Ona tili va adabiyot darslarini oʻtishda oʻquvchi qobiliyatini hisobga olgan holda ular bilan ishlash
Download 299.31 Kb.
|
Uslubiy qoʻllanma (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biz quruvchi
- Sanalarni izohlang
36 dan 6, 6 dan 1” usuli.
Bu usul 6 ta kubik olinadi , 6 tomoniga 6 ta mavzuga doir ma`lumot yoziladi. O`quvchi o`qituvchi talabiga mos ravishda 36 ta ma`lumot ichidan 6 ta , 6 ta ma`lumot ichidan 1 ta mavzuga tegishli bo`lganlarini aniqlab oladi. Bunda o`quvchi ma`lumotlar ichidan 1 ta shoir yoki adibga tegishlisini ajratib oladi. Bu yo`l ham o`quvchidan izlanuvchanlik , topqirlik , epchillik van hushyorlikni talab etadi. Past o`zlashtiruvchilarni , dars jarayonida faollikka jalb qilish, undash uchun quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq deb o`ylayman. “ Bog` yarat” usuli. Kichkinagina bog` shaklini beruvchi ko`rgazma qo`yiladi. Darsda sust ishtirok etadigan o`quvchilardan tanlab olinadi. Kichkina tayyorlangan daraxtchalar orqasida harflar yozilgan “Bog`” chaga daraxtchalar o`tkaziladi. Harflardan mavzuga oid to`plam yoki she`r nomini topish tavsiya etiladi. Masalan : daraxtchalardagi harflardan U.Nosirning to`plamlari nomi kelib chiqadi. “ Yurak” , “Mehrim” . Bunda o`quvchi harflarni o `rniga qo`yib so`z hosil qiladi. “Biz quruvchi” usuli. Ushbu usulda g`ishtlar tasvirini eslatuvchi qog`ozlar uycha shaklida magnit doskaga yopishtiiladi. Natijada ularda yozilgan harflardan yil nomi yoki biror bir , hikmatli so`z kelib chiqadi. Ushbu usul orqali , o`quvchilarda matematik figuralarni to`g`ri joylashtira olish ko`nikmalari shakllantiriladi. “ Sanalarni izohlang” usuli ham past 1923-1928 o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun mo`ljallangan 1934-1937 bo`lib, plakat chetiga shoir yoki adib rasmi 1939-1944 yopishtirilgan bo`lib bir tarafiga sanalar yozilgan . Sanalarda rasmdagi adib yoki shoir hayotiga oid ma`lumotlar yashiringan. O`quvchi sanani izohlab berishi lozim. Ushbu usul ham o`quvchida xotirani mustahkamlash , sanalarni eslab qolish qobilyatini shakllantiradi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib shuni aytish ma`lumki, iqtidorli va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash faqat darsdan so`ng emas , dars jarayonida ham muntazam olib borilishi ta`lim sifatining oshishida muhim omillardan biridir. Download 299.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling