Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi
Download 1.31 Mb.
|
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guliston- 20 21
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI O’zbek adabiyotSHUNOSLIGI KAFEDRASI Ona tili ва ADABIYOTINI O’QITISH METODIKASI O’QUV-USLUBIY MAJMUA Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar fanlar va san’at Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar Ta’lim yo’nalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (O’zbek tili) Guliston- 2021 O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi O‘qitish semestri: VII Umumiy o‘quv soat: 74 soat Ma’ruza: 34 soat Amaliy: 20 soat Seminar: 20 soat Tuzuvchi: M. Sariboyeva – pedagogika fanlari nozodi, dotsent Taqrizchi: Q. Yo‘ldoshev – pedagogika fanlari doktori, professor Kirish
O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorida barcha o’quv fanlari, shu jumladan, adabiy ta’lim mazmunini tubdan yaxshilash dolbzarb vazifalardan biri ekanligi ta’kidlangan. Adabiy ta’limnig vazifasi sifatida: “oddiy o’quvchidan kitobxon o’quvchi, kitobxon o’quvchidan o’qiganlarini anglaydigan o’quvchi, anglaydigan o’quvchidan tahlil qila oladigan o’quvchi, tahlil qila oladigan o’quvchidan muayyan asar haqidagi fikrini og’zaki va yozma tarzda qiynalmay ifoda eta oladigan o’quvchi tarbiyalashdir”, deb belgilab qo’yilgan. Maktabda adabiyot o’qitishdan maqsad o’quvchilarda ma’naviyatni shakllantirishdan iboratdir. Adabiy ta’limdan komil shaxsni shakllantirish talab etiladi. Ma’lumki, ta’lim sohasidagi islohotlar tufayli barcha o’quv fanlari qatorida adabiyot fanini o’qitishda ham turli o’zgarishlar sodir bo’ldi. O’zgarishlar nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy jihatdan ham ro’y berdi, chunki “mavjud ta’lim tizimidagi ko’plab predmetlardan farqli o’laroq adabiyot tarbiyalanuvchilarning hayotiga faqat maktabda kirib kelmaydi, balki maktabni tugatgach, ta’sir ko’rsatishni to’xtatib ham qo’ymaydi”.1 Mazkur o’quv–uslubiy majmua amaldagi dasturlar asosida tayyorlanib, O’zbek filologiyasi yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Zamonaviy pedagogik texnologiya tizimiga suyangan holda identiv o’quv maqsadlari, mavzu bo’yicha ko’rib chiqilishi zarur bo’lgan muammolar, nazorat topshiriqlari, talabalar mustaqil bajarishi zarur bo’lgan topshiriqlar va har bir mavzu uchun birlamchi adabiyotlar ro’yxati berilgan. O’quv-uslubiy majmua keng planda tuzildi. Unda ona tili va adabiyot o’qitish metodikasining mutaxassislik tayyorlashdagi o’rni, fanning perdmetlararo aloqasi, fanning mazmuni, darsning o’qitilish shakllari va usullari bayon qilindi. Shuningdek, uslubiy majmuada o’zbek filologiyasi yo’nalishi bo’yicha davlat ta’lim standarti talablari, mazkur fan bo’yicha talaba nimalarni bilishi kerakligi alohida qayd qilindi. Majumadan universitet filologiya yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalar va mazkur fan bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. Manzilimiz: Guliston shahri, IV mavze, Universitet, “Аdabiyoti” kafedrasi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling