Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
D) Najib Mahfuz
24. “Otello” tragediyasini kim o‘zbek tiliga tarjima qilgan? A) Oybek
B) Cho‘lpon С) M. Kenjabek D) G‘. G‘ulom 25. Qaysi javobda «Rustamxon» dostoni voqealariga oid ma’lumot berilgan? A) «Bizlar ham hir shohlik shavkatini qilsak, ovga chiqib ketsak, farzandlar yer yuziga tushsa, suyunchi deb, bir nechalar oldimizga yo‘lga chiqib, bizlardan tilla tanga in’om olsa», - deb o‘ylab, biylar ovga jo‘nab ketibdi. B) Mard polvon «Yor deyman- ku, nomus-orga boraman» deya begona yurtga otlangan o‘g‘liga: «Kechsang yomon bo'lar ota-onadan», «Bir qiz uchun unutmagan bizlarni», deya nasihatlar beradi. C) Xon qizning suratini ko‘rib bildiki, o‘g‘li bu go'zaldan boshqani demas. Xon noiloj javob bermoqchi bo‘lib lashkarlarini yig'adi, «Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar kuningga», deb qirq yigit beradi, qirq xachirga zar ortib beradi. D) Boshqa mamlakatga safarga ketgan xon farzandli bo‘lganini suyunchilagan kishiga «ayamasdan tanga- tilla beraman, balki qo‘rg‘onbiy qilarman», deya niyat qiladi. 26. S. Yeseninning «Dog'lar ketmish majruh ko‘ngildan» she’ri haqida to’g’ri fikrni toping. A) Bu she’r shaklan maktub tarzida yozilgan. B) She’rning har bir bandidagi takrorlar she’rning o‘ziga
xos ohangi, jarangi va ta’sirchanligini ta’minlagan. C) She’r satrlaridagi «choyxona», «choy», «tong yuzli dildor», «shohi ro‘mob, «ohu ko‘z», «lolagun» so‘z-timsollari Sharqni eslatib turadi. D) E. Vohidov bu she’rni yetti bo‘g‘inli misralar (4 + 3 turoqli) vaznida tarjima qilgan. 27. Jahon adabiyoti namoyandasi Ernest Seton- Tompsonning “Yovvoyi yo‘rg‘a” asarida «Menga qarang, bordi-yu la’nati yo‘rg‘aga duch kelib qolsangiz, ayamay otib tashlang», - deb kim aytadi? A) Kalon B) Montgomer C) Berns D) Foster 28. Quyidagi baytda qo'llangan she’riy san’at turlari to‘g‘ri berilgan javobni toping. Shakar erning nobati Xizra o‘xshar, Oyog'ing kimki o‘psa mangu yashar. A) tazod B) talmeh C) tajnis D) ruju
29. Qaysi asarda o‘z raqibini na’ra tortib behush qilish holati uchraydi? A) “Sabba’yi sayyor” dostonida B) «Ruhlar isyoni»da C) “Tunyuquq” bitigida D) “Rustamxon” dostonida 30. “Sevimli do‘stining tarjimayi holi” asarining muallifini aniqlang. A) Navoiy
B) Mirhond C) Farobiy
D) Xondamir
|
ma'muriyatiga murojaat qiling