Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi


Download 1.31 Mb.
bet7/60
Sana21.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1790692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi

Qudrat Ahmedov o‘zbek adabiyoti metodikasi uchun katta xizmat qilgan olimlarimizdan biridir. U mehnatkash olim, tashabbuskor rahbar va yaxshi tashkilotchi sifatida adabiyot metodikasi ravnaqi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Olimning «Hamza Hakimzodaning «Boy ila xizmatchi» dramasini o‘rganish»43 degan yirik tadqiqoti bu sohadagi xizmatlarining yaqqol dalilidir.
O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fani rivoji professor Asqar Zunnunovning nomi bilan bevosita bog‘liq. Asqar Zunnunov O‘zbekistonda ayni shu soha bo‘yicha yetishib chiqqan birinchi fan doktoridir. Olimning o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasiga oid ko‘plab kitoblari, maqolalari metodist olimlar va amaliyotchi o‘qituvchilarning doimiy maslahatgo‘ylaridir.
Olim alohida adiblarning hayoti va ijodini o‘rganish ishiga ham asos solib bergan. Ayniqsa, «Maktabda G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini o‘rganish»44 kitobi bu sohada o‘tgan asrning yetmishinchi yillaridagi yirik yutuqlardan biridir.
Uning badiiy asarni tahlil qilish, adabiyot darslarini tashkil etish, asarlarni janr xususiyatlariga ko‘ra tahlil etish usullari, adabiy-nazariy tushunchalarni o’rganishning ilmiy-metodik xususiyatlariga oid ko‘plab asarlari mavjud. Ularda metodika ilmining yirik va o‘tkir nazariy muammolari qatorida ko‘plab amaliy masalalar ham izchil yoritib berilgan.
Ma’lumki, ta’limning turli bosqichlarida adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bu adabiy ta’limning eng og‘ir muammolaridan biridir. Olim shu sohada ham ko‘plab maqolalar, alohida kitoblar chop ettirgan45. Olimning nihoyatda katta xizmatlari uning o‘zbek pedagogikasi, xususan,Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi tarixini o‘rganish bilan aloqador. «O‘zbek adabiyoti metodikasi tarixidan ocherklar»46 kitobi shu sohadagi nihoyatda katta mehnatlar evaziga yuzaga kelgan ulkan tadqiqotdir. Bu kitobda asosan XX asrning boshlaridan shu asrning 70 –yillarigacha bo’lgan davrdagiAdabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi tarixidagi asosiy hodisalar xronologik izchillikda ko‘rsatib berilgan. Olim alohida sinflardagi adabiyot darslari uchun metodik qo‘llanmalar yaratish an’anasini boshlab bergan metodist olim sifatida ham qadrlidir. Uning R.Usmonov bilan hamkorlikda yaratgan «7-sinf «Vatan adabiyoti» darslik-xrestomatiyasi uchun metodik qo‘llanma»si47 shu sohadagi yaxshi tajriba bo‘lgan edi. U o‘sha davrlarda amal qiladigan dastur va darslik asosida o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma sifatida yaratilgan, o‘qituvchilarning bevosita ish tajribalarida foydalanishlari uchun ko‘plab foydalai maslahat va ish tajribalari bilan ziynatlangan edi. Bu sohadagi eng yirik tadqiqot, hech shubhasiz, «Adabiyot o‘qitish metodikasi»dir48. Garchi unda kamtaronalik bilan «Maktabda adabiyot o‘qitish usullariga doir barcha masalalarni birgina qo‘llanmada qamrab olish qiyin» deyilgan bo‘lsa-da, u adabiy ta’limning asosiy muammolari haqida atroflicha ma’lumot berishi bilan e’tiborga loyiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishuvidan so‘ng umumta’lim maktablari adabiy ta’limida ham yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. 90-yillarning boshida adabiyot o‘qitish bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqishga harakat qilindi va ularning bir necha avlodi yaratildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» (1997) qabul qilinganidan keyin ta’lim tizimi ham, ta’lim mazmuni ham yangicha talablar asosida shakllandi. Endilikda ana shu talablar asosida davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturlari va darsliklar, shuningdek, o‘quv qo‘llanmalari yaratilmoqda.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling