Ona tili va adabiyot darslarini oʻtishda oʻquvchi qobiliyatini hisobga olgan holda ular bilan ishlash


Usul nomi : “Tenglama” unli+x=yopiq bo`g`in


Download 299.31 Kb.
bet2/4
Sana26.01.2023
Hajmi299.31 Kb.
#1125724
1   2   3   4
Bog'liq
Uslubiy qoʻllanma (2)

Usul nomi : “Tenglama” unli+x=yopiq bo`g`in
X= yopiq bo`g`in-unli
X= undosh yoki , x+unli=ochiq bo`g`in x=ochiq bo`g`in unli x=undosh
Bu usul ham fanlararo bog`liqlikni yo`lga qo`ysa , ham o`quvchida topqirlik zukkolik fazilatlarini shakllantiradi.
Xuddi shu sinfda , shu mavzuda o`zlashtirishi past bo`lgan o`quvchilar uchun “Sherigingni o`zing tanla!

usulini qo`llash maqsadga muvofiq. Bu usulda o`quvchilar unli va undosh harflar yozilgan qog`ozlarni ushlab turadi. O`qituvchi “ Shahnoza , ochiq bo`g`insan sherigingni top!”- deydi. Shahnoza undosh harfni ushlab turgan bo`lsa , unli harfni ushlab turgan o`quvchiga sherik bo`ladi: sa-,-bo.


6-sinf ona tili darslarida , asosan , so`z turkumlar o`tiladi. Mana shunday darslarda past o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun she`riy topishmoqlar usulidan foydalanish yoki bir necha yozib qo`yilgan so`zlar ichidan bir so`z turkumiga aloqador bo`lganlarini ajratib olish topshiriladi. Albatta , yangi mavzu o`tilib , 1 yoki 2 ta mashq bajarilgandan so`ng.

yashil , yozmoq , sezgi , ziyrak , bormoq , gul, quyosh
Bu usul nomi “ Bir xilni tanla”.
masalan, yashil, yozmoq, sezgi,
ziyrak , bormoq , gul, quyosh , ushbu so`zlar ichidan bir xilini tanlab olsih kerak. Ona tili fanida “Taqlid so`zlar” mavzusi bor . Ushbu usulda o`qituvchi biror vosita yoradamida turli tovushlar chiqarishga harakat qiladi. O`quvchilar esa ularni aytadi. Masalan : taq-taq , chiq-chiq , qirs-qirs.
Xuddi shu mavzuni o`tishda iqtidorli o`quvchilar uchun “ Tovushni harakatga aylantir” usulidan foydalanib topshiriq berishimiz mumkin . Bunda o`quvchilar o`zi izlagan holda taqilla , shaqilla , shovulla kabi feʼllarni hosil qilishadi va -illa , -irla qo`shimchlari qanday taqlid so`zlariga qo`shilishi haqida xulosa chiqaradilar.
Faqat ona tili emas adabiyot darslarida ham iqtidorli va past o`zlashtiruvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib topshiriqlar berishning samarali usul ekanligini o`z ish tajribamda sinab ko`rdim. Bu borada o`zim qo`llaydigan “ Kamalak” , “Tinish belgilari nima deydi” , “36 dan 6, 6 dan 1” iqtidorli o`quvchilar uchun bo`lsa , “ Bog` yarat “ , “Biz quruvchi” , “ Sanalarni izohlang” usullari past o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilimini mustahkamlashda qo`l keladi.

hayot –yashil

xayol – ko`k

mehr-oq
Kamalak” usulida adabiyot
darsida o`tilayotgan she`rdan tuyg`ular
topilardi va kamalakdagi yetti rangga
joylashtiriladi. Masalan : Zulfiyaning “Nevara” she`rida: mehr-oq rangga , hayot –yashil rangga , xayol – ko`k rangga joylashishi mumkin. Bunda tuyg`ular rang barangligi yaqqol ko`zga tashlanadi.

Download 299.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling