Ona tili ta’limining yangi tehnologiyasida ta’lim maqsadi


Interfaol usullarni qo’llashda foydalanadigan vositalar


Download 165.5 Kb.
bet4/17
Sana05.04.2023
Hajmi165.5 Kb.
#1274449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
интерфаол

Interfaol usullarni qo’llashda foydalanadigan vositalar.

  1. Darsliklar qo’shimcha o’quv adabiyoti.

  2. Tehnika vositalari.

  3. Tarqatma materiallar.

  4. Multimedialar.

Metodik tavsiyalar.
Hozirgi kun ta’limining asosiy maqsadlaridan biri dars jarayonida o’quvchilarni faollashtirish orqali ularga bilim olish yo’llarini o’rgatish va o’qitishdan iboratdir. Ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik tehnologiya elementlari singib bormoqda. O’qitishning interfaol usullaridan foydalanish bo’yicha ma’lum tajribaga ega bo’lindi.
Ona tili darslarida ta’limning interfaol usullaridan foydalanish o’quvchilarda mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini tarkib toptiradi, yakka tartibda, juftlikda va guruhlarda ishlashga o’rgatadi, ko’pchilik oldida o’z fikrini bayon etish, o’z nuqtayi nazarini asoslash malakalarini hosil qiladi. Quyida ona tili darslarida foydalanish mumkin bo’lgan ayrim interfaol usullarni tavsiya qilamiz.
«Aqliy hujum»
«Aqliy hujum» o’quvchilarga mustaqil fikrlash imkonini beruvchi ta’lim usulidir. Mazkur usul yordamida muammoli savol yoki topshiriq vositasida barcha o’quvchilar fikrlari jamlanib, yakuniy xulosaga kelinadi. Bunda aytarli to’g’ri bo’lmagan fikrlar ham inobatga olinadi.
O’rtaga tashlangan muammoli savol yuzasidan bildirilgan fikrlar doskaga yoki maxsus qog’oz (flipchart)ga yozib boriladi. Bunday yondashish fikrlarni jamlash, tahlil qilish va umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi.


«Aqliy hujum»ni o’tkazish yo’llari.

  1. O’qituvchi sinfga savol, topshiriq yoki muammoni qo’yadi (savol topshiriqlar o’tilgan yoki yangi o’zlashtirilayotgan mavzu bo’yicha, shuningdek, hayotiy voqea – hodisalar yuzasidan bo’lishi mumkin) va o’quvchilardan o’z fikr – mulohazalarini bildirishlari so’raladi.

  2. Barcha fikrlar doska yoki flipchartga yozib boriladi.

  3. Barcha fikrlasr yozib olinganidan keyin o’qituvchi o’quvchilar bilan birga asosiy tushunchalarni uyg’unlashtiriladi, ayrim o’rinlariga tuzatishlar kiritadi, keyingi jarayonlarda foydalanish uchun eng muhimlari ajratib olinadi.



Download 165.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling