SHE’RIY NUTQ DARS SAMARADORLIGINI OSHIRADI.
Ona tili fanining «Morfologiya» bo’limi katta qismdan iborat bo’lib, so’z turkumlarini to’liq o’zlashtirish o’quvchilar uchun ancha murakkablik qiladi. Shu bois, ushbu bo’lim mavzulari o’tilgandan so’ng qo’shimcha va fan to’garagi mashg’ulotlarida umumlashtiruvchi darslar o’tilsa maqsadga muvofiqdir. Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan qo’shimcha dars ishlanmasi she’riy usulda bayon qilingan bo’lib, mavzu o’qituvchining xotirasida uzoq vaqt saqlanishiga xizmat qiladi.
«SO’Z TURKUMLARI GURUNGI».
Muallif:
- Har zamon hukmdorlar
Fuqarosin sinaydi
Har xil savollar berib
Ular aqlin charxlaydi
Shu asno yangi hoqon
Yangi vazir izlabdi.
Saroyga olim, dehqon,
Barchasini chorlabdi.
Vazir bo’lmoqlik uchun
Ko’p odamlar kelibdi.
Savollarni anglolmay,
Umidlarin uzibdi.
Qasri oliyga podshoh,
Mulozimin chorlabdi.
Shoh:
-Ey mulozim, quloq sol,
So’zlarimni uqib ol.
Biz qilgan imtihonga
Kimlar qoldi kelmasdan ?
Bo’lsa chorlangiz darhol.
Mulozim:
-Shohim bu imtihonga
Hamma keldi basma – bas
Tilshunos bobomlarning
Faqat uch alp o’g’li-yu
O’n bitta nevarsi
Qolib ketdi kelmasdan,
Hali hma kelgan emas.
Shoh:
-Surishtiring ularni,
Ne uchun kelmaganin.
Chorlang so’ng huzurimga
Ota – bola hammasin.
Mulozim:
-Amringiz vojib, shohim,
Qo’llar sizni Ollohim.
Men ularni chorlayman,
Vazir toping ilohim.
Muallif:
-Mulozim chor tarafga
Jarchilarni chorlabdi,
Ota- o’g’il hammasin
Suhbat sari yo’llabdi.
Tilshunoslik qasriga
Qo’yishib sekin qadam
Kirdi ota – bolalar
So’z olishdi dam – badam,
Baribir kattsi – da,
“Ot” so’zi oldi avvaldan.
Ot:
-Salom hukmdor hoqon,
Bilsangiz “Ot” bo’laman,
Yaxshilarga yaxshi – yu
Zamonga yot bo’laman.
O’zimliman, hayvonman
Shahar hamda daryoman
Gazeta – yu jurnalga
Insonlarga ham nomman
Turdoshman, atoqliman,
Aniq hamda mavhumman,
Kelishik, egalikka
Turlanguvchi men “Ot”man.
Do'stlaringiz bilan baham: |