Ona tili va adabiyot


tuproq. Tog'lar, ko'm-ko'k adirlar, daryolar


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/47
Sana14.12.2021
Hajmi0.99 Mb.
#181120
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta

tuproq. Tog'lar, ko'm-ko'k adirlar, daryolar, 

cheksiz qumloq. Bo'ronlar qamchilashar, 

yomg'irlar tomchilashar, Qishda qalin qordan oq, 

kuzda-chi, paxtadan oq. (Mirtemir) 

Ushbu she’riy parchada ot turkumiga mansub nechta 

so‘z unli(lar) hamda hosil bo'lish o'rniga ko‘ra bir 

umumiy guruhga kiruvchi undoshlardan tashkil 

topgan? 

A) 6   B) 7   C) 5   D) 8  

11. Har kimning turmush kemasi bu ayb dengizining 

to‘foni po‘rtanasiga duchor bo‘lsa, shubhasiz, g‘arq 

bo‘lib, yo‘qlik dunyosiga ketadi. Ushbu gap ... .  

A) ega ergash gapli qo‘shma gap 

B) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap 

C) kesim ergash gapli qo'shma gap 

D) to‘ldiruvchi ergash gapli qo’shma  

12. Qaysi gapda shaxsni boshqacha nom bilan 

aniqlaydigan bo‘lak ishtirok etgan? 

A) Mehmonlar kelsa, biz ularni yaxshi kutib olamiz. 

B) O‘sha kuni Mastura xola bilan Sobir amaki foydali 

nasihatlar qildilar. 

C) Chaqaloqni bir ko‘rgim keldi. 

D) Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz do‘stini. 

13. Shaldiroq kishanlar hukmiga, 

Achinmay berasan yoshliging.  

Yuzlaring burishmas og‘riqdan,  

Farog'at bag‘ishlar ochliging. Ushbu she’riy parchada 

nechta yasama so‘z fonetik o'zgarish asosida yozilgan? 

A) 5   B) 4   C) 2   D) 3  

14. Tarkibida sirg‘aluvchi va portlovchi tovushlar 

qator kelgan so‘z qatnashmagan gapni toping. 

A) Chin do‘stlikka hasad begonadir. 

B) Farovonlik istasang, baxtli bo'lganingda ham do‘st-

yor orttir. 

C) Dono bo‘lmoq uchun bilimsizdan ham o'rganmoq 

kerak. 

D) Yozuv har bir xalqning ma’naviy boyligi, yuksak 

madaniyatga erishganligining o‘ziga xos ko'rinishi 

sanaladi. 

15. Qo'sh undosh yozilishi kerak bo‘lgan so'zlarni 

toping. 


A) bat...ar, jad...id, jid...iy 

B) g’ad…or, tarad…ud, mad…oh  

C) shad…od, at…or, bad…iy  

D) bat…ar, jad…id, jid…iy  

16. Qaysi javobda vazifadoshlik usulida ma’nosi 

ko‘chgan so‘z qatnashgan gap berilgan? 




A) Ishoning, dada, Karomatni boshimda ko‘taraman. 

B) To‘rt egat palak ekdim. 

C) Shu qora ko‘zlarning kelajagini o‘ylayapman. 

D) Kechalari chiroqlar shahrimiz ko'chalarini yop-

yorug‘ qiladi.  

17. Qaysi gapda faqat so‘z qo‘llash bilan bog'liq 

xatolik mavjud?  

A) Uyishiq bo‘laklar sanash ohangi bilan aytiladi. 

B) U avvaliga bir oz hayajonlandi-yu, ammo keyin 

rovon gapira boshladi. 

C) Shunda shox adolatli farmon chiqaribdi. 

D) Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qutmish ranch 

ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganch ila. 

18. Til qonunlari asosida grammatik va ohang jihatdan 

shakllangan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan 

nutq birligi qaysi?  

A) so‘z 

B) so‘z birikmasi 

C) gap  

D) matn  

19. Qaysi gapda tinish belgisini qo‘llash bilan bog‘liq 

xatolikka yo‘l qo‘yilgan?  

A) Polyak olimi yerning quyosh nazariyasiga asos 

soldi.  


B) Sharq adabiyotida birinchi bo'lib «Xamsa» yozgan 

ijodkor buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviydir. 

C) 1991-yil 31 avgustda 0‘zbekiston Oliy Kengashi 

«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini 

e’lon qilish to‘g‘risida» qonun qabul qildi.  

D) Respublikaning Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, 

hozirda Inson huquqlari milliy markazi, Oila markazi

Ijtimoiy fikr markazi kabi tashkilotlar bilan birga 

mafkuraviy ishlarni kuchay tirmoqda.  

20. Quyida keltirilgan maqolda ishtirok etgan shart 

mayli qo‘shimchasi miqdorini aniqlang. Birgalashib 

ovqatlansang - lazzatlanasan, Birgalashib ishlasang - 

xursand bo‘lasan. 

A) 5   B) 2   C) 3   D) 4 

21. Ogahiyning qaysi asari adabiyotimiz tarixidagi 

siyosiy- didaktik lirikaning yorqin namunasi 

hisoblanadi? 

A) «Ustina» g‘azali 

B) «Dahr uyi» tarji’bandi 

C) «Shohidi iqbol» asari 

D) «Qasidayi nasihat» asari 

22. Qaysi she’rning birinchi misrasida «ch» tovushi 

bilan boshlanadigan uch so'zning yonma-yon kelishi 

uchraydi? 

A) Mirtemir «Toshbu» 

B) Erkin Vohidov «Shahinam, о mening Shahinam» 

C) Abdulla Oripov «Temir odam»  

D) Cho’lpon “Somon parcha” 

23. “Kelmadi” muxammasi kimning qalamiga 

mansub? 


A) Hujayniy    

B) Mashrab  

C) Turdi  

 

D) Bobur  



24. «Shohnoma» qaysi vaznda yozilgan? 

A) ramali musammani mahzuf 

B) mutaqoribi musaddasi mahzuf 

C) ramali musaddasi mahzuf 

D) mutaqoribi musammani mahzuf 

25. «Ey gul...» g‘azali qaysi ijodkorga tegishli? 

A) Atoiyga   B) Sakkokiyga 

C) Lutfiyga   D) Gadoiyga  

26. Qaysi javobda Nodar Dumbadzening qissalari 

to‘g‘ri ko'rsatilgan?  

1) «Qishloq bolalari»; 2) «Oq bayroqlar»; 3) «Quyosh 

kechasi»; 4) «Men, buvim, Iliko va Illarion»; 5) 

«Quyoshni ko‘ryapman»; 6) «Abadiyat qonuni»; 7) 

“Kukaracha”. 

A) 4, 7  

 

B) 2, 4, 7 



C) 1, 3, 4, 6, 7  

D) 2, 4, 7  

27. Oriq va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov 

semiz buqani oriq buqadan ajrata olmasligi haqidagi 

o‘y- fikrlar qaysi asardan olingan? 

A) «Zarbulmasal» 

B) «Avesto» 

C) «To‘nyuquq» 

D) «Qutadg‘u bilig» 

28. R. Tagorning insoniy muhabbat ulug’langan 

asarlarini toping.  

A) “Roja va Rani”, «Chitrangoda» 

B) «Tonggi qo‘shiqlar», «Suratlar va qo‘shiqlar» 

C) «Chitrangoda», «Hisob-kitob»  

D) «Jazo», «Nur va soyalar»  

29. Roman-epopeyalar berilgan qatorni toping. 

1) M. Sholoxov «Tinch Don»; 2) L. Tolstoy «Urush va 

tinchlik»; 3) Ch. Aytmatov «Oq kema»; 4) Nurpeisov 

«Qon va ter»; 5) Muhammad Ali «Ulug‘ Saltanat»; 6) 

M. Avezov «Abay». 

A) 1, 2, 3, 4   

B) 2, 3, 4, 6 

C) 1, 2, 4, 5, 6  

D) 1, 2, 4, 6 

30. Buti siyminbarim, bizni unutma,  

Dudoqi shakarim, bizni unutma. 

Ushbu misralar muallifi kim va unda qofiyaning qaysi 

turi qo'llangan? 

A) Bobur - muqayyad qofiya 

B) Gadoyi - mutlaq qofiya 

C) Xorazmiy - muqayyad qofiya 

D) Sayfi Saroyi - muqayyad qofiya 

 

 




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling