Ona tili va bolalar adabiyoti
Nutq tovushlarining o‘zgarishi
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Nutq tovushlarining o‘zgarishi
32-mashq. O‘qing. Assimilatsiyaga uchragan so‘zlarni topib, turini ayting. 1. O‘tgan qish qo‘ylarimizni qiyratib ketishgani esingdan chiqdimi? (N. Norqo-bil) 2. Zavq-shavqqa to‘lgan holda yeng shimarib, birinchilar qatori ishga keldi. (T. Hayit) 3. – Bisso‘m ber! (M. M. Do‘st) 4. Oq rang ketib, bo‘z yerni alvon rang qopladi, olam o‘ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi. (Yusuf Xos Hojib) 5. Joʻnadik. Yo‘lda o‘rtog‘imning bo‘rsiqqa ishqiboz bo‘lib qolganligini bobomga asta aytdim. (G‘ayratiy) 6. Bir tup terak niholini olib, tepalikka borib, o‘tqazib keldi. (A. Irisov) 7. Keyin oyog‘i bilan bir siltangan edi, chana shuvullab pastga uchib ketdi. (O‘. Hoshimov) 8. O‘shanda danakdan chiqqan mitti o‘rik gullab turgan bo‘ladi.(A. Abdurazzoq) 9. – Ha, taqsir, bir yetimni hadeb ura berishmi, xizmatga tuhmatmi, taqsir? – deb yig‘lab yubordim. (G‘. G‘ulom) 10. Qani ayt, maqsading nimadir sening, Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? (A. Oripov) 11. Novvoylar tutar shirmoy, Do‘kon shirinlikka boy. (K. Turdiyeva) 15 12. Til boyligin bir bog‘ desak, Har bitta so‘z – bitta nihol. (A. Obidjon) 13. Ota doim ota axir, Ya’ni mudom izzatda. (A. Oripov) 14. Oftob chiqdi olamga Yugurib bordim xolamga. ( Xalq qo‘shig‘i) 33-mashq. O‘qing. Assimilatsiyaga uchragan so‘zlarni topib, turini ayting. Bu so‘zlarni imlo qoidasiga ko‘ra yozing. 1. U kambag‘al-qashshoqlar bilan bittanga-yarim tanga ustida g‘ijil- lashib o‘tirishni istamas edi. (P. Tursun) 3. Toshtemir aka tambur, Alijon esa dutor, Dadavoy aka nay chalar edi. (H.G‘ulom). 4. Ha, ko‘hlik tolihimdan o‘rgulay deb mundoq qulochchi keravering. (H. Nazir) 5. Endi Go‘ro‘g‘libekdan eshitmoq kerak gappi. (Po‘lkan.) 6. Handalak – shakar palak, shirinini tallab oling. (N. Safarov) 7. Ayt- moqchi, kechka yaqin yana kirib o‘tarsiz. (J. Abdullaxonov) 9. U juda qarigan, qo‘lda toqqaychi. (Mirmuhsin) 11. Gulsunbibi qizi Gulnorni ro‘parasiga o‘tqizdi, mahsini yeshtirdi. (Oybek) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling