Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.44 Mb.
bet44/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Nazorat savollari:


  1. Lirik asarlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar qanday murakkabliklarga duch keladilar?




  1. Nima uchun she’riy asarlarni tahlil qilishda uning janriga e’tibor qaratish

kerak?


  1. Mumtoz she’riy asarlarni o‘rgatishda aruzga oid qaysi tushunchalarni shakllantirish lozim?




  1. Zamonaviy she’riy asarlarni o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratishi zarur?


1.2. MUMTOZ LIRIK ASARLARNI JANR XUSUSIYATIGA KO‘RA O‘RGANISH
Mumtoz lirikani o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari bor. XX asrgacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotida she’riyat asosiy, etakchi adabiy tur bo‘lganligi tufayli adabiy ta’limda ham o‘rganiladigan mumtoz namunalarning katta qismini lirik asarlar tashkil etadi. Mumtoz janrlarni o‘rganishda, avvalo, o‘qituvchining o‘zida aruziy tafakkur shakllangan bo‘lishi kerak. Bu esa o‘quvchilarda bu zaruriy ko‘nikmani shakllantirishning asosi ekanligi oyday ravshan. Negaki o‘qituvchi o‘zida bor narsa beradi, shogirdida shakllantiradi.
Aruziy tafakkur – mumtoz adabiyotimizda yaratilgan asarlarga xos vazn va qofiya qoliplariga rioya qilish, ritmika (ohang)ni his etish, qat’iy yo‘sinda shakllangan obrazlar tizimi, ular o‘rtasidagi munosabatlar, bu obrazlar atrofida guruhlangan poetik vositalar hamda til xususiyatlarini anglash, ramzlar va majozlar bilan fikrlash demakdir. Aruziy tafakkur shakllangandagina

38

o‘qituvchining o‘zi mumtoz adabiyotni, mumtoz lirikani tushunadi va tushuntira oladi7.


Dasturlarga kiritilgan she’rlarga nazar tashlasak, asosan asrlar davomida klassik shoirlar tomonidan keng qo‘llangan janrlardan namunalar o‘rganilishi nazarda tutilganligiga guvoh bo‘lamiz. Oxirgi dasturga ko‘ra quyidagi lirik janrlar o‘rganishga tavsiya etilgan:
Amalda bo‘lgan oxirgi ikki dasturga ko‘ra 5-sinfda Bobur ruboiylari, 6-sinfda Avaz O‘tar g‘azallari, 7-sinfda Turdining “Tor ko‘ngullik beklar” g‘azali, Uvaysiy g‘azal va chistonlari, 8-sinfda Lutfiy g‘azallari va tuyuqlari, Alisher Navoiy g‘azal va qit’alari, Nodira she’rlari, 9-sinfda Bobur g‘azal, ruboiy, qit’alari; Ogahiy g‘azallari, tuyuq, tarix, tarafayn, qit’alari va hokazolar. Ko‘rinadiki, to‘qqizta lirik tur janri o‘rganilishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur janrlar hamda murabba’, muxammas va musaddas oldingi dasturlarga ko‘ra umumta’lim maktablari darsliklariga kiritilgan edi. Adabiy ta’lim amaliyoti bugungi kunda har bir janrning o‘qitilishi yuzasidan aniq amaliy tajribalarda tasdig‘ini topgan, ilmiy asoslangan metodik tavsiyalarga muhtojligi barchaga ayon bir haqiqat.
G‘azal qadimdan ajdodlarimiz o‘qigan maktab, madrasalarda muntazam o‘qitilib kelingan. Ayniqsa, keyingi ikki asrda Navoiy, So‘fi Olloyor, Mashrab va Huvaydo ijodi maktab, madrasa dasturi, o‘quv rejalaridan mustahkam joy olgan.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling