Ona tili ta’limining yangi tehnologiyasida ta’lim maqsadi


«Tanqidiy fikrlash» usulini o’tkazish qoidalari


Download 165.5 Kb.
bet6/17
Sana05.04.2023
Hajmi165.5 Kb.
#1274449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
интерфаол

«Tanqidiy fikrlash» usulini o’tkazish qoidalari.
1.Aniq belgilangan vaqtda o’quvchilar berilgan topshiriq yoki muammo bo’yicha o’z vazifalarini ado etishlari lozim.
2.Har bir bajarilgan ish natijasiga ko’ra topshiriqni muhokama etish imkoniyatiga ega bo’lishlari lozim.
Bunda quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi:

  • Muhokama jarayonida qanday natijalarga erishildi ?

  • Qanday muammolar tilga olindi, ular o’z yechimini topadimi ?

  • Jarayon shartlari o’zgartirilsa, natijalar qanday bo’ladi ? va h.



Kichik guruhlarda ishlash.
Kichik guruhlarda ishlash dars jarayonida ta’lim oluvchilarning barchasini faollashtirish imkoniyatiga ega bo’lgan usuldir. Kichik guruhlarda ishlash jarayonida alohida masalalar yuzasidan o’z fikrini guruhda muhokama qilishga, turlicha fikrlarni uyg’unlashtirib, mushtarak nuqtayi nazarga kelishga o’rganadilar.
Shuningdek, o’quvchi guruh boshlovchisi – sardor sifatida sinfdoshlari oldida so’zga chiqib, guruh nuqtayi nazarini himoya qiladi. Bunda uning ko’pchilik oldida so’zlash, o’z fikrini himoya qilish, fikrlarini uyg’unlashtira olish kabi ko’nikma va malakalari shakllanib boradi.


Kichik guruhlarda ishlashni o’tkazish yo’llari.
1.Topshiriq, chalkash masala yoki savol asosida muammo tanlab olinadi. Topshiriqda bahsli jihatlar bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
2. Kichik guruhlar shakllantiriladi. Guruhlardagi o’quvchilar soni 3 – 5 nafardan oshmasligi kerak. Topshiriq xususiyati, sinfdagi o’quvchilar sonidan kelib chiqib guruhdagilar soni o’zgarishi mumkin. Guruhlarda ishlashni tashkil etishda ishtirokchilarga vazifalar taqsimlab berilishi lozim. Masalan, bir o’quvchi munozarani boshqaradi, ikkinchisi yuzaga kelgan fikrlarni qog’ozga yozib boradi, uchinchisi vazifaning belgilangan vaqtda bajarilishini muvofiqlashtirib turadi, to’rtinchisi guruh xulosalarini taqdim etadi va h.
O’quvchilar guruhlarga ajratishda ikki usuldan foydalaniladi. Birinchisida o’quvchilar xohishiga ko’ra, ikkinchisi hisoblash usuli bilan, (Masalan, birinchi,….., to’rtinchi, shundan keyin raqamlari bir xil o’quvchilar bitta guruhga birlashadilar.) Guruhlarga ajratishda ikkinchi usuldan foydalanish ma’qul. Bunda xolislik tamoyiliga asoslanib, jarayon natijalarini baholash birmuncha oson bo’ladi.
3.Guruhlarda ishlash vaqti belgilab olinadi. Topshiriqni bajarish yo’l – yo’riqlari tushuntiriladi. Vazifani bajarish yo’lini tushunmagan guruh a’zolariga qo’shimcha izoh beriladi.
4.Guruhda ish jarayoni tugaganidan keyin yakuniy xulosalar taqdimoti o’tkaziladi. Xulosalarni guruh sardori himoya qiladi. Zarur hollarda taqdimot natijalari doskaga yoki vatmanga yozib boriladi. Imkkoniyatga qarab guruhlar bir – birlariga savollar berishlari mumkin.
5.Taqdimot natijalari asosida muhokama uyushtiriladi va baholanadi. Bunda quyidagicha savollar o’rtaga tashlanadi.
- Kichik guruhlarda ishlash jarayonida qanday natijalarga eishildi ?
- Qanday muammo ustida fikrlashildi, u o’z yechimini topadimi ?
- Jarayonda o’zingizni qanday his etdingiz ? va h.



Download 165.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling