Ona tili va adabiyot saboqlari
Download 123.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Test 30 talik tungi
shod bo‘l,
Mendin-u, kimdinki, ko‘ngling istamas − ozod bo‘l. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan. B) Qofiyadosh so‘zlarda "d" tovushi raviy bo‘lib kelgan. C) Muqayyad qofiya qo‘llanilgan. D) Radifi qisqa radif hisoblanadi. 22. Xalqimizning shunday urf-odatlari borki, ularga hamisha hurmat bilan qarash kerak. Ushbu ergashgan qo‘shma gap haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1. Ergash gap qismi shaxsi noma’lum gap sanaladi. 2. Bosh gap qismida ega vazifasini bajargan qaralmish qatnashgan. 3. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi olmoshlar hol va vositali to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. 4. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi otlar aniqlovchi, ega va hol vazifasini bajargan. 5. Ushbu qo‘shma gap tarkibida holning faqat bir ma’noviy turi qatnashgan. A) 2, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 3, 5 23. Tarkibida ham vazifadosh ko‘makchi, ham sof ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Majlis boshlanishidan avval ma’ruzasini yana bir bor diqqat bilan o‘qidi. B) Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi. C) Ustoz bir necha soniyalik sukutdan so‘ng do‘sti tomon yuzlanib gap boshladi. D) Hasharchilar tushlikdan keyin yana dalaga qarab yo‘l oldilar. 24. Qaysi javobda Oybekning dostonlari berilgan? A) “Fanorchi ota”, “Musicha”, “Singan umid” B) “Bolalik”, “Nur qidirib”, “Alisherning bolaligi” C) “Navoiy”, “Qutlug‘ qon”, “Quyosh qoraymas” D) “Dilbar − davr qizi”, “Baxtigul va Sog‘indiq”, “O‘ch” 25. Qaysi javobda “Sohibqiron” dramatik dostoni qahramonlaridan biri bo‘lgan Aloviddin haqida ma’lumot berilgan? A) Betakror iste’dod egasi edi, asarda Amir Temur tomonidan: “Shatranj sohasida jahongirdirsan”, - deya ta’riflagan. B) Boyazidning elchisi bo’lib, u Rumodan yetib kelgan edi. C) Asarda ifoda etilishicha, u xohlasa, ko‘zining rangini ham o‘zgartira oladigan epchil xufiya edi. D) U Rum sultoni asir olingani xabarini olib kelgan yasovul edi. 26. Uilyam Shekspirning “Hamlet” tragediyasida kim Daniyani: “Men uchun – zindon”, - der ekan, mamlakatda adolatsizlik, xiyonat avj olganligi hamda mamlakatda taxtga loyiq bo‘lmagan odam davlatdorlik qilsa, u el-yurtga faqat baxtsizlik keltirishini ta’kidlaydi? A) Klavdiy B) Hamlet C) Gertruda D) Ofeliya 27. Bir yigit maqtanib bema’ni so‘zlarni ko‘p gapirdi. Shunda do‘sti unga: “Ko‘p behuda so‘zlading. Endi so‘zlashni bas qil”, - dedi. Mazkur parchada ishtirok etgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Parchada majhul nisbatdagi ravishdosh ishtirok etgan. B) Parchada o‘tgan va hozirgi zamon shaklidagi sof fe’llar ishtirok etgan. C) Parchada ishtirok etgan sof fe’llarning barchasi aniq nisbat shaklida kelgan. D) Parchada ishtirok etgan sof fe’llarning barchasi xabar mayli ma’nosini ifodalagan. 28. Qaysi gapda tovush o‘zgarishi bilan yozilgan ot+ot tipidagi qo‘shma sifat qatnashgan? A) Bolalar ichida eng sheryuragi Odiljon edi. B) Achchiq ko‘z yoshlarin ichiga yutdi, Ilojsiz hayotning qo‘lidan tutdi. C) Achchiqtosh xalq tabobatida keng qo‘llanib kelingan. D) U o‘zining shirinso‘zligi bilan boshqalardan ajralib turardi. 29. Abdulla Qodiriyning qaysi asari Behbudiyning “Padarkush” dramasi ta’sirida yozilgan bo‘lib, unda hashamatli to‘y, ortiqcha sarf-xarajatlar va ularning ko‘ngilsiz oqibatlari ochiq- oydin ko‘rsatib berilgan? A) “Baxtsiz kuyov” dramasi B) “Uloqda” hikoyasi C) “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan” hajviy asari D) “Toshpo‘lat tajang nima deydir?” hajviy asari 30. “O‘lim jazosi ham, umrbod qamoq jazosi Download 123.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling