Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
39-mashq. Quyidagi raqamlar harflarning alifbodagi o‘rnini bildiradi. Raqam- larni harfga aylantirib o‘qisangiz bilim haqidagi maqollar hosil bo‘ladi. 18 2, 8, 11, 1, 6, 8 24, 25, 17 2, 8,17, 13, 8 23, 8, 16, 1, 17, 2, 8, 11, 8, 12, 8 24, 25, 17 12, 8, 29,13, 8. 8, 11, 12 – 1, 16, 11 28, 8, 17, 14, 26, 8. 10, 25, 15 25, 16, 8, 6, 1, 13 10, 25, 15 2, 8, 11, 1, 17. 40-mashq. Yonma-yon kelgan unlilarning talaffuziga e’tibor berib, so‘zlarni o‘qing. ia: material, milliard, radiator, shariat, tabiat; oa: soat, sanoat, itoat, jamoat, toat, qiroat, qanoat; aa: manfaat, mutolaa, taalluqli, taassurot; io: biologiya, million, stadion, radio; ao: maorif, saodat, aorta, taomil, taom; ai: mozaika, ukrain, said, maishat; oi: shoir, doira, noib, doim, oila, xoin, alkaloid, ellipsoid; ua: muallim, muammo, muattar, shuaro, muallif, burjua. ea: okean, teatr, laureat; au: kauchuk; uo: muomala, duo, muovin, muosir, matbuot; uu: vakuum. Savollar: 1. Qaysi harf birikmalari orasiga y undoshi qo‘shib aytiladi? 2. Qaysi harf birikmalarida har bir unli alohida-alohida, ajratib o‘qiladi? 41- mashq. Nuqtalar o‘rniga b yoki p, v yoki f, d yoki t, z yoki s, j yoki ch, sh, g‘ yoki x, g yoki k harflarini qo‘yib ko‘chiring. Aytilishi bilan yozilishi farq qiluvchi so‘zlarning talaffuzi va imlosini izohlang. Asbo..., bori..., kano..., yuzla..., ofto..., kamga...; a...tomobil, a...tobus, a...zal, sha...qat, ta...siya; ozo..., muro..., ba...qovoq, marvari..., qun..., zavo..., machi..., masji..., razve..ka, odamzo..., ket...i, daroma...; i...tirob, qimi..., ta...kira, yalmog‘i..., trolleybu..., konu..., parvo..., jiho..., i...chil, mu...qaymoq, termo..., prote..., so‘...; rivo..., ravo..., xiro..., bo..., mur..., muhto..., mas...id, lax...a, lah...a, mav...; gara..., i...timoiy, tira..., massa..., ekipa...; bo...cha, zo...cha, yo...siz, uru... . 19 So‘z oxirida jarangli yoki jarangsiz undosh yozilishini qanday aniqlash mumkin? Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling