Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari
Download 1.31 Mb.
|
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU
- 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
- 1-asosiy savolning bayoni
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Bugungi kunda ta’limning qanday metodlari mavjuдлигини аниқланг. 2. Modelli ta’lim metodi haqida fikrngizni bildiring Adabiyotlar: 1. Bogdanova O. Yu., Leonov S. A., Chertov V. F. Metodika prepodavaniya literaturo’. -Moskva: "Academa", 2004. 2. Dolimov S., Ubaydullaev H., Ahmedov Q., Adabiyot o’qitish metodikasi, -T.: “O’qituvchi”, 1967. 3. Yo’ldoshev Q., Madayev O., Abdurazzoqov A. Adabiyot o’qitish metodikasi. -T.: «Universitet», 1994. 4. Голубков В. Методика преподавания литературы. –Москва: «Просвещение», 1962. –С. 69. 5.. Кудряшев Н. Взаимосвязь методов обучения на уроках литературы. –Москва: «Просвещение», 1981. –С. 36. 6. Российская педагогическая энциклопэдия: В 2т.; Т.1. –Москва: 1993. –С. 566. 4-MAVZU: Adabiy asarni o'qishning shakliga va mazmuniga ko'ra turlari Reja: 1. Epik asarlarning uziga xos xususiyatlari. 2. Lirik asrlarni o’rganish 3. Dramatik asarlarni o’rganish Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: epik asar, syujet chizig’idagi barcha nuqtalar, personajlar, mustaqil fikrlash,Lirik asar, lirik janr, dramatik asar, drama nazariyasi, remarka, luqma, butaforiya dekoratsiya, musiqa, sahna ko’rinishi. 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Maktab ta’limida yirik nasriy asarlarni tahlil qilishning imkoniyatlari xususida ma’lumot berish. Identiv o’quv maqsadlari:1. O’rta maktab dasturida epik asarlar salmoqli o’rinni egallashi haqida so’z yuritadi. 2. Asar syujetini tahlil qilish yo’llari xususida gapiradi. 3. Nasriy asarda qahramonlar obrazi, yozuvchining nasriy asarda tutgan o’rni to’g’risida fikrlarini bildiradi. 1-asosiy savolning bayoni: Epik asarlar o’rta maktab dasturida salmoqli o’rinni egallaydi va maktabda bu turga mansub bo’lgan masal, hikoya, qissa, roman janridagi asarlar o’qib o’rganiladi. Nasriy asarlarda hayotiy voqea va odamlarning hatti-harakati, o’zaro munosabatlari aks ettiriladi. Shu sababli, maktabda ular bir butunlikda o’rganiladi, asar mavzui, unda ko’tarilgan asosiy masala yoritiladi. Shu yo’l bilan o’quvchilarda nafosat tuyg’usi shakllantiriladi, ular qahramonlar obrazining xulq-atvori bilan tanishtiriladi, ularga yozuvchining so’z san’atkori ekanligi tushuntiriladi. Tabiiyki, maktab ta’limida yirik nasriy asarlarni to’liq tahlil qilish imkoniyati yo’q. Shu tufayli, ulardagi asosiy g’oyaviy-badiiy mazmunni anglab olishga yordam beradigan qismlar (boblar) ustida ish olib boriladi. Asar mazmunini anglab olishlari uchun esa, o’quvchilar uni sinfda va uyda o’qib chiqishlari kerak. O’qituvchining bu o’rindagi vazifasi o’quvchilarda badiiy didni o’stirish, ularning yozuvchi fikr-o’ylarini yordam berishdir. Bu vazifa, ayniqsa, hajmi kichik, obrazli xarakteri bir hodisa va to’qnashuvda ochilgan masal, hikoyalarni o’rganishda osonlik bilan hal qilinadi. qissa va romonlarni o’rganishda esa, oldin yozuvchining ideali ifodalangan asosiy qismlar, ularni o’rganishga mo’ljallangan-mashg’ulot-darslar tartibi aniqlab olinadi. Qissa va romonlarni tarixiy yo’nalishda o’rganiladi. Shu yo’l bilan ularning yaratilish tarixi hozirgi kun uchun ahamiyat yoritiladi. Maktabda asarlarni o’rganish yo’llarini belgilashda, bolalar psixologiyasiga suyangan holda, o’quvchilarda adabiyotga qiziqish uyg’otish, asar ustida ishlashga faol ishtirok etish ishtiyoqini qo’zg’atish g’oyat muhimdir. Buning uchun o’quvchilarning asar haqidagi fikrini, asarni tushunish qobiliyatini bilish kerak. Shundagina o’qituvchi o’quvchilarda asarni o’rganishga, o’qishga mazmunini bilishga qiziqish hosil qiladi. Ma’lumki, badiiy asar mazmuni bilan shakl birligida, bir butun holda o’rganilishi kerak. Nasriy asar tahlilida ham bu masalaga e’tibor beriladi. 8-9 sinflarda asar 5-7 sinflardagiga nisbatan chuqur tahlil qilinadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling