Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Mavzuli reja , bir soatlik darsning reja-ko’chirmasini tuzishni o’rganing.
2. Darsni tahlil qiluvchi o’qituvchining qanday metodik usullarga e’tibor berishini aniqlang
Adabiyotlar:
1. B.To’xliyev Adabiyot. Akademik litseylarning I-bosqichi uchun darslik. Toshkent. 2002.
2. Sariboyeva M. Alisher Navoiy epik asarlarini interfaol usullarda o’rganish. –T.: “Adib” 2014. -136 b.
3. Husanboyeva Q. Adabiyot-ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. –T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. –366 b.
4. Колеченко А.Е. Енциклопедия педагогических технологие: Пособие дляпреподавателей. - СПб.: КАРО, 2002 г.
5. Питюков В.Ю. Основы педагогической технологии.- М.: «Гном-Пресс», 1999 г.
AMALIY MAShG’ULOTLARNI BAJARISh BO’YIChA USLUBIY KO’RSATMALAR
1 – Amaliy mashg’ulot. Adabiy-nazariy tushunchalarni o’rgatish va Ifodali o’qitish metodikasi
Dars maqsadi: Adabiy – nazariy tushunchalar adabiyot kursining tarkibiy qismi va adabiy ta’limning ilg’or falsafiy asosi ekanligi yuzasidan ma’lumotlar berish. “Ifodali o’qish”ni o’zlashtirish uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik yangiliklarni amaliy mashg’ulotlarga tatbiq etish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Аdabiy-nazariy tushunchalarni ўрганишning mazmuni, hajmi va izchilligi masalalari haqida ma’lumot beradi.
2. Adabiy – nazariy tushunchalar adabiy – ta’limning ilmiy- falsafiy asosi ekanligini asoslab beradi.
3. O’quvchilarda adabiy – nazariy tushunchalarni shakllantirishnig maqsad va asoslari nimalardan iboratligini tushuntiradi.
Umumiy tushunchalar: Adabiyot darslarini tashkil etishda adabiy-tanqidiy maqolalardan klassik adabiyotni o’rganishda ham, zamonaviy adabiyotni o’rganishda ham foydalanish mumkin. O’quvchilarning umumiy tayyorgarligi, o’qituvchining darsni tashkil etishdagi o’ziga xos yondoshuvlaridan kelib chiqqan holda ayrim adabiy-tanqidiy maqolalardan to’lig’icha, ayrimlaridan qisman foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. «Avesto» obidasini o’rganish jarayonida H.Homidovning «Avesto» fayzlari», Bilga xoqon, To’nyuquq, Kul tigin yodnomalarini o’rganishda N.Rahmonovning «Turk xoqonligi», O’lmas Umarbekovning hayoti va ijodini o’rganish jarayonida tanqidchi I.G’afurovning «Adabiy qahramonlarga xatlar»idan' bemalol foydalanish mumkin.
Barmoq she’r tizimidagi matnlarni badiiy o’qishga tayyorlash ususllari xilma xildir. Matndagi fonitek va logik urg’ular qo’yib olish. Har misraning turoq tizimini aniqlash orqali pauzalar o’rnini belgilash va h.zo. Har bir banddagi tempni aniqlab, Bandlar mazmuniga xos imo-ishora, xatti-harakatni aniqlay bilish lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |