76-mashq. Berilgan so‘zlarda i unlisining qisqa, cho‘ziq, ingichka, yo‘gon
talaffuz qilinishini aniqlang va so‘zlarni shunga muvofiq o‘qing.
Bir, sir, kir, shim, tish, kisht, mis, igna, ilon, ishchi, qir, o‘g‘ir, g‘isht,
taxir, bilan, biroq, sira, tilak, gilam, yiroq, tirik, homiy, moziy, siymo,
dohiy, bino, ilohiy, samoviy, kiy, chiy, ming, jiring, biyron.
77-mashq. i unlisining asl o‘zbekcha va rus, ingliz tilidan o‘zlashgan
so‘zlardagi talaffuzini qiyoslang. So‘zlarni orfoepik me’yorga muvofiq talaffuz
qiling.
Bizni – biznes, birga – birja, bilet – bilim, vino – viqor, gilam – gilza,
dizel – jiz-biz, direktor – dirillamoq, dirijor – diring, jirafa – jirillamoq,
kino – kinna, kislorod – kisirlamoq, limon – lim-lim, minus –
ming‘aymoq, miting – mitti, mif – mix.
78-mashq. Quyidagi so‘zlarga III shaxs egalik qo‘shimchasi va sifat hamda
taxallus yasovchi -iy qo‘shimchasini qo‘shib yozing va talaffuz qiling. Bu so‘zlar-
ning talaffuzini qiyoslang.
Namuna: ijodi – ijodiy, lutfi – Lutfiy.
Kamol, shimol, ilm, ijod, zavq, nazar, nasl, lutf, nasr, nutq, fayz, faxr,
xulq, g‘arb, sharq, qiyos, qonun.
79-mashq. iyi va uyu birikmalarining talaffuziga e’tibor berib, so‘zlarni
o‘qing. Qatorlarni davom ettiring.
Qiyin, kiyik, qiyiq, betiyiq ...
Buyur, suyuk, quyuq, kuyuk, suyuq ...
80-mashq. So‘zlarni o‘qing. Ikkinchi bo‘g‘indagi i unlisining talaffuzini
tushuntiring.
Qo‘shiq, o‘rik, to‘kin, bo‘lim, so‘lim, bo‘g‘iq, so‘niq, o‘yin, bo‘yin;
burish, bukish, o‘qish, squish, uqish.
29
81-mashq. So‘zlarni o‘qing. Ikkinchi bo‘g‘indagi u unlisining talaffuzini tu-
shuntiring . Shunday so‘zlar qatorini davom ettiring.
Turmush, turg‘un, udum, unum, tuzum, burun, quruq, uchqur, uyqu,
tuzuk, urush, ...
82-mashq. Shevangizda a tovushi bilan aytiladigan, biroq adabiy tilda o bilan
talaffuz etiladigan 20 ta so‘z topib, ularning shevadagi va adabiy tildagi talaffuzini
yonma-yon yozing.
Namuna:
Do'stlaringiz bilan baham: |