Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.44 Mb.
bet47/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Kvadrat to‘rtburchakdir




Ruboiy to‘rtlikdir

Lekin har qanday to‘rtburchak

Lekin har qanday to‘rtlik

kvadrat emas










ruboiy emas

Kvadrat

bo‘lishi

uchun

Ruboiy bo‘lishi uchun to‘rtlik

to‘rtburchakning to‘rtala tomoni

aruzdagi hazaj bahrining axram va

teng bo‘lishi kerak







axrab tarmoqlarida yozilishi kerak













Agar to‘rtala

tomoni

teng

Agar hazaj bahrining ahram va

bo‘lmasa,

oddiy

to‘rtburchak

ahrab tarmoqlarida yozilmasa, oddiy

sanaladi










to‘rtlik sanaladi.

Adabiy ta’limda o‘rganilishi jihatdan ruboiydan keyin turuvchi janrlardan biri tuyuqdir. Mustaqillikdan keyin chop etilgan darsliklarni ko‘zdan kechirganimizda, ularda tuyuq haqida bir-biriga uyg‘un nazariy ma’lumotlar berilgan guvoh bo‘lamiz. Ma’lumotlarda quyidagi xususiyatlar qayd etilgan:




  1. boshqa mumtoz she’riyat janrlari arabiy, forsiy, turkiy adabiyot uchun birdek xos bo‘lsa, tuyuq biz uchun milliy janr bo‘lib, u turkiy adabiyotda vujudga kelgan, fors va arab she’riyatida uchramaydi;




  1. tuyuq albatta to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak;




  1. ruboiyga o‘xshab ikki xil: a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi;

  2. albatta aruzning ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida yozilishi

shart;



  1. qofiya bo‘lib kelgan so‘zlar albatta tajnis, ya’ni omonim munosabatida bo‘lishi talab qilinadi. Ayrim kitoblarda oxirgi shart keyinchalik yuzaga kelib, asta-sekin qat’iylashgani, ba’zi shoirlar ijodida tuyuqning tajnissiz shakllari ham uchrashi aytilgan.

Tuyuq janri o‘rganiladigan mashg‘ulotda o‘quvchilarni avval yuqoridagi nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirib, keyin tahlilga kirishish to‘g‘ri bo‘ladi.


Qit’a ham adabiyot darslarida faol o‘rganiladigan janr bo‘lib, keyingi o‘n etti yil ichida amaliyotda qo‘llangan dasturlarga ko‘ra 9- va 10-sinf darsliklariga kiritilgan. Qit’a o‘zining aniq hayotiyligi, kundalik turmushga yaqinligi bilan lirik turning boshqa janrlaridan ajralib turadi.
O‘qituvchi ilmiy adabiyotlarda hamda darsliklarda berib kelinayotgan nazariy ma’lumotlarni yaxshi bilishi va janr namunalarini o‘rganish jarayonida ularni inobatga olishi, o‘quvchilarga singdirishi lozim. O‘qitish jarayonida qit’a haqida tahlilda asqotadigan ilmiy-nazariy qarashlardan xabardorlik juda muhimdir.

42

Tahlil o‘qituvchi tomondangina olib borilmasdan, yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlar, muammoli savollar qo‘yib, mazkur echimlarga kelishda o‘quvchilarning o‘zini qatnashtirmoq darsning yuksak samarasi belgisidir.


Chiston janri maktab adabiy ta’limida Uvaysiy chistonlari misolida o‘rganilgan, hozir ham bu an’ana davom etib kelmoqda: bu janr namunalari bilan o‘quvchilar 7-sinfda tanishadilar. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar XV asrda Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan. Shoiraning “Anor” chistoni esa bu janrni mashhur qildi. Shuning uchun ham adabiy ta’limga Uvaysiy chistonlari jalb qilinadi9.
Oldin darslikdagi ma’lumotlarga suyanib, chiston haqida tushuncha beriladi. Shundan so‘ng shoiraning uchta she’riy jumbog‘i – chistonlariga e’tibor qaratiladi. Chistonlarni o‘rganish asnosida ana shu nazariy bilim mustahkamlanadi, shoiraning bu janr doirasida ham o‘zini ko‘rsata olganligi tahlil qilinadi.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling