Ona tili va adabiyot saboqlari
Download 123.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Test 30 talik tungi
ham bir xilda badaxloq choralardandir,
biroq basharti ulardan bittasini tanla deyishsa, men, albatta, ikkinchisini tanlardim. Har holda, yashamoq – o‘lmoqdan afzalroqdir”, - degan fikrni isbotlash uchun yigirma besh yoshida o‘n besh yillik mahkumlikka rozi bo‘lgan va mana shu mahkumlik davrida yashashning asl mohiyatini kashf qilgan huquqshunos haqidagi hikoya muallifini aniqlang. A) Alfons Dode B) Robindranath Thakur C) Jek London D) Anton Chexov Amir Temur tomonidan: “Shatranj sohasida jahongirdirsan”, - deya ta’riflagan. B) Boyazidning elchisi bo’lib, u Rumodan yetib kelgan edi. C) Asarda ifoda etilishicha, u xohlasa, ko‘zining rangini ham o‘zgartira oladigan epchil xufiya edi. D) U Rum sultoni asir olingani xabarini olib kelgan yasovul edi. 26. Uilyam Shekspirning “Hamlet” tragediyasida kim Daniyani: “Men uchun – zindon”, - der ekan, mamlakatda adolatsizlik, xiyonat avj olganligi hamda mamlakatda taxtga loyiq bo‘lmagan odam davlatdorlik qilsa, u el-yurtga faqat baxtsizlik keltirishini ta’kidlaydi? A) Klavdiy B) Hamlet C) Gertruda D) Ofeliya 27. Bir yigit maqtanib bema’ni so‘zlarni ko‘p gapirdi. Shunda do‘sti unga: “Ko‘p behuda so‘zlading. Endi so‘zlashni bas qil”, - dedi. Mazkur parchada ishtirok etgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. A) Parchada majhul nisbatdagi ravishdosh ishtirok etgan. B) Parchada o‘tgan va hozirgi zamon shaklidagi sof fe’llar ishtirok etgan. C) Parchada ishtirok etgan sof fe’llarning barchasi aniq nisbat shaklida kelgan. D) Parchada ishtirok etgan sof fe’llarning barchasi xabar mayli ma’nosini ifodalagan. 28. Qaysi gapda tovush o‘zgarishi bilan yozilgan ot+ot tipidagi qo‘shma sifat qatnashgan? A) Bolalar ichida eng sheryuragi Odiljon edi. B) Achchiq ko‘z yoshlarin ichiga yutdi, Ilojsiz hayotning qo‘lidan tutdi. C) Achchiqtosh xalq tabobatida keng qo‘llanib kelingan. D) U o‘zining shirinso‘zligi bilan boshqalardan ajralib turardi. 29. Abdulla Qodiriyning qaysi asari Behbudiyning “Padarkush” dramasi ta’sirida yozilgan bo‘lib, unda hashamatli to‘y, ortiqcha sarf-xarajatlar va ularning ko‘ngilsiz oqibatlari ochiq- oydin ko‘rsatib berilgan? A) “Baxtsiz kuyov” dramasi B) “Uloqda” hikoyasi C) “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan” hajviy asari D) “Toshpo‘lat tajang nima deydir?” hajviy asari 30. “O‘lim jazosi ham, umrbod qamoq jazosi ham bir xilda badaxloq choralardandir, biroq basharti ulardan bittasini tanla deyishsa, men, albatta, ikkinchisini tanlardim. Har holda, yashamoq – o‘lmoqdan afzalroqdir”, - degan fikrni isbotlash uchun yigirma besh yoshida o‘n besh yillik mahkumlikka rozi bo‘lgan va mana shu mahkumlik davrida yashashning asl mohiyatini kashf qilgan huquqshunos haqidagi hikoya muallifini aniqlang. A) Alfons Dode B) Robindranath Thakur C) Jek London D) Anton Chexov Download 123.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling