Ona tili va adabiyot saboqlari


Download 123.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana04.04.2023
Hajmi123.79 Kb.
#1327700
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Test 30 talik tungi



 
1. Ijodkor she’rlaridan birida atrofini 
o‘ragan odamlar unga hamisha 
yaxshilik tilaganlarini:
“Biri yuragimga baxsh etar kulgu,
Biri qonlarimga solar hayajon.
Biri olg‘a chorlar bo‘lib oq orzu,
Biri der: hayotsan, yur orzu tomon”, − 
deya ta’sirchan ifoda etadi. She’rda 
ulardan quvvat olib, yelkasi tog‘ ortsa 
ham ko‘tara olgulik qudrat his 
etayotganini aytadi. Bu bilan she’rxon 
qalbiga ham umidbaxsh tuyg‘ular solib, 
uni ham o‘tayotgan kunlaridan 
zavqlanib yashashga, yaratishga 
bunyodkorlikka da’vat etadi. Ushbu 
ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Asqad Muxtor
B) Mirtemir
C) Saida Zunnunova
D) Zulfiya 
2. Ajoyib milliy urf-odatlarimiz odamlarni 
hamjihatlikka, birodarlikka va 
samimiyatga chorlaydi. Ushbu gapda 
ishtirok etgan otlarga oid qaysi 
ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Ushbu gapdagi so‘z birikmalarida 
hokim qism vazifasini bajargan ot 
qatnashgan.
B) Ushbu gapda aniq va mavhum otlar 
qatnashgan.
C) Ushbu gapdagi otlar ega va 
to‘ldiruvchi vazifasini bajargan.
D) Ushbu gapdagi barcha otlar 
tuzilishiga ko‘ra o‘zaro bir turga oid 
hisoblanadi. 
3. Hojiyevning uzun gapidan chiqqan 
qisqa xulosa shu bo‘ldi: bugungi avlod 
o‘z ajdodlariga munosib voris bo‘lmoqda
Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish 
sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) qo‘shma gap qismlari orasida 
o‘xshatish munosabati ifodalangani 
uchun
B) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini 
izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak 
qo‘llangani uchun
C) qo‘shma gap qismlari orasida 
izohlash munosabati ifodalangani uchun
D) uyushiq bo‘laklardan oldin 
umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi 
uchun 
4. Qaysi adibning bironta pyesasi hayotlik 
chog‘ida risoladagidek nashr qilinmadi, 
ularning aksariyati adib vafotidan yetti 
yil o‘tgach, dunyo yuzini ko‘rdi?
A) Shekspir
B) Sergey Yesenin
C) Pushkin
D) Alfons Dode 
5. Quyida keltirilgan gapdagi yasama 
fe’llar sonini aniqlang.
Odamlar g‘urur, chegarasiz 
manmansirash tufayli ne-ne kulfatlarga 
duchor bo‘lmagan deysiz, shuning uchun 
ham Islom tafakkurining buyuk natijasi 
bo‘lgan so‘fizmda inson o‘z "men"idan 
kechmay turib Ollohni tanimaydi degan 
aqida bor edi.
A) 4 ta
B) 2 ta
C) 5 ta
D) 3 ta 
6. Bolalik xotiralarini eslab: “Uyda non 

Download 123.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling