Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muhammad Haydarov, Mavluda Haydarova


Download 135.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana21.06.2023
Hajmi135.38 Kb.
#1640200
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Diagnostik test Haydarovlar oilasi

 
23. Asar nomi orqali qanday badiiy 
maqsad ifoda etilgan
A) To‘yiga ko‘p bo‘lmay turib bevaqt 
qazo qilganligiga e’tiborni qaratish 
maqsadida asarga shu nom berilgan. 
B) El-urug‘dan ayirgan, keksaygan 
chog‘ida Allohning nazaridan mosuvo 
qilgan bu to‘y asar qahramoni uchun aslida 
aza ekanligiga urg‘u berish maqsadida shu 
nom tanlangan. 
C) Hayotdagi qarama-qarshiliklar, 
ziddiyatlar hech bir insonni chetlab 
o‘tmasligini, hatto yaxshi kunini qora qilib 
qo‘yishi mumkinligini ko‘rsatib berish 
uchun asarga shu nom berilgan. 
D) Asar nomi orqali yozuvchi xalqqa 
tanbeh beradi va kimningdir yaxshi kunini, 
to‘yini azaga aylantirmaslik kerak degan 
g‘oyani ilgari suradi. 


Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari 
Muhammad Haydarov, Mavluda Haydarova
 

24. Muxtorxon Mansurov obraziga mos 
ta’rif berilgan javobni aniqlang. 
A) El-ulusida obro‘ topgan, hurmat 
qozongan, ularning ko‘nglidan chuqur joy 
egallagan obraz, asar so‘ngida xayrsiz 
amali sabab bevaqt olamdan ko‘z yumadi. 
B) Keksaygan chog‘ida do‘st-u yorsiz, 
qon-qarindoshsiz bir beva ayolni nikohiga 
olib odamlardan malomatga qoladi va buni 
ko‘tara olmay vafot etadi. 
C) O‘zini barchaga yaxshi ko‘rsatib 
yurgan, soqolini qirib, asil yuzi oshkor 
bo‘lgach tobutini ko‘tarishga ham odam 
topilmagan obraz. 
D) Qarigan chog‘ida to‘g‘ri yo‘ldan 
adashgan, afsus-nadomatda vafot etgan, 
tobuti toptalib, do‘stga zor, dushmanga xor 
bo‘lib qolgan obraz. 
25. Asar mazmuni NOTO‘G‘RI 
izohlangan gapni aniqlang. 
A) Yoshi o‘tib qolgan dotsent Muxtorxon 
Mansurov yosh “xo‘rozqand”ga uylanadi 
va hayotini kulgiga qo‘yadi. 
B) Hikoya mazmunidan behuda zorlanish 
o‘rtasidan kesiladi, degan ma’no kelib 
chiqadi. 
C) Hikoya orqali xalqning marosim va urf-
odatlarga munosabati inson shaxsiga 
nisbatan munosabatdan ustun turishi ochib 
berilgan. 
D) Inson zoti yillar davomida misqollab 
yig‘gan obro‘-e’tiborini birzumda ko‘kka 
sovurishi mumkinligi bosh qahramon xatti-
harakatlari misolida ochib berilgan. 

Download 135.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling