Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
13-variant
1. Shuni unutmangki, kitob bolani ham aqlan, ham ma’nan boyitadi, uni shaxs sifatida shakllantiradi, u bolaning hayotdagi eng yaqin tarbiyachisi, do‘sti sanaladi. Ushbu gapdagi fe’l kesimlar haqida bildirilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlarning barchasi yasama so‘z bilan ifodalangan. B) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlarning barchasi bir xil nisbat ma’nosini ifodalagan. C) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlar buyruq- istak va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalangan. D) Ushbu gapda qatnashgan fe’l kesimlar sodda va murakkab fe’l kesimlar sanaladi. 2. Ergash gap tarkibidagi so‘z tovush o’zgarishiga uchragan qo’shma gap qaysi qatorda berilgan? A) Shu onda qattiq qarsak chalindi-yu, hamma o‘rnidan turdi. B) G'ulomjon shuni fahmladiki, bu joy qizlarning yig'iladigan makoni ekan. C) Samimiy aytilgan so‘z sodda bo‘ladi, chunki dilning hukmronligi tildan ustun bo‘ladi. D) Shaftoli shunchalik ko‘p hosil qiladiki, shoxlarini o‘stira olmay sinib ketadi. 3. Komilaning boyagi taklifida zarracha tashqi nazorat sezmagach, bormoqqa rozi bo‘ldi. Yasama so‘zlar tarkibida til undoshlarining qaysi turi yo‘q? A) til o‘rta, sayoz til orqa B) til o‘rta, chuqur til orqa C) til o‘rta D) til undoshlarining barcha turi bor 4. Quyidagi qaysi hirliklar imloviy jihatdan noto’g’ri yozilgan? 1) “Sharq” nashriyoti-matba konserni; 2) Jahon tinchlik Kengashi; 3) Yozuvchilar uyushmasining raisi; 4) Ko'kdumaloq kompressor stansiyasi. A) 1, 3 В) 1, 2, 4 C) 4
D) 1, 2 5. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra bir guruhga mansub undoshlardan tashkil topgan so‘zni toping. A) filologiya B) qarindosh-urug‘ C) tortiq D) baland 6. Quyida keltirilgan gapda ma’no ko'chishining qaysi turi qo'llangan? Rost aytasiz, Maxsum aka, men axir maktabda ishlayman, boshlang'ich sinflar uchun «G‘uncha» yaxshi. A) metafora B) sinekdoxa C) metonimiya D) vazifadoshlik 7. Yaxshi bo‘lgin, hatto dushmaning oson Seni deyolmasin yaramas, yomon. Tanburning ovozi soz chiqib tursa, Qulog‘in buramas sozchi hech qachon. She’riy parchada sonor bilan tugaydigan yopiq bo‘g‘inlar soni nechta? A) 11 tа B) 12 ta C) 13 ta D) 14 ta 8. Tarkibida tor va keng lablanmagan unli qatnashgan so’zni aniqlang. A) ko’rik B) bilak C) okean D) ko‘krak 9. Quyida keltirilgan qaysi parchada gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan bo'lakning fonetik o‘zgarishga uchrashi kuzatiladi? A) Mustaqillik! Asrayman seni kerak bo‘lsa, hayotim bilan. Ulug‘lagum vasfing toabad sher-u g‘azal, bayotim bilan! B) Ey mungli xotin, sen kimsan! Ey g‘amli ona, nechuk mungdan ayrilmaysan? C) Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim. D) Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq - mening o‘limim. Sening uchun o‘lmoq mening tirikligimdur. 10. Kishi moliga suq podsholarni ko‘p ko‘rgan Binoiy o‘n olti yoshli Boburning bunchalik halolligidan juda qattiq ta’sirlandi. Ushbu gapda nechta so‘z birikmalari zanjiri mavjud? A) 1 ta B) 2 ta
C) 3 ta D) 4 ta 11. Berilgan qaysi raqam(lar) dagi so'zlar urg'uning o'rniga ko‘ra o'zaro sinonimlik hosil qila olmaydi? 1) yangi, hozir; 2) yangi, hozir; 3) yangi, hozir; 4) yangi. hozir. A) 1, 3, 4 B) 2
C) 1, 2 D) 2, 3, 4 12. Qaysi qatordagi yasama otlarda hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlar ishtirok etgan? A) tepki, qamoq, tiqin B) tinch, yo‘lla, zargar C) donolik, tiqin, kitobxon D) qalamdon, yoshlik, qadrdon 13. Baxtli qiladigan ham shu, baxtsiz qiladigan ham shu. Yuqoridagi keltirilgan gapdagi til oldi jarangsiz undoshlar sonini aniqlang. A) 15 ta B) 21 ta C) 5 ta D) 11 ta 14. Quyidagi qaysi gap tarkibida ikkita fonetik hodisa yuz bergan? A) Birovning narsasini so‘roqsiz olish gunohdir. B) Dam olish kuni bog‘ga ko'chat ekkani bordik. C) O‘zbekiston - Vatanim mening. D) Fevral oyiga kelib, sovuqning shashti biroz pasaydi. 15. 1) Dam oladi kunduzi, xonadonning yulduzi. 2) Oyna emas jimirlar, tek turmasdan qimirlar. 3) Bir parcha patir, olamga tatir. 4) Kulib turar misoli oftob, Hamrohidir chang, tor va rubob. 5) Qizdirsang ishlar, kiyim tekislar. Berilgan topishmoqlarning qaysi birida yopiq bo‘g‘inlar faqat jarangli undosh bilan tugagan? A) 1,3 B) 3,5 C) 1,2,4 D) 1,2,5 16. Fe’l yasovchi va sifat yasovchi qo'shimchalar ta’sirida ham asosda, ham qo'shimchada tovush o‘zgarishi ro‘y bergan so‘z ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Qizcha dumaloq sharchani qo‘lida mahkam ushlab turardi. B) Qiynoqlarga tashlading meni. C) Inson o‘z umrining hisobli ekanligini hamisha kech anglaydi. D) Radiodan o‘ynoqi musiqa yangradi. 17. To‘rt tomoni ...ujralar bilan o‘ralgan sa..n o‘rtasidagi sadag‘ayrag‘och sho..larida chumchuqlar chirqillaydi, allaqayoqlardan qaldirg'ochlar otilib kelib, ..ovli ichiga kirib ketadi. Ushbu gapda nechta so‘zda ko‘p nuqtalar o'rniga chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz undosh qo'yilishi lozim? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 18. Berilgan qaysi so‘zlar tarkibida ikkita qo‘shimcha mavjud? 1) o‘chirg‘ich; 2) o'lchagich; 3) sarg‘aytirmoq; 4) tirikchilik; 5) gapirmaslik; 6) shodlanmoq; 7) tasdiqlanmoq. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 5, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 3, 6, 7 19. Tartib son modal ma’noni ifodalab kelgan javobni toping. A) Men to’garakka birinchi yozilaman. B) Bolalarning ikkitasidan so‘rashdi, uchinchisining esa hech narsadan xabari yo‘q. C) Xonalarning ikkinchisida domlamiz o‘tirar edi. D) Usmonjon Umirov, birinchidan, juda yosh xodim. 20. Tong otar chog'ida juda sog'inib, Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob. (G‘. G‘ulom) Ushbu parchadagi tagiga chizilgan so‘zda ma’no ko‘chishining qaysi turi mavjud? A) metafora B) metonimiya C) vazifadoshlik D) sinekdoxa 21. Rasul Hamzatov she’rlarining birida nimani «Jonimga Masihdir» deb e’zozlaydi? A) ona tilini B) ona tuprog'ini C) she’riyatni D) muhabbatni 22. Navoiy «Xamsa»sining qaysi dostoniga Sa’d haqidagi hikoyat kiritilgan? A) «Farhod va Shirin» B) «Sab’ayi sayyor» C) «Saddi Iskandariy» D) «Hayrat ul-abror» 23. «Haqiqiy kun qachon keladi?» asari muallifi kim? A) V.I. Krishon B) N.A. Dobrolyubov C) M. Yusuf D) A.S. Pushkin 24. Qaysi ijodkorlarning asarlarida “Ip esholmaydi” iborasi keltirilgan? A) H.K.Andersen “Bulbul” va X. To‘xtaboyev «Sariq devni minib» B) X. To‘xtaboyev «Sariq devni minib» va S. Ahmad «Qoplon» C) Tohir Malik «Shaytanat» va X. Sultonov «Yo, Jamshid» D) N. Dumbadze «Hellados» va Cho‘lpon «Kecha va kunduz» 25. Quyidagi misralar muallifi kim, she’rning vaznini aniqlang. Alisherga alia aytib uxlatgan Sen - ona. Og'ushida Bobur kamolga yetgan Sen - ona. A) A. Muxtor; qo‘shma vazn B) E. Vohidov; murakkab vazn C) Mirtemir; qo‘shma vazn D) A. Oripov; sodda vazn 26. Quyidagi ta’rif qaysi ijodkor haqida? «Bolaligida qo‘g‘irchoq yasovchi usta yoki rassom bo‘lishni va boshqa qiziqarli kasblarni egallashni orzu qilgan, lekin kambag‘allik tufayli hech orzu qilmagani – diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi». A) Janni Rodari B) Hans Kristian Andersen C) Nodar Dumbadze D) Antuan de Sent Ekzuperi 27. Qaysi javobda Nodar Dumbadzening qissalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) «Qishloq bolalari»; 2) «Oq bayroqlar»; 3) «Quyosh kechasi»; 4) «Men, buvim, Iliko va Illarion»; 5) “Quyoshni ko’ryapman”; 6) “Abadiyat qonuni”; 7) “Kukaracha” A) 4,7
B) 2, 4, 7 C) 1, 3, 4, 6, 7 D) 2, 4, 7 28. Agar sen bo'lmasang guldek chamanda, Kishi netkay o'shal baytul hazanda. Ushbu baytda tagiga chizilgan so‘z mumtoz adabiyotda qanday ma’no anglatadi? A) g‘am uyi B) olimlar uyi C) ishq uyi D) sabr uyi 29. Haynrix Hayne qaysi asarida tepsa-tebranmas, yurt ravnaqi uchun biror narsa qilishga qodir bo‘lmagan kimsalarni majoziy yo‘l bilan tanqid qilgan? A) «Atta Troll» B) «Yo‘l lavhalari» C) «Qullar kemasi» D) «Germaniya. Qish ertagi» 30. Tariqatga kirgan odam tasavvufda qanday ataladi? A) pir, so‘fiy B) darvesh, murid, pir C) solik, darvesh D) pir, murshid
|
ma'muriyatiga murojaat qiling