Umumiy tushunchalar: Dars reja ko’chirmasi (plan –konspekt) va uni tayyorlashga qo’yiladigan talablar mavjud. O’qituvchi ona tili va adabiyot fanidan tasdiqlangan dastur asosida har bir sinf uchun o’zi yillik reja tuzishi shart. Bu rejada har bir maktab va sinfdagi o’ziga xos jihatlar hisobga olinishi zarur. Unda o’quv choraklarida o’tkaziladigan darslar, yozma ishlar miqdori aks etadi. Ona tili va adabiyot o’qituvchisi yillik mavzuli rejaga tayanib, har bir soatlik darsi uchun reja-ko’chirma tuzishi zarur. Unda dars jarayonidagi har bir nuqta, o’quvchilarning imkoniyatlari, o’ziga xosliklari hisobga olinishi kerak. Ko’chirma-rejada o’quvchiga beriladigan savollar aks etishi zarur.
Kerakli jihoz va materiallar: Vatman, rangli markerlar, flipchart qog’oz, doska, skotch, tarqatma jihozlar.
Ishni bajarish tartibi: Yillik rejada o’quv choraklarida o’tkaziladigan darslar, yozma ishlar miqdori qanday aks etishini aniqlang. Yillik mavzuli rejaga tayanib, har bir soatlik darsi uchun reja-ko’chirma tuzishda nimalarga e’tibor berishi haqida o’ylang. Unda dars jarayonidagi har bir nuqta, shuningdek, o’quvchilarning imkoniyatlari, o’ziga xosliklari hisobga olinishi kerakligini tushuntiring.
Adabiyotlar:
1. B.To’xliyev Adabiyot. Akademik litseylarning I-bosqichi uchun darslik. Toshkent. 2002.
2. Sariboyeva M. Alisher Navoiy epik asarlarini interfaol usullarda o’rganish. –T.: “Adib” 2014. -136 b.
3. Husanboyeva Q. Adabiyot-ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. –T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. –366 b.
4. Колеченко А.Е. Енциклопедия педагогических технологие: Пособие дляпреподавателей. - СПб.: КАРО, 2002 г.
5. Питюков В.Ю. Основы педагогической технологии.- М.: «Гном-Пресс», 1999 г.
5 – Amaliy mashg’ulot. Badiiy asarlarni o’quv tahlil qilish va Epik, lirik, dramatik asarlarni tahlil qilish metodikasi
Dars maqsadi: Talabalarga o’rta maktabda lirik, epik, dramatik asarlarni o’rgatishning yo’l-yo’riqlari haqida ma’lumot berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |