Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi


Download 1.31 Mb.
bet15/60
Sana21.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1790692
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi

Afzalliklari

Kamchiliklari

-o’quvchilar fikrlarini jamlashga o’rganadi;
- jumla tuzishda uyushiq bo’lakli gaplardan foydalanish ko’nikmasi rivojlanadi;
- gap tuzishga ijodiy yondashadi;
- o’quvchilar topqirlikka va qisqa vaqt ichida fikrini mantiqli tarzda tez o’zgartira olishga o’rganadilar;
- birovlarni tinglash va mustaqil fikrlashga o’rganadilar;
- o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqi rivojlanadi.

- tez va to’g’ri gap tuza olmaydigan o’quvchilar xato qilib qo’yishdan qo’rqib, o’zlarini darsda noqulay sezadilar;
- o’tgan dars yoki so’ralayotgan asar haqida ularda tasavvur bo’lmasligi mumkin;
- o’quvchi aytmoqchi bo’lgan fikrini boshqa o’quvchi aytib qo’yganidan sarosimaga tushib qolishi mumkin;
- aksariyat o’quvchilar butun bir asar, kun yoki dars haqidagi fikrini bitta jumlaga jamlay olmaydilar.

Muhokama uchun savollar:


1. Metod va usul atamasining biri-biridan farqi bormi? Fikringizni izohlang.
2. Ta’lim metodlarini dars mobaynida qo’llashda o’quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinadimi?
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: O’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati va interfaol metodlar, interfaol ta’lim jarayonining tarkibiy tuzilmasi haqida talabalarga batafsil ma’lumot berish

Identiv o’quv maqsadlari:


1. O’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati haqida tushuncha beradi.
2. Ta’lim metodi tushunchasini olimlar qanday izohlaganliklari haqida so’zlaydi.
3. Interfaol ta’lim jarayonining tarkibiy tuzilmasi to’g’risida ma’lumot beradi.
2-asosiy savolning bayoni:
Oldinlari pedagogika ilmida ta’lim metodi tushunchasiga o’quvchi bilan o’qituvchining birgalikda faoliyat ko’rsatish usullarinigina o’z ichiga olardi. Endilikda ta’lim metodi tushunchasi bir qadar kengroq ma’noda anglanilib, ta’lim mazmuni yoki erishiladigan didaktik natijani ham o’z ichiga oladigan bo’ldi. Negaki, o’quvchilar bilan o’qituvchining aynan shu yo’sinda birgalikda faoliyat ko’rsatishi tasodifiy bo’lmay, balki o’zlashtiriladigan ta’lim mazmuni yoxud erishiladigan didaktik natijaga bog’liq. Ta’lim metodini ta’lim mazmuni belgilaydi.
O’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati deyilganda, o’qitishning muayyan davri ko’zda tutiladi. Bu zamoniy oraliq, odatda, butun o’quv davri (bizning mamlakatimizda to’qqiz yil), bir o’quv yili, bir o’quv choragi, bir necha soat davomida o’rganiladigan katta bo’lim (modul) yoki bir o’quv soatiga teng bo’lishi mumkin. O’quvchilar bilan muallimning sheriklikdagi faoliyati ana shu zamoniy oraliqda amalga oshiriladi. Ana shu davriy oraliqning katta-kichikligi hamda o’zlashtirilishi kerak bo’lgan ta’lim mazmuniga qarab muayyan ta’lim metodi tanlanadi.
Ta’lim metodi tushunchasini turli olimlar turli davrlarda turlicha izohlaganlar. Chunonchi, sho’ro davri adabiyot o’qitish metodikasi arboblaridan biri V. V. Golubkov metodni shunday izohlaydi: “...bu ta’limning muntazam qo’llanilib, pedagogik ishning umumiy yo’nalishiga katta ta’sir ko’rsatadigan usullaridir55. U adabiyot o’qitishning leksiya, adabiy suhbat va mustaqil ishlar kabi uch metodini sanaydi.
Sho’ro adabiyot metodikasi ilmining keyingi avlodiga mansub prof. N. I. Kudryashev metodlar tizimini “...o’qituvchining yo’naltiruvchi rahbarligi ostida o’quvchilar bilish bilish faoliyatining mantig’i asosida tanlanadigan yo’l” sifatida anglaydi56. U ijodiy o’qish metodini adabiyot o’qitishdagi eng samarali usul deb biladi.
M. N. Skatkin, I. Ya. Lerner kabi olimlar o’qitishning a) axborot-retseptiv, b) reproduktiv, v) muammoli bayon, g) evristik, d) tadqiqotchilik singari metodlari borligini ko’rsatadi. Shuningdek, ular ta’lim metodining “...o’quvchilar bilan o’qituvchining ta’lim mazmunini o’zlashtirishga xizmat qiladigan birgalikdagi muntazam faoliyat tizimi. Uning tabiati a) ta’lim maqsadini, b) o’zlashtirish usulini, v) o’qish usullarining o’zaro ta’siri yo’nalishini belgilashda namoyon bo’ladi57,- deb ta’kidlaydilar.
Ta’lim metodi tushunchasi o’z ichiga o’quvchi, o’qituvchi va ta’lim mazmuni singari unsurlarni qamrab olib, muayyan ta’lim mazmunining o’quvchilar tomonidan o’qituvchi rahbarligida o’zlashtirilishini tashkil etishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatni anglatadi.
Ilmiy pedagogik adabiyotlarga qaraladigan bo’lsa, ta’lim metodlarining bir necha xil tasniflarini ko’rish mumkin. Bunday tasnifda kimning faoliyatiga birlamchi ahamiyat berilishi hal qiluvchi o’rin tutadi.
Agar o’qituvchi faoliyati diqqat markazida tursa, o’qituvchi faoliyatini tashkil etishning usullari aks etgan ta’lim metodlari yuzaga keladi. Didaktikaga doir deyarli barcha adabiyotlarda ma’ruza, suhbat, so’zlashuv, ko’rsatmali kabi an’anaviy metodlarga keng to’xtalingan. Bu xil tasnifga o’quv axborotlari yoki ta’lim mazmunini o’quvchilarga etkazish yo’llari asos bo’ladi. Demak, bunday metodlarda o’qituvchi yoki tarbiyachi xatti-harakatlari birlamchi ahamiyat kasb etadi.
Agarda ta’lim metodlarini tasniflashning asosiga bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilarning faoliyat ko’rsatishi qo’yiladigan bo’lsa, reproduktiv, qisman izlanish, izlanish, tadqiqiy, amaliy singari metodlar tizimiga ega bo’linadi.
Agar adabiy ta’lim bir tizim, deb qaraladigan bo’lsa, uni tashkil etuvchi unsurlar quyidagilardir: ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijalar, ta’lim beruvchi-o’qituvchi va bilim oluvchi- o’quvchi, ta’lim tamoyillari, ta’lim mazmuni, metodi, shakli, vositalari, nazorat va baholash mexanizmlari. Adabiy ta’lim interfaol usullar asosida tashkil etilganda, uning tarkibiy tuzilmasidan birortasi e’tibordan chetda qolsa yoki noto’g’ri tanlangan bo’lsa, tizim ishlamaydi, bu esa ta’lim jarayoni oldiga qo’yilgan maqsadga erishmaslik xavfini yuzaga keltiradi. Interfaol ta’lim jarayonining tarkibiy tuzilmasini chizmada quyidagicha ifodalash mumkin.

Muhokama uchun savollar:
1. Ta’lim metodi tushunchasini olimlar qanday izohlaganlar, sizning fikringiz qanday?
2. An’anaviy va noan’anaviy ta’limni bir-biriga qarama -qarshi qo’yish yoki ta’limning bir usulidan ikkinchi usulini afzal deyish to’g’rimi?

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling