Ona tili ta’limining yangi tehnologiyasida ta’lim maqsadi


Kichik guruhlarda ishlashni o’tkazish qoidalari


Download 165.5 Kb.
bet7/17
Sana05.04.2023
Hajmi165.5 Kb.
#1274449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
интерфаол

Kichik guruhlarda ishlashni o’tkazish qoidalari.
1.Guruhlarda ishlash uchun belgilangan vaqtda qat’iy rioya qilish kerak.
2. Guruhlarga yordam berayotganda o’qituvchi o’z nuqtayi nazarini o’tkazishga urinmasligi lozim.
3. Guruhlar tomonidan bildirilgan fikr va xulosalar muhokama qilinishi, tanqidiy mulohazalar bildirilishi mumkin.
4.O’rni kelganda bayon etilgan fikr va xulosalar muhokama qilinishi, bu narsa umumiy xulosa mazmunini boyitishga, izchillashtirishga xizmat qilishi zarur.
«Sinkveyn». Sinkveyn – qisqa jumlada katta axborot singdirilgan matn. Sinkveyn fransuzcha so’z bo’lib, «besh» ma’nosini anglatadi.
Sinkveyn quyidagi qoida asosida yoziladi:
1 – qator. Mavzu bir so’z bilan ifodalanadi.
2 – qator. Mavzu ikki so’z bilan yoritiladi.
3 – qator. Mavzudagi voqelik ikki yoki uch so’z bilan ochiladi.
4 – qator. Mavzuga munosabat, his – tuyg’u to’rtta so’z bilan beriladi.
5 – qator. Mavzu mazmuni bitta so’z bilan ochiladi.

Masalan: Til va so’zlsh madaniyatiga oid xalq maqollari ustida ishlash mavzusida



  1. Maqollar

  2. Og’zaki ijod

  3. Xalq og’zaki ijodi

  4. Tafakkur mahsuloti, ta’limiy, tarbiyaviy

  5. Ma’rifat

Kichik guruhlarda yoxud yakka holda ishlash jarayonida mazkur usuldan foydalaniladi. Mavzu maqsadidan kelib chiqib, uy vazifasini shu tartibda bajarish topshirig’ini ham beish mumkin.


Yuqorida interfaol usullarning ayrimlari xususida to’xtaldik. Bu usullar haqida ba’zi metodik qo’llanmalarda ham fikr yuritilgan. O’quvchining yoshi, bilim darajasi, fan va o’tilayotgan mavzuning xususiyati, shuningdek, mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda o’qituvchi ijodiy yondashib, mazkur usullardan dars jarayonida foydalanishi mumkin. Dars mashg’ulotlarini ushbu ta’lim usullari asosida tashkil etish, yana bir bor ta’kidlash joizki, o’quvchilarni faollashtiradi, nutqini rivojlantiradi, fikrini aniq, izchil bayon etishga, o’zgalar oldida o’z nuqtayi nazarini homoya qilishga o’rgatadi.



Download 165.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling