Ona tili va adabiyot darslarini oʻtishda oʻquvchi qobiliyatini hisobga olgan holda ular bilan ishlash
Download 299.31 Kb.
|
Uslubiy qoʻllanma (2)
Tinish belgilari nima deydi?” ushbu usul
o`quvchidan yuksak iqtidor va izlanuvchanlik so`zning botiniy manolarini anglay olish xislatlarini talab qiladi. (,) tinish belgisi ko`rsatilganda o`quvchi she`rdan takroriy o`rinlarni , takror qo`llangan so`z yoki misrani topadi va shoirning maqsadi nima ekanligini aytadi. (!) belgisi ko`rsatilganda o`quvchi she`rining avj pardasi (kulminatsiya nuqtasini) topishi lozim . (?) belgisi ko`rsatilganda she`rning muammoli o`rinlarini o`quvchi uchun g`aliz bo`lib qolgan joylarni ko`rsatish shart. (“”) belgisi qo`yilganda she`rdan ramziy ma`noda kelgan so`zlarni ajratish kerak bo`ladi. Ushbu usulni shoir Usmon Nosirning “Nil van Rim” she`ri yuzasidan oladigan bo`lsak (,) belgisida quyidagicha tahlil bo`ladi. She`rning 2-band 1-qatorida keltirilgan “Nil oqadir qulllar to`kkan yosh” misralari shu bandning oxrgi qatorida “Nil oqadi qullar to`kkan qon” tarzida takrorlanib keladi. Shoirning takrordan maqsadi ma`noni kuchaytirish edi. (!) belgisida quyidagicha tahlil qilsa bo`ladi. She`rning 5-bandi oxirgi qatorida “Rim o`yindan o`lim kutgan jinni teatr” misrasi asarning eng baland cho`qqisini tashkil etadi. (?) belgisi orqali tahlil qilinganda She`rning 2- bandiga “Qon rangli quyosh ko`tarilar” va “Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo`q” misralari keltirilgan. Aslida quyosh chiqishida rangsiz, botishida rangli bo`ladi. Xo`sh , shoir nima uchun g`alizlikka yo`l qo`ydi ? Usmon Nosir bu bilan zamonning teskari kelganini , oyog`i osmonda ekanligini aytadi. (“”) belgisi orqali tahlil qilinganda Ramziy ma`nolarda kelgan so`zlarni she`rdan ajratib olamiz. Y o`lbars -zulm , gladiator –istiqlol uchun kurashuvchi , t eatr –hayot , Rim- dunyo , Nil-ozodlik uchun berilgan qurbonlar soni ko`pligi . Ushbu usul o`quvchidan juda katta intellektual salohiyat , yetuk aql talab qiladi. Yoki iqtidorli o`quvchilar uchun yaratilgan “ Download 299.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling