Ona tili va bolalar adabiyoti


-mashq. Quyidagi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dek, -dagi, -ga, -gacha, -


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

45-mashq. Quyidagi olmoshlarga -da, -dan, -day, -dek, -dagi, -ga, -gacha, -
cha qo‘shimchalarini qo‘shib yozing. Yozgan so‘zlaringizning imlosini 
tushuntiring. 
U, bu, shu, o‘sha. 
46-mashq. Quyidagi so‘zlariga I, II, III shaxs egalik qo‘shimchalarini qo‘shib 
yozing. Yozgan so‘zlaringizning imlosini qoida asosida tushuntiring. 
Parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo. 
 
47-mashq. Quyidagi so‘zlarga III shaxs egalik qo‘shimchasini qo‘shib yozing. 
Ularning imlosi haqida xulosa chiqaring. iy harf birikmasi bilan tugaydigan yana 
5 ta so‘z topib yozing. 
Dohiy, homiy, moziy, soqiy, faxriy. 
48-mashq. Quyidagi so‘zlarga -bon, -boz yoki -vachcha qo‘shimchasini qo‘-
shib yozing. Hosil bo‘lgan so‘zlarning talaffuzi va imlosini izohlang. 
Darvoza, masxara, dor, qimor, xola, tog‘a, amaki, amma. 
 
49-mashq. Berilgan taqlid so‘zlarga -illa yoki -ulla qo‘shimchasini qo‘shib 
fe’l yasang. Nima uchun bu so‘zlarning ayrimiga -illa, ayrimiga -ulla qo‘shib 
yozili-shini izohlang. 
Chir, taq, shov, chirq, viz, gur, vish, lov, vaq, shar, milt, var, to‘q, 
vang, guv, vag‘, tar, tiq, g‘iz. 
Nima uchun viz, vish, vaq, var, vag‘ so‘zlari tarkibida v tovushi bo‘lsa ham,
-illa qo‘shib yoziladi? Fe’llarning yasalishini izohlab bering. 


21 
50-mashq. Berilgan otlarga xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, 
umum, rang, mijoz, sifat, talab so‘zlarini qo‘shib qo‘shma so‘z hosil qiling va 
yozing. Yozgan so‘zlaringizning imlosini izohlang.
Dori, taklif, makka, xulq, xabar, maymun, hamma, omma, shahar, 
qishloq, tilla, dev, mosh, xalq, chiqim, orom, suv, bashariy, sartarosh, 
insoniy, izzat, ta’lim, choy, osh, beda, suhbat, quvvat, xabar, qo‘y, 
havo, hamyon, yo‘riq, guvoh, lazzat, unum, quvonch, muomala, ovoz, 
suxan, tabiat, ta’m, bichim, sabzi, olov, bug‘doy, kul, ohang, jihat, suv, 
gap, qon, xarajat, hosil, hayvon, tomosha, ulug‘, tabrik, ta’ziya, bil-
dirish, jang, sayohat, Bobur, Humoyun, yil. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling