31
Asos va qo‘shimchalar talaffuzi
91-mashq. Berilgan gaplaragi qaratqich va tushum kelishigi shakllarini adabiy
talaffuz me’yoriga muvofiq tarzda tuzatib o‘qing.
Oshshi yedik. Sizzi tanimay turibman. Karimni otasi keldi. Bizni
ayvon sizni ayvon emasmi.
(Qoʻshiqdan) Boshshi qotirma. Kitoppi
narxini ayting. Yerni sho‘rini qochirdik. Anorri po‘sti qalin ekan. Otti
egarlang. Qizzi roziligini olish kerak. Kampirri mazasi yo‘q.
92-mashq. O‘tgan zamon qo‘shimchasi
-di,
o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi
-
da, chiqish kelishigi qo‘shimchasi
-dan qo‘shilgan quyidgi so‘zlarni talaffuziga
ko‘ra ikki guruhga ajrating. Bu qo‘shimchalarning
jarangli va jarangsiz
undoshdan keyin qanday talaffuz qilinishi hamda imlosini tushuntiring.
Chizdi, kesdi, keldi, qaytdi, topdi, urdi, qo‘ndi, sochdi, yarashdi,
sindirdi, o‘sdi, otdi, quvdi; maktabda, uyda, kuzda, tog‘da, toshda,
dashtda, otda, oshda, ishda, gulda, qirg‘oqda, dengizda, qirda, pastda,
qopda, tokda, yozda, terakda, sayrgohda,
balandda, guruhda; tildan,
yozdan, misdan, ishdan, guldan, anjirdan, qishloqdan,
dashtdan, yod-
dan, sochdan, garajdan, xoirijdan,
terakdan, kanopdan, kimxobdan,
maktabdan.
Do'stlaringiz bilan baham: