Ona tili va adabiyot saboqlari


Download 123.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana04.04.2023
Hajmi123.79 Kb.
#1327700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Test 30 talik tungi

shod bo‘l,
Mendin-u, kimdinki, ko‘ngling istamas − 
ozod bo‘l. Ushbu she’riy misralar 
haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu misralarda tardi aks 
san’atidan foydalanilgan.
B) Qofiyadosh so‘zlarda "d" tovushi raviy 
bo‘lib kelgan.
C) Muqayyad qofiya qo‘llanilgan.
D) Radifi qisqa radif hisoblanadi. 
22. Xalqimizning shunday urf-odatlari 
borki, ularga hamisha hurmat bilan 
qarash kerak. Ushbu ergashgan qo‘shma 
gap haqida berilgan to‘g‘ri 
ma’lumotlarni aniqlang.
1. Ergash gap qismi shaxsi noma’lum 
gap sanaladi.
2. Bosh gap qismida ega vazifasini 
bajargan qaralmish qatnashgan.
3. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi 
olmoshlar hol va vositali to‘ldiruvchi 
vazifasini bajargan.
4. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi otlar 
aniqlovchi, ega va hol vazifasini 
bajargan.
5. Ushbu qo‘shma gap tarkibida holning 
faqat bir ma’noviy turi qatnashgan.
A) 2, 5
B) 1, 3, 4
C) 1, 2, 4
D) 3, 5 
23. Tarkibida ham vazifadosh ko‘makchi, 
ham sof ko‘makchi qatnashgan gapni 
aniqlang.
A) Majlis boshlanishidan avval 
ma’ruzasini yana bir bor diqqat bilan 
o‘qidi.
B) Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat 
yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi.
C) Ustoz bir necha soniyalik sukutdan 
so‘ng do‘sti tomon yuzlanib gap boshladi.
D) Hasharchilar tushlikdan keyin yana 
dalaga qarab yo‘l oldilar. 
24. Qaysi javobda Oybekning dostonlari 
berilgan?
A) “Fanorchi ota”, “Musicha”, “Singan 
umid”
B) “Bolalik”, “Nur qidirib”, “Alisherning 
bolaligi”
C) “Navoiy”, “Qutlug‘ qon”, “Quyosh 
qoraymas”
D) “Dilbar − davr qizi”, “Baxtigul va 
Sog‘indiq”, “O‘ch” 
25. Qaysi javobda “Sohibqiron” dramatik 
dostoni qahramonlaridan biri bo‘lgan 
Aloviddin haqida ma’lumot berilgan? 
A) Betakror iste’dod egasi edi, asarda 


Amir Temur tomonidan: “Shatranj 
sohasida jahongirdirsan”, - deya 
ta’riflagan. 
B) Boyazidning elchisi bo’lib, u 
Rumodan yetib kelgan edi. 
C) Asarda ifoda etilishicha, u xohlasa, 
ko‘zining rangini ham o‘zgartira 
oladigan epchil xufiya edi. 
D) U Rum sultoni asir olingani xabarini 
olib kelgan yasovul edi. 
26. Uilyam Shekspirning “Hamlet” 
tragediyasida kim Daniyani: “Men 
uchun – zindon”, - der ekan, 
mamlakatda adolatsizlik, xiyonat avj 
olganligi hamda mamlakatda taxtga 
loyiq bo‘lmagan odam davlatdorlik qilsa
u el-yurtga faqat baxtsizlik keltirishini 
ta’kidlaydi? 
A) Klavdiy
B) Hamlet 
C) Gertruda
D) Ofeliya 
27. Bir yigit maqtanib bema’ni so‘zlarni ko‘p 
gapirdi. Shunda do‘sti unga: “Ko‘p 
behuda so‘zlading. Endi so‘zlashni bas 
qil”, - dedi. Mazkur parchada ishtirok 
etgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni 
aniqlang. 
A) Parchada majhul nisbatdagi 
ravishdosh ishtirok etgan. 
B) Parchada o‘tgan va hozirgi zamon 
shaklidagi sof fe’llar ishtirok etgan. 
C) Parchada ishtirok etgan sof 
fe’llarning barchasi aniq nisbat shaklida 
kelgan. 
D) Parchada ishtirok etgan sof 
fe’llarning barchasi xabar mayli 
ma’nosini ifodalagan. 
28. Qaysi gapda tovush o‘zgarishi bilan 
yozilgan ot+ot tipidagi qo‘shma sifat 
qatnashgan? 
A) Bolalar ichida eng sheryuragi Odiljon 
edi. 
B) Achchiq ko‘z yoshlarin ichiga yutdi
Ilojsiz hayotning qo‘lidan tutdi. 
C) Achchiqtosh xalq tabobatida keng 
qo‘llanib kelingan. 
D) U o‘zining shirinso‘zligi bilan 
boshqalardan ajralib turardi. 
29. Abdulla Qodiriyning qaysi asari 
Behbudiyning “Padarkush” dramasi 
ta’sirida yozilgan bo‘lib, unda 
hashamatli to‘y, ortiqcha sarf-xarajatlar 
va ularning ko‘ngilsiz oqibatlari ochiq-
oydin ko‘rsatib berilgan? 
A) “Baxtsiz kuyov” dramasi 
B) “Uloqda” hikoyasi 
C) “Kalvak Mahzumning xotira 
daftaridan” hajviy asari 
D) “Toshpo‘lat tajang nima deydir?” 
hajviy asari 
30. “O‘lim jazosi ham, umrbod qamoq jazosi 

Download 123.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling