangi tushunchalarni hosil qilish mumkin. Masalan:
Sinf + dosh = sinfdosh
Tosh + loq = toshloq
Sport + chi = sportchi
«Yosh bokschilar» guruhi: Bundan tashqari, tilimiz boshqa tillardan so’z olish yo’li bilan boyiydi. Masalan, ingliz tilidan biznes, menejment, fayl so’zlari; arab tilidan ma’rifat, qalam, maktab so’zlari; rus tilidan esa samolyot, stol, stul, televizor so’zlari kirib kelgan.
Darsning uchinchi bosqichida guruhlar videotasmadagi lavhalarda aks ettirilgan tasvirlarni diqqat bilan kuzatib, tavirdagi narsalarni ifodalovchi so’zlarni daftarlariga yozadilar. Daftarlar tekshirilib, topshiriqni eng yaxshi bajargan guruhga rag’bat kartochkasi berildi.
To’rtinchi bosich «Sardorlar bellashuvi» deb nomlanadi. Sardorlar yangi mavzu asosida lug’at diktant yozib, undagi sportga oid so’zlarning tagiga chizishlari lozim edi. Bu so’zlarni boshqa o’quvchilar ham yozib bordilar.
So’zlar: televizor, atletika, radio, kompas, boks, tennis, akrobatika, respublika, stadion, futbol, shaxmat, choy, elektr.
Topshiriqlar tekshirildi, xato qilmay yozgan sardorga rag’bat kartochkasi berildi.
Beshinchi bosqich «Dam olish daqiqasi» deb atalib, unda guruhlar yangi mavzuga oid boshqotirmani yechdilar. Eng birinchi bo’lib bajargan guruhga rag’bat kartochkasi beriladi.
Boshqotirma:
1.Kortda o’ynaladigan sport turi.
2.Futboldagi jarima to’pi.
3.Qo’lqop kiyiladigan sport turi.
5.Aql gimnastikasi bu - ……

Darsning oltinchi bosqichida guruhlar quyidagi tarqatma testlarga to’g’ri javob topishda bellashdilar:






Download 165.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling