Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
23-mashq. Berilgan so‘zlarni bo‘g‘inga va ma’noli qismga ajratib, ikki 
ustunga yozing. 
Ilmiy, bargi, ko‘zoynak, yurtim, ijodiy, bilaguzuk, shimoliy, kuchay, 
boraman, shovullaydi, shildira, ko‘kar. 
Namuna:
Bo‘g‘inlar 
Ma’noli qismlar 
il-miy 
bi-la-gu-uzuk 
ilm-iy 
bilag-uzuk 
Nima uchun so‘zning bo‘g‘inga va ma’noli qismga ajralishi bir-biriga mos kel-
maydi? Izohlab bering. 
24-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inga ajratib, har bir bo‘g‘in tarkibidagi unlilarni V
undoshlarni C belgisi bilan namunadagidek yozing. 
Namuna: hov-li-ning – CVC-CV-CVC, to-mo-sha – CV-CV-CV
Alisher bu katta bog‘ hovlining har bir burchagini tomosha qilib
uzoq yurdi. Daraxtlarning novdalariga osilgan rangdor qafaslardagi 


12 
to‘ti, bulbul, maynalarni maroq ila tomosha qildi. Ularning qafas ichra 
tinimsiz sakrashlarini, sayrashlarini uzoq kuzatdi. Qushlarga qarab 
yuradigan maxsus xizmatkorga ergashib, unga bitmas-tuganmas savol-
lar berdi. (Oybek) Ota-bola xursand bo‘lib, shifokor tavsiya etgan sport 
majmuasini izlab ketishdi. (E. Malikov) 
 

Savol va topshiriq: 
1. O‘zbek tilida bo‘g‘inning tarkibiga ko‘ra qanday turlari bor? 
2. Mashqdagi bo‘g‘in turlarini shartli belgilardan foydalanib quyidagicha 
tasniflang va bo‘g‘in turiga mashq matnidan misol keltiring: 
1. Bir unlidan iborat bo‘g‘in. 
2. Bir unli va bir undoshdan iborat bo‘g‘in. 
3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo‘g‘in. 
4. Bir unli va uch undoshdan iborat bo‘g‘in. 
5. Bir unli va tort undoshdan iborat bo‘g‘in. 
Namuna: Bir unli va bir undoshdan iborat bo‘g‘in: CV – bo‘-, shi-, qa-VC 
– er-, et-, iz;

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling