Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savol va topshiriqlar:
1. Bo‘g‘in nima? 
2. Bo‘g‘inning amaliy ahamiyati nimada? 
3. Bo‘g‘inning qanday turlari bor? 
4. So‘zlardagi unli tovush va bo‘g‘inlarni sanang. So‘zdagi bo‘g‘in soni nimaga 
bog‘liqligini ayting. 
5. So‘zlarni bir bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga ajrating. 
6. Bo‘g‘inlarning tovush tarkibini ayting (bir unlidan iborat, bir unli va bir 
undoshdan iborat, bir unli va ikki undoshdan iborat, bir unli va ikki undoshdan 
iborat). 
21-mashq. Matn parchasidagi so‘zlarni bog‘inga ajratib, bo‘g‘inlarning turini 
ayting va namunadagidek yozing. 
Namuna: dov-yu-rak – yopiq, ochiq va yopiq bo‘g‘in. 
Bobur dovyurak, epchil, kuchli, o‘ta idrokli inson bo‘lgan. U ona 
yurti Andijonni, oilasini qadrlagan, farzandlarini sevgan. U farzandi 
uchun jonini berishga tayyor turgan otadir. (P. Qodirov) 


11 
22-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inga ajralishi va bo‘g‘in ko‘chirilishiga ko‘ra ikki 
ustunda yozing. 
Mehribon, tabiat, masofa, inshoot, matbaa, uka, madaniyat, ekin, 
olam, musaffo, manglay, sabr, opa, ko‘ngil, ko‘ngli, shifobaxsh, Olma-
liq, Dashtobod, iyun, alanglamoq, alebastr, G‘allaorol, anor, arzon-
chilik, itoat, marhamat, mutolaa, chuvalchang, mard, pushaymon, chor-
devor, chuchmoma, yerosti, Ohangaron, biologiya, kauchuk. 
Namuna: 
Bo‘g‘inga ajratish 
Bo‘g‘in ko‘chirish 
ta-bi-at 
o-pa 
ta-biat 
 yoki tabi-at 

 


Savollar: 
1. Bo‘g‘inga ajratish va bo‘g‘in kochirishning bog‘liqligi nimada? 
2. Bu ikki hodisaning farqini tushuntiring. 
3. Nima uchun mashqda berilgan ayrim so‘zlar ko‘chirish uchun bo‘g‘inga bo‘-
linmaydi?

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling