Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi
Download 1.31 Mb.
|
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xayrullaxon Said Nosir o‘g‘li Mirzo (Mirzo Ho‘qandiy)
- Hamza Hakimzoda Niyoziy
- S. Dolimov va H. Ubaydullayevlar
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) metodika tarixida ham tegishli iz qol-dirgan yirik siymolardan biri. U ta’lim mazmuni, ta’limni tashkil etishning o‘ziga xosliklari, ta’lim jarayonidagi o‘qituvchi va o‘quvchilarning mavqelari haqida qizi-qarli va jiddiy fikrlarni bildirgan. Jumladan, ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan hamda Sharq ziyolilarining ko‘plab avlodlarni olamshumul obro‘-e’tibor topishlariga imkon bergan madrasa ta’limining o‘z zamoniga kelib oqsab qolganligini, rivoj-lanishning mazkur bosqichida taraqqiyotdan orqada qolayotganligini o‘zi anglaydi, buni boshqalarga ham anglatish yo‘lidan boradi. Uning bevosita tashabbusi bilan «ibtidoiy sinflarda diniy dars va ilmlardan namoz o‘qish, haftiyaki sharif, maorifi iymon va e’tiqod, ibodati islomiya, tajvid, tarixi anbiyo, ahli sunnat aqidasi kabilar o‘rgatilsa, dunyoviy dars va fanlardan alifbo, yozish, she’r (nazm) va nasr, insho, hisobdan to‘rt amal, jug‘rofiya, bir oz ahvoli olam va dunyo odamlaridan ma’lumot beriladi, bolalarning xat va savodi mukammal chiqadi»36.
Xayrullaxon Said Nosir o‘g‘li Mirzo (Mirzo Ho‘qandiy) (1880–1943) ham bir necha yo‘nalishlarda ish olib borgan ma’rifatparvarlardan biridir. U yangi usuldagi maktablar ochishda tashabbus va faollik ko‘rsatgan, o‘zi shu maktablarda dars bergan, maktab qoshida kutubxona va nashriyot tashkil etgan. Boshqa tillar-dagi darsliklarni o‘zbek tiliga o‘girgan, o‘zi ham «Gulshani Mirzo», «Gulshani xayol» nomlari bilan darsliklar yaratgan. Bolalarning aqliy imkoniyatlarini oshirish, ularning zehnini o‘stirish maqsadida «Jumboq majmuasi»ni tuzgan. Majmuadan topishmoqlar o‘rin olgan37. Hamza Hakimzoda Niyoziy 1911- yili Qo‘qonda Hojibek guzarida yangi usul maktabi ochdi va o‘zi o‘qituvchilik qildi. U 1914–15 yillarda «boshlang‘ich maktablar uchun «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi»ni yozdi. Eng muhimi, Hamza o‘z kitoblarini osondan murakkabga o‘tish asosida tuzdi. Bu kitoblarda o‘qish, matn ustida mustaqil ishlash, sinfdan tashqari o‘qishga e’tibor berdi. Ularning barchasida o‘quvchilarga adabiy ta’lim berish asosida bolalarning mukammal tarbiya asoslari bilan ham tanishishlari bosh maqsad qilib qo‘yildi. Ilg‘or fikrli ziyolilar Turkiston maktablarida ta’limning yangi tartibini amalga oshirish uchun kurashdilar. Natijada ta’limda yangi turdagi «usuli savtiya» mak-tablari yuzaga keldi. Bu maktablarda ona tili (o‘zbek tili) asosiy o‘quv fani sifatida o‘qitildi. Ta’lim jarayonida izohlash (sharhlash) usulidan foydalanildi. Shunga ko‘ra, adabiyotda bu ta’lim «izohli o‘quv» degan nomni oldi. 1918- yilda Toshkent eski shahar maorif sho‘’basi qoshida «Makotib» (metodik birlashma) uyushmasi tashkil etildi va unga Zufar Nosiriy rahbarlik qildi. Bu sho‘’bada haftalik o‘quv rejasi tuzilib, maktablarda shu reja asosida dars o‘tildi. 1918- yil «Maorif» jurnalida V–VIII sinflar uchun ona tili va adabiyot dasturi e’lon qilindi. Dasturda badiiy asarni o‘qishga e’tibor berildi. Asar bilan tanishtirishdan oldin adabiyot nazariyasidan ma’lumot berish mo‘ljallagan edi. Dasturda nazariy ma’lumotlarni o‘tishda tegishli asarlarga suyanish tavsiya etilsa ham, asarlar aniq ko‘rsatilmadi. Shu yillardagi maktablarning biri haqida gapirib, Oybekning umr yo‘ldoshi Zarifa Saidnosirova shunday xotiralarini yozishgan edi: «Maktabda ona tili, hisob, jug‘rofiya, tarix darslari o‘qitilar, butun darsliklar tatar tilida, Qozon va Orenburgdan keltirilgan edi»38. XX asrning 20-yillaridagi maktablarda «jug‘rofiya, tabiyot, tarix, hisob kabi ona tilidan boshqa bilimlar ham» maktablarda o‘qitila boshlaganini Elbek ham tasdiqlaydi39. Abdurahmon Sa’diyning «Saboq tuzugi» (1920) dasturida ham maktabda o‘rganilishi lozim bo’lgan asarlar nomi aniq ko‘rsatilmadi, adabiy material tanlash o‘qituvchiga topshirildi. «Adabiy o‘qish» termini 1921- yil programmasi nashr etilgan vaqtdan boshlab maktab hayotida mustahkam o‘rin egalladi. Adabiy o‘qishda asarni g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish asosiy o‘rinni egallaydi, ya’ni har bir asar butun holda o‘rganiladi. Ammo material tanlash masalasi hal qilinmadi. Asarlar g‘oyaviy-badiiy, estetik mazmuniga qarab emas, davrga qarab tanlangan edi. 1924- yildan 1929- yilgacha o‘tgan davr ichida Elbekning «Namuna» (I–IV qism, 1925), Fitratning «Adabiyot qoidalari», «O‘zbek adabiyoti darslari» (1925) kitoblari yaratildi. «Adabiyot qoidalari» faqat adabiyot nazariyasiga oid kitobgina bo‘lib qolmas-dan, ayni paytda adabiyotshunoslikka oid darslik hamda metodikaga doir qo‘l-lanma sifatida ham baholanishi mumkin40. 30-yillarda o‘zbek adabiyoti va adabi-yotshunosligi hamda xalq og‘zaki ijodi sohasida erishilgan yutuqlar dastur va darsliklarda o‘z ifodasini topdi. «Adabiyot dasturi» tarixiylik asosida tuzilib, unda klassik hamda so‘nggi davr adabiyotining yirik namoyondalari asarlaridan namu-nalar berildi. Ammo, bu dasturlar bo‘yicha adabiyot o‘qitishda ayrim badiiy asarlarni o‘zlashtirish emas, balki yozuvchilarning hayoti va ijodini bayon etishga, ijodining ijtimoiy-siyosiy mohiyatini, yozuvchining sinfiy mavqeini ochishga ko‘proq e’tibor berildi. Partiyaviylik talabining adabiyot o‘qitish jarayoniga hukmron tamoyil sifatida kiritilishi ta’lim tizimidagi adabiyot fanlarining o‘qitilishini bir yoqlamalikka olib keldi. «To‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktablar uchun programmalar» (1938) da adabiy asarni o‘qishga asosiy urg‘u berildi. Sal keyinroq tuzilgan «O‘rta maktab programmalari» (1940)da og‘zaki va yozma nutqni o‘stirishga, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash imkonlarini rivojlantirishga e’tibor berildi, asarni ifodali o‘qish, savol va topshiriq hamda mashqlar asosida asarning g‘oyaviy mazmunini o‘zlashtirish tavsiya etildi. Tanlanadigan asarlarning o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga mos bo‘lishiga e’tibor qaratildi. 1934 yilda «O‘rta maktablardaAdabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi ning asosiy masalalari» degan maxsus kitob (A.Sa’diy) yaratildi. Unda adabiyotni maxsus fan sifatida o‘qitish, bolaga adabiy ta’lim berishda tegishli izchillik va mantiqiy qoidalar bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi. I.Sultonovning «Adabiyot nazariyasi» (1940) darsligining yaratilishi faqat adabiyotning umumiy qoidalari, uning nazariy masalalarini umumlashtirishi bilangina emas, balki bu nazariy tushunchalarning ta’lim jarayoniga olib kirilishi uchun ham qulay zamin yaratdi. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanining rivojida 50-yillarda faoliyat ko‘rsata boshlagan ko‘plab olimlarimizning xizmatlari katta bo‘ldi. S.Dolimov, G.Karimov, N.Mallaev, H.Ubaydullaev, Q.Ahmedov, A.Zunnunov, S.Ismatov singari olimlar bu sohaning mustaqil bir soha sifatida kamol topishiga munosib hissa qo‘shishdi. Ularning adabiyotshunoslikning turli sohalaridagi, metodika ilmidagi xizmatlari tufayli o‘rta maktablar uchun tuzilgan dastur va darsliklar ham ma’lum darajada muntazam holatga kela boshladi. Adabiyot o‘qitish metodikasiga oid dastlabki mustaqil tadqiqot - qo‘llan-maning yaratilishi ham xuddi shu davrlarga to‘g‘ri keladi41. «Adabiy o‘qish metodikasi» deb nomlangan bu kitob mualliflari taniqli metodistlar S. Dolimov va H. Ubaydullayevlar edi. Unda ifodali o‘qish haqida, uning mazmun va mohiyati, turlari haqida yaxlit ma’lumotlar berilgan. Kitob adabiyot o‘qitishdagi nazariy asoslardan tortib, uning bevosita amaliyotdagi holatlarigacha bo‘lgan hodisalarni qamrab oladi. U to‘rt qismdan iborat. Bular: adabiyot metodikasi va uning nazariy asoslari haqida ma‘lumot, adabiy o‘qish, adabiy o‘qish yuzasidan sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigan ishlar, rejalashtirish va jihozlash masalalari deb nomlangan. Kitobda amaliy faoliyat bilan aloqador bo‘lgan masalalarga ancha katta e‘tibor berilganligi uning asosiy yutuqlardan biridir. Mualliflar har bir nazariy muammoni albatta aniq misollar bilan dalillash yo‘lidan borishgan. Shunga qaramay, unda o‘sha davr mafkurasining kuchli ta‘siri ham ochiq sezilib turadi. S.Dolimovning «5-sinf «Vatan adabiyoti» xrestomatiyasi uchun metodik qo‘llanma» kitobi 70-yillardagi o‘zbek adabiyotini o‘qitishdagi o‘zga xos usullar haqida muayyan tasavvurlar beradi42. Muhimi, u o‘sha paytlarda adabiyot darsi samaradorligini oshirish uchun amaliy tavsiyalarga boyligi bilan e’tiborli bo‘lgan. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling