Ona tili va adabiyot fanidan asosiy va majburiy blok uchun tayyorlagan


-dars. SO‘ROQ BELGISINING ISHLATILISHI


Download 43.25 Kb.
bet13/14
Sana24.06.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1652884
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-sinf darslik qo\'llanma

124-dars. SO‘ROQ BELGISINING ISHLATILISHI
Savol mazmunidagi gaplar so‘roq gaplar hisoblanadi. Ular so‘roq
so‘zlari va -mi, -chi, -a, -ya kabi so‘roq mazmunidagi qo‘shimchalar
yordamida hosil bo‘ladi:
– “Meniyam kitob qilib yozsang-chi?” – degan edingiz.
– “Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?” – degan edim men.
(O‘tkir Hoshimov)
Kim?, nima?, qanday?, qancha?, nima qilmoq? so‘zlari gap ichida qo‘llanganda, ular ortidan so‘roq belgisi qo‘yiladi: Sifat turkumiga oid so‘zlar qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
125-dars. UNDOV BELGISINING ISHLATILISHI
Lug‘at: zabarjad yashil rangli qimmatbaho tosh; gavhar – sayqallangan olmos; mehr, shams, xurshid – quyosh; daf’atan – to‘satdan; gardun – dunyo, osmon
His-hayajon (shodlik, qo‘rquv, g‘azab, ajablanish, achinish, do‘q, yalinish, hayrat va h.k.) bilan aytilgan gaplar undov gap hisoblanadi. Ulardan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi. Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! (M. Yusuf) Undov so‘zlar bir gapga teng bo‘lsa, ularda ham undov belgisi ishlatiladi. Ofarin! – dedi Mamat bobo. (T. Murod)
Ba’zan nutqimiz qaratilgan shaxs – undalmalar ham alohida ta’kid bilan aytilsa, ulardan keyin undov belgisi qo‘yiladi. She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! (U. Nosir)
Xabar-darak, buyruq mazmunidagi gaplarni ohangini o‘zgar tirish,
undov so‘zlar qo‘shish orqali ham his-hayajon (undov) gapga aylantirish
mumkin: Bahor fasli chiroyli. Eh, bahor fasli chiroyli! O‘zingdan
kattani hurmat qil. O‘zingdan kattani hurmat qil!
So‘roq gaplar ba’zan kuchli hayajon bilan aytilsa va javob talab
qilmasa, ulardan keyin so‘roq va undov belgilari qo‘shaloq holda (?!)
qo‘yiladi: Aytgil do‘stim, nima qildik vatan uchun?! (I. Mirzo)
O‘ta kuchli hayajon bilan aytilgan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘shaloq holda (!!!) qo‘yiladi: Yovuzlik Yer yuzidan butkul yo‘qolsin!!!

Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling