Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

69-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Bosh harflarning ishlatilish sababini tu-
shuntiring. 
1. Tanishib qo‘yaylik: otim Hoshim, erkalatib chaqirmoqchi bo‘l-
sangiz, Hoshimjon deb aytasiz. Familiyam – Ro‘ziyev, Ro‘zivoy 
traktorchining o‘g‘liman. (X. To‘xtaboyev)
2. – Dunyoda Otabekdan ko‘pi bormi, siz qanday Otabek? 
– Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li. (A. Qodiriy) 
3. Menga Pushkin bir jahon-u, 
Menga Bayron bir jahon. 
Lek Navoiydek bobom bor
Ko‘ksi osmon o‘zbegim. (E. Vohidov) 
4. Mening bolalik yillarim Farg‘ona vodiysining Yaypan, Nursuq, 
Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg‘unzor, Oqqo‘rg‘on degan 
qishloqlarida o‘tgan. (A. Qahhor) 5. Toshkent – O‘zbekistonning poy-
taxti. 6. Siz bilursiz, men Movaraunnahrdan umidimni uzganimdan 
beri yorug‘ bir istiqbolni Hindiston tomondan izlamoqdamen. (P. Qo-
dirov) 7. Ulug‘bekning nomi va asarlari mamlakatimizdagina emas


25 
balki butun dunyoga mashhur. Uni XVI asrdan beri Yevropada ham, 
Osiyoda ham, Amerikada ham yaxshi tanishadi. (B. Ahmedov) 8. Uzoq 
Sirdaryo vohalarida endi lola barg yozadigan salqin hamal oyida Jamna 
bo‘ylari avji saraton paytidagidek issiq edi. (P. Qodirov) 9. O‘lkamiz 
hududida Qizilqum, Ustyurt, Mirzacho‘l, Qarnobcho‘l, Qarshi cho‘llari 
mavjud. 10. Viloyatda Katta Farg‘ona kanali, Janubiy Farg‘ona, Katta 
Andijon, Savay, Andijonsoy, Shahrixonsoy va boshqa kanallar bor.
11. 16-asrda Irlandiya hududining barcha qismida Angliya hukmronligi 
o‘rnatilgach, hozirgi Shimoliy Irlandiya hududi Olyestr viloyati 
tarkibiga kirgan. (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”dan) 12. Kavkaz 
tillari Shimoliy Kavkaz, Turkiyada va kichik guruhlari Suriya, Eron va 
ba’zi Yaqin Sharq mamlakatlarida tarqalgan. (“O‘zbekiston milliy 
ensiklopediyasi”dan) 13. Aslida Quyosh Yerga nisbatan bir joyda tu-
radi. Yer esa Quyosh atrofida aylanadi. 14. Zamonaviy sport inshoot-
laridan “Buxoro” futbol klubining 25000 tomoshabinga mo‘ljallangan 
“Buxoro” stadioni, “Semurg‘” suv havzasi, “Olimpiya” sport majmuyi, 
turli darajadagi xalaqaro musobaqalar o‘tkaziladigan “Humo” tennis 
korti mavjud. (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”dan) 15. Asaka 
shahrida ulkan avtomobil zavodi ishga tushgan. U yerda “Matiz”, 
“Damas”, “Neksiya”, “Lasetti”, “Epika”, “Kaptiva” kabi yengil avto-
mobillar, Samarqanddagi SamAvto zavodida esa mikroavtobuslar 
ishlab chiqarilmoqda. (M. Hamidova) 16. 1935 – 37- yillar mobaynida 
Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani, “Soz” to‘plami bosmadan 
chiqqanini va “Jo‘r” to‘plami tayyorlanib, nashriyotga topshirilganini 
aytish kerak. (O. Sharafiddinov)17. “O‘tkan kunlar” romani adibning 
shoh asaridir. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 18. “G‘uncha” – bosh-
lang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallan-gan jurnal. 19. Yosh-u qari – 
barchaning kayfiyati ko‘tarinki, bayramona. Chunki bu kun – yangi-
lanish, qayta tirilish, ya’ni Navro‘z bayrami. (“Bolalar ensiklo-pe-
diyasi”dan) 20. 1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining 
Mustaqilligi kuni deb belgilandi. (D. Kamoljonova) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling