1-mavzu. Adabiyot o'qitish metodikasining umumnazariy masalalari. Adabiyot o‘qitish metodikasining tarixi va shakllanish taraqqiyoti.
Ma’ruza rejasi:
Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining shakllanishi, rivojlanish tarixi.
2. Eng qadimgi davrlarda Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi.
3.Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi tarixida jadidchilik davri.
4.1930–1990-yillarda Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining o‘ziga xos xususiyatlari.
Dars maqsadi:
O‘quv mashg‘ulotining ta’limiy maqsadi: talabalarda Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining shakllanishi, rivojlanish tarixi haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
O‘quv mashg‘ulotining tarbiyaviy maqsadi: adabiy ta’limda adabiyotning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishning rang-barang imkonlarini ko‘rsatish.
O‘quv mashg‘ulotining rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarda shakllanayotgan pedagoglik kasbiy mahorati va madaniyatini rivojlantirish.
O‘quv faoliyati natijalari:
Mavzu yuzasidan keng qamrovli ilmiy tasavvurlarga ega bo‘ladi;
Adabiyot o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanining shakllanish va rivojlanish tarixi haqidagi bilimlarga ega bo‘ladi; uning asosiy bosqichlari haqidagi bilimlarga ega bo‘ladi, asosiy manbalar ro‘yxati bilan tanishadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Karimov I. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so‘zlangan nutq. 1997.
2. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q, T.: «O‘zbekiston», 1998.
3. Zunnunov A. Z., Hotamov N., Esonov J., Ibrohimov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi, T.: «O‘qituvchi», 1992.
4. Zunnunov A., Aliyev A. Adabiyotni boshqa ijtimoiy fanlarga bog‘lab o‘rganish, T.: «O‘qituvchi», 1982.
5. Zunnunov A. Pedagogik tadqiqot metodikasi, T.: 2000.
6. Zunnunov A. O‘zbek adabiyoti metodikasi tarixidan ocherklar. O‘qituvchilar uchun qo‘llanma, T.: O‘qituvchi, 1973.
7.To‘xliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi, T.: Yangi asr avlodi, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |