Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi


Download 1.31 Mb.
bet11/60
Sana21.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1790692
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi

2-asosiy savolning bayoni:

Axborot almashinuvning globallashuvi, dunyoning kichrayib, odam imkoniyatining ko’payishi adabiyot o’qitishga tamomila yangicha yondashish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bugungi odam badiiy asarga yaqin o’tmishdagi kabi taqlid vositasi, ibrat yoxud o’rnak manbai sifatida qaramaydi. XXI asr kishisi uchun badiiy adabiyot butunlay o’zgacha mohiyat kasb etadi. Binobarin, uni ommaviy tarzda maktabda o’qitish ham o’ziga xos yo’sinda amalga oshirilishi lozim bo’ladi.


Adabiyot o’qitish metodikasi bo’lajak filologlarni kelajakdagi ishlariga zamon talablari darajasida tayyorlashni maqsad qilib qo’ygan fandir. Davr o’zgarishi bilan badiiy adabiyotning mohiyati ham, adabiyotni o’quv fani sifatida o’qitish jarayonini uyushtirish yo’sinlari ham jiddiy o’zgarishlarga uchraydi. Shularga tayyor bo’lmagan mutaxassis maktab, litsey va kollejlarda samarali faoliyat ko’rsata olmaydi.
Turli davrlarda turli olimlar tomonidan metodika tushunchasiga turli xil ta’riflar berilgan. Jumladan, rus metodist olimasi M. A. Ribnikova metodikani: “Metodika – bu vaqtni tejash, o’quvchilar kuchini oqilona ishlatish, o’quv materialidagi asosiy va bosh xususiyatlarni ko’ra olish ko’nikmasi, jamoa mehnatini tashkil eta bilish san’ati; bu o’quvchilarga ularning individual xususiyatlarini ko’zda tutib ta’sir ko’rsatish tizimidir53” tarzida ta’riflaydi.
Taniqli sovet metodisti V. V. Golubkov o’zining “Adabiyot o’qitish metodikasi” darsligida: “Barcha metodikalar, ular qaysi fanga tegishli ekanidan qat’i nazar, shu jihatdan bir-birlariga o’xshaydilarki, ular prinsiplar, materiallar va o’qituvchi metodlarini muayyan izchillikda tekshirishga qaratiladi va nimaga, nimani va qanday degan uch asosiy savolga javob beradi54”,– deb yozadi.
Shulardan kelib chiqqan holda adabiyot o’qitish metodikasiga “Adabiyot metodikasi adabiyot o’qitishni tashkil etishga doir nima uchun, nimani va qanday so’roqlariga javob beradigan, o’z intellektual kuch va pedagogik resurs sarflab, kattaroq o’quv natijalarga erishish yo’llari ko’rsatib beriladigan fandir” yo’sinida ta’rif berish mumkin.
Har qanday fan kamida quyidagi uch shartga javob beraolsagina ilmning mustaqil tarmog’i sifatida mavjud bo’la oladi:
1. Boshqa hech bir fan tomonidan o’rganilmaydigan tadqiqot predmetiga egalik.
2. Mazkur tadqiqot predmetining katta ijtimoiy ahamiyati borligi.
3. Shu soha bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borishning o’ziga xos metodlari mavjudligi.
Shu shartlarga asosan yondashiladigan bo’lsa, adabiyot o’qitish metodikasi fanining o’ziga xos o’rganish predmeti borligini ko’rish mumkin bo’ladi. Ya’ni, adabiyot metodikasi adabiyot o’quv fanini o’qitish jarayoni samaradorligini oshirish yo’llarini topish va ularni o’qitish kechimiga tatbiq qilishga yo’naltirilgan fandir. Maktabgacha tarbiya, boshlang’ich ta’lim, o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida adabiyot o’qitishning qonuniyatlarini tayin etish yo’llari bilan na adabiyotshunoslik, na didaktika, na psixologiya, na umumiy pedagogika shug’ullanadi.
Adabiyot metodikasi adabiyot predmetini o’rganishning prinsiplarini, metodlarini ishlab chiqish va tadqiq etish, sinf va undan tashqarida badiiy asar o’qishni uyushtirish yo’llarni topish, sinfdan va maktabdan tashqarida adabiy tadbirlarni o’tkazish usullarini ishlab chiqish, yoshlarni badiiy asarga muhabbat ruhida tarbiyalash masalalari majmui bilan shug’ullanadi. Boshqa biron fan ayni shu masalalar bilan shug’ullanmaydi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling